1. Аbdullа Аvloniy qalamiga mansub quydagi aforizmni davom ettiring? «Tаrbiyа biz uchun yo hаyot yo mаmot, yo nаjot »? Javob


Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻotit-turk» asarida ifodalangan hikmatlardan misol keltiring?



Yüklə 132,24 Kb.
səhifə6/61
tarix22.06.2023
ölçüsü132,24 Kb.
#134176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
pedagogika 300 ta savol (2)

18. Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻotit-turk» asarida ifodalangan hikmatlardan misol keltiring?
Javob. Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari. Maqollar: «Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi (sirti)da». «Hoʻkizning ortin oyogʻi boʻlguncha, buzoqning boshi boʻlgan yaxshiroq» «Tirishqoqning labi yogʻliq, erinchoqning boshi qonlik». «Odobning boshi – til». «Ilon oʻzining egriligini bilmay, tuyaning boʻynini egri deydi». «Koʻkka soʻz sa yuzga tushun». «Bir qargʻa bilan qish kelmas».
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 55 b.


19. Yusuf Xos Xojibning pandnoma tavsisfidagi qarashlarini izohlang?
Javob. Yusuf Xos Xojibning “Qutadgʻu bilik” asari – pandnoma asar sifatida.
«Qutadgʻu bilig» baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasihat, ta’lim-tarbiyaga oid yetuk didaktik asar, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol koʻrinib turibdi. «Qutadgʻu bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob toʻz ish tartibiga rioya qilingan holda toʻz ilgan. Asarda toʻrt qahramon – Kuntugʻdi – adolat ramzi, vazir – Oytoʻldi – davlat va baxt ramzi, vazirning oʻgʻli Oʻgʻdulmish – aql ramzi, sifatida, Oʻzgurmish – vazirning qarindoshi – qanoat timsoli oʻrtasidagi munozara aks etgan.
Manba. Yoʻldoshev Oʻ.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. - 376 b.


20. Ahmad Yugnakiy ilm olish haqida qanday fikrlarni ilgari surgan?
Javob. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar. Asar oʻn toʻrt bobdan iborat. Dostonning dastlabki toʻrt bobi an’anaga koʻra muqaddima boʻlib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlangan. Bu boblarda, asosan, bilimning ahamiyati, jaxolatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va baxillik, kamtarlik hamda axloqlilikning eng muhim xususiyatlari tarannum etiladi.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 52 b.



Yüklə 132,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin