245.Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari nimalardan iborat?
Javob: Pedagogik muloqot texnologiyasi, Baholash texnologiyasi, axborotni ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
Manba: H.T. Omonov, N.X. Xo‘jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov “Pedagogik texnologiyalar уа pedagogik mahorat” darslik T.-2009 yil. 32 bet
246.Pedagogik texnologiyaga YUNESKO tomonidan berilgan ta’rifni aniqlang?
Javob: Pedagogik texnologiya — ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslami qo'llash, ularning o'zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Manba: H.T. Omonov, N.X. Xo‘jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov “Pedagogik texnologiyalar уа pedagogik mahorat” darslik T.-2009 yil. 33 bet
247. Pedagogik texnologiya darajalari qaysilar?
Javob: Umumiy pedagogik, xususiy metodik, lokal(modul) darajada
Manba: H.T. Omonov, N.X. Xo‘jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov “Pedagogik texnologiyalar уа pedagogik mahorat” darslik T.-2009 yil. 62-63 bet
248. Demonstrаtsiyа metodini tushuntiring?
Javob: Demonstrаtsiyа metodi tа’lim vositаlаri аsosidа turli tаsvirlаrni nаmoyish etish.
Manba: O‘.J.Yo‘ldoshev tаhriri ostidа “Umumiy pedagogika” o’quv qo’llanma T-2019 y. 96 bet
249. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar qaysilar?
Javob:Psixologik-fiziologik (texnik-texnologik) omillar, Sanitariya-gigienik omillar, Estetik omillar, Ijtimoiy-psixologik omillar
Manba: N.Erkabayeva “Pedagogik mahorat” o’quv qo’llanma T-2020 yil. 108-bet
250. Innovatsionlik nima?
Javob: Bu- pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqli, ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
Manba: N.N. Azizxo‘jayeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat o‘quv qo'llanma O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Manba jamg‘armasi nashriyoti T-2006 yil. 59- bet.
Dostları ilə paylaş: |