263. Pedagogik mahorat darajalari qaysilar? Javob:reproduktiv (o'ta past), moslashuvchan (past), lokal (chegaralangan)- modellashtirish (o‘rtacha qoniqarli).
Manba: N.N. Azizxo‘jayeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat o‘quv qo'llanma O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Manba jamg‘armasi nashriyoti T-2006 yil. 137- bet.
264. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik komponentlari nechta va ular qaysilar? Javob: To’rtta; shaxsga, insonga yo'nalganlik, pedagogik voqelikni izchil idrok etish, fan sohasiga yo'nalganlik, pedagogik texnologiyalarni egallash.
Manba: N.N. Azizxo‘jayeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat o‘quv qo'llanma O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Manba jamg‘armasi nashriyoti T-2006 yil. 139- bet.
265. Muloqotni boshqarish uslublar qaysilar? Javob: Avtoritar uslub,demokratik uslub ,liberal uslub
Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil.133- bet
266.O‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi nima deyiladi? Javob: Pedagogik nazokat
Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil.140- bet
267. Pedagogik taktga ta’rif bering. Javob:O‘quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko'nikmalari.
Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil.149- bet
268.O‘qituvchisining pedagogik faoliyati davomida shakllanadigan kasbiy komponentlarni N.V. Kuzmina va Z.F. Yesarovalar nechiga bo’lgan va ular qaysilar? Javob:To’rtga: konstruktivlik, tashkilotchilik, ilmiy bilish, kommunikativlik.
Manba:N.N. Azizxo‘jayeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat o‘quv qo'llanma O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Manba jamg‘armasi nashriyoti T-2006 yil. 144- bet.