1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar


Basketbol o’yini kelib chiqishi va rivojlanish tarixi



Yüklə 83,53 Kb.
səhifə7/7
tarix02.03.2023
ölçüsü83,53 Kb.
#86213
1   2   3   4   5   6   7
1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar-fayllar.org

5. Basketbol o’yini kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
Basketbolga o’xshab ketadigan o’ yin to’g'risidagi dastlabki ma'lumotlar
eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi INKIar qabilasiga mansub
bo’lgan hududlar «POK-to -POK» deb atalgan o'yinni qiziqib o'ynashgan. ushbu
o’yinning butun mohiyati o'yinchilarning to'pni halq a ichiga tushirishdan iborat
bo’gan. To’p o'rnida kauchukdan tayyorlangan shardan foydalanishib, uni yerga
nisbatan perpendikular baland joyda osilgan halqaga tashlashgan.
Oradan ancha vaqtlar o'tib, eramizning XVI asriga kelganda, meksikalik
«basketbolchilar» bu o'yinni takomillashtirdilar. o’ yin ijodkorlari zilday kauchuk
sharni devorga osilgan tosh halqa orqali o'tkazishga harakat qilishgan.
1603 yilda BRYuIS tomonidan ishlangan gravyurada basketbolga o'xshagan o'yin
aks ettirilgan: VETning «Sport ensiklopediyasi» (1818-y) degan kitobida esa
Floridada odamlar qiziqib o'ynaydigan o'yin bayon etilgan: kimki savatga ko’proq
to’ p tushirsa, o’sha yutgan hisoblanadi. Savat esa baland joyga osib qo'yilgan.
Ancha keyinroq basketbolning hozirgi zamon ko'rinishini eslatadigan to’ p bilan
o'ynaydigan o’yin turi paydo bo’gan. Sportda shunga o'xshagan «spiskirus»,
qadimgi Rimda «Xerpastum», Italiyada «Halqaga tushirish» deb ataluvchi o'yinlar
bunga misol bo’la oladi. Hozirgi zamon basketbol o'yini 1891-yilning dekabr oyida
AQSHning Massachusets shtatidagi Springfild trenirovka maktabining
(keyinchalik maktab kollejga aylangan) jismoniy tarbiya o'qituvchisi Jeyms
Neysmit tamonidan kashf etilgan. U o'yinni shunday ta'riflab bergan: «Basketbolni
o'ynash oson, lekin yaxshi o’ ynash qiyin». Yangi o'yin o'zining serharakatligi bilan
o’yinchilarda shunchalik qiziqish uyg'o tadi, deb Neysmit xayoliga ham keltirmas
edi. Hozirgi kunlarda esa basketbol bilan shug’ ullanadiganlar soni millionlarcha.
Neysmit tomonidan yaratilgan o'yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan,
13 ta asos iy qoidadan iborat edi. O'sha o’yinning dastlabki qoidalari 1 892-yil l5 -
yanvarda matbuotda bosilib chiqdi. Neysmit yangi o’ yin uchun futbol to'pini
tanladi, chunki bu to’pni qo’l bilan ilib olish oson bo’ lib, uni yas hirish qiyin hamda
yerga uriigan vaqtda yuqoriga otilishi unga ma'qul tushgan. Neysmit gimnastika
zalidagi tomoshaxonaga savat osgan. Tomoshaxonaning balandligi 3 metr 5 sm
bo’gan va hozirgi paytgacha saqlanib kelmoqda.
Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894-yilda AQSHda e’l on qilingan edi. 1895-
yildan boshlab AQSHda basketbol bo 'yicha rasmiy musobaqalar o'tkazila
boshlandi. 1896-yildan boshlab to'p ni yerga urib yurishga ruxsat berildi.
Basketbol avvaliga Amerikadan Sharq mamlakatlari -Yaponiya, Xitoy, Fillipinga,
undan so’ ng Yevropa mamlakatlari -Chexoslovakiya, Litva, Estomyu, Latviya,
Italiya, Fransiyaga va nihoyat, Janubiy Amerikaning ayrim mamlakatlariga
tarqaldi.
Basketbol o'yinining tarixida b uyuk voqea bo'lib 1932-yilning 8-iyun kuni
hisoblanadi -shu kuni Xalqaro basketbol Federasiyasi (XBF -FIBA) tashkil topadi.
Sakkiz milliy federasiyalarning vakillari-Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya,
Portugali ya, Ruminiya, Shvetsariya va Chexoslovakiya birinchi xalqaro anjumanda
qatnashib, bir ovozdan Xalqaro basketbol federatsiyasini tashkil qilinishini va
muqobillashgan qoidalarining qabul qilinishini qo'llab - quvvatlashadi. FIBAning
ustavi 1932-yiIda Rim shahrida qa’ bul qilingan edi. Unga har yilda bir marta
o’tkaziladigan Federatsiya kongreslarida tegishli o'zgartirishlar kiritib turiladi.
FIBAning bosh organi - kongress bo'lib, u har 4 yilda bir marta chaqiriladi.
Kongresslar o'rtasidagi davrda kongress vakolatlariga ega bo’ gan markaziy byuro
uning rahbar organi hisobl anadi. U ikki yilda bir marta o’ z majli slariga-sessiyasiga
to'planib turadi. Markaziy byuro sessiyalari o'rtasida uning vazifasini 7 kishidan
iborat ijroiya komissiyasi bajarib turadi. Ma'lumki. olimpiada o'yinlari kabisa
yillarida o'tkaziladi. Bu yillar orasida F1BA rahnamoligi ostida 4 yil maboynida -
jahon chempionatlari (juft yillarda) hamda qit'alar birinchiliklari (toq yillarda)
o'tkazib turiladi.
FIBAning rahnamoligida o'tkazilgan birinchi yirik musobaqa-bu birinchi Yevropa
chempionati hisoblanadi.
1935-yilda Jenevada erkaklar jamoalari o 'rtasida birinchi Yevropa chempionati
bo'lib o'tdi. Bunda Boltiqbo'yi mamlakatlarining jamoalari ustun keladilar.
Yevropa chempioni unvoniga Latviya terma jamoasi birinchi bo'lib sazovor bo'ldi.
1936-yilda basketbol birinchi marta olimpiada o'yinlari dasturiga kiritildi. Berlinda
bo'lib o'tgan XI Olimpiada o'yinlarining basketbol turnirida 21 mamlakatning
erkaklar jamoalari qatnashdi.
Ayollar o'rtasida birinchi Yevropa chempionati 1938-yilda Rimda bo'lib o'tdi.
Bunda Ital ya milliy jamoasi g'alaba qozondi.
1950-yilda Argentinada birinchi dunyo chempionati bo’ lib o'tdi. Bunda mezbonlar
birinchi o'rinni egallashdi. Ayollar jamoalari uchun birinchi dunyo chempionati
1953-yilda Chilida o'tkazildi va AQSH ayollar terma jamoasi jahon chempioni
unvoniga sazovor bo'l dilar.
2.1 bosqich-1891 -1918 yillarni o'z ichiga olib, basketbolning yangi o'yin
sifatida shakillanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga gimnastika darslarini bir
oz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-sekin sport o'yiniga aylanib , uning
o'ziga hos barcha hususiyatiari shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy
qoidalari yaratiladi, o'yin texnikasi va taktikasi shakllanadi. O'yinda ishtirok
etayotgan jamoa a'zolarining har biri uchun muayyan funksiya- vazifalar belgilab
beril adi.
II bosqich-1919-1931-yillardan iborat bo’ lib, bu davr milliy basketbol
federatsiyaiari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa basketbolning sport
o'yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Xuddi shu davrda
basketbol bo'yicha xalqaro turnirlar-musobaqalar o'tkaziladi
III bosqich-1932-1947-yillarni o'z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo
bo'yicha basketbol o'yini har tamonlama rivojlanganligi bilan o'ziga xosdir. Bu
davrda basketbol o'yini federasiyasi (FIBA) tashkil etiladi Bu hodisa unutl mas
voqea bilan - basketbolni sportning olimpiya turidagi o 'yiniar qatoriga kiritilishi
bil an birga sodir bo'l adi. Basketbol texnikasi va taktikasiga yengilliklar kiritiladi.
IV bosqich-1948-1965-yill arni o'z ichiga oladi. Bu yillarda butun
dunyoda basketbol o'yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan sakrashlar
tarzidagi taraqqiyot va sport mahoratining o'sishi ham ana shu davrg a to'g'ri keladi.
To'pni bir qol bilan otish qoidasi paydo bo'ladi, raqibning hujumiga qarshi o'zini
himoya qilish texnikasi va taktikasida ancha murakkab usullar paydo bo'ladi. Mini-
basketbol o'yini vujudga kelib, dunyo bo'ylab tarqala boshlaydi.
bosqich-1966-1990-yillarda milliy federatsiyalar soni ortadi. Milliy professional
basketbol uyushmalari (MBA) paydo bo'ladi. Basketbolchilarning xalqaro aloqalari
mustahkamlanadi, o'yin texnikasi va taktikasida yangilliklar vujudga keladi.
Musobaqalar qoidasi va hakamlik usuliyati takomillashtiriladi.
3.O’zbekiston hududida basketbol 1913-1914-yillarda tarqala
boshlaganligi haqida ma'lumotlar bor. Ammo, o'lkamizda basketbol faqat 1920-
yillardan keyingina chinakamiga rivojlana boshladi. O'zbek jismoniy
tarbiyachilarining basketbol o'yini bilan tanishishi Vseobuch vak ili L.Barxashning
nomi bilan bog'liq. O'zbekiston hali Sovet Ittifoqi tarkibiga qo'shilmagan keyin,
1920-yilda L.Barxash Farg'ona (Skobelev) shahrida birinchi bor basketbolchilar
jamoasini tuzadi. U o'yinchilarni o'yin qoidalari bilan tanishtirib, ko'rgazmali o'yin
o'tkazadi. Har bir jamoada 9 kishidan iborat o'yinchi bo'lib, ular 28x16 metrli
maydonda o'ynar edilar. Maydon ko'ndalang chiziqlar bilan uch qismga bo’linib.
basketbolchilar uch himoyachi, uch yarim himoyachi va uch hujumchiga
ajratilardi. Ular o'z chiziqlarida o'ynab, to'pni savatga ikki qol bilan pastdan otar
edilar.

Toshkent shahrida basketbol jamoasini birinchi bo'lib harbiy maktab


o'qituvchisi S.Starshiy tashkil qildi. P.Taranov, A.Bogachenkov,
Yu.Belotserkovskiylar shu jamoa a' zosi edilar. Bu yerda birinchi o'yin 1920-
yilning sentabr oyida «Vseobuch» maydonida bo'lib o'tdi. Har bir jamoa tarkibida
beshtadan o'yinchi bo'lib, o'yin futbol to'pi bilan olib borilgan. Savat sifatida
maydonning ikki qarama-qarshi tamonida o'rnatilgan langarga osib qo'yilgan tagi
olib tashlangan chelaklardan foydalanilgan. 1920-yilning yozi va kuzida b ir necha
ko'rgazmali o'yinlar o’ kazilgan edi. Yangi o'yinda ayol-qizlar ham ishtirok eta
boshlashdi. 1920-yilning sentyabr oyida Andijon shahrida jismoniy tarbiya
yo'riqchisi I Blutskiy boshchiligida ayollar basketbol jamoasi tashkil etiladi. Qizlar
unga «Sokol» («Lochin») nomini berishgan edi. o’ yin tashabbuskorlari bo'lib opa-
singil T. va I.Mixaylovalar, I.Voronkova, Z. Torokova, L. Dzvenskaya,
A.Abramova, D.Shaporenko va boshqalar jonbozlik ko'rsatganlar, bir oz vaqt o’tib,
ularning soni 17 taga yetdi.
Basketbol to'garaklari keyinchalik Namangan, Samarqand va
rtspublikamizning turli shaharlaridagi korxonalar, fabrika, zavod hamda boshqa
tashkilotlarda ham tashkil qilina boshladi. 1924-yilda Sirdaryoda o'tkazilgan
viloyat ol impiadasi dasturiga basketbol o’ yini birinchi marta kiritiladi.
Musobaqalar 1922 yil dagi Moskva qoidalari asosida o’tkaziladi. O'yin vaqti 40
minut bo’lib har bir jamoa 5 kishidan iborat edi (ikkita hujumchi, markaziyo'yinchi
va ikkita himoyachi).
Faqatgina markaziy o'ymchi himoyaga qaytib kelar edi, o’yinda esa hech qanday
murakkab harakatlar qo'llanilmasdi. Jarima to'plarini otish jamoaning bitta
o'yinchisi zimmasida bo’lardi. O'yin davomida basketbol chini faqat
jarohatlangandan keyin almashtirish mumkin edi. Maydon markazida dastlabki
to’p otishda qatnashayotgan basketbol chilar bitta qo'llanni orqalariga qilib
turishl ari, jamoalarning hujumchilari esa old zonaga o'tib turishlari lozim edi.
Basketbolchi bir joyda turib to'pni uch soniyadan ortiq tutib turishi ta'qiqlanadi.
To'pni savatga ikki qo’l bilan pastdan va bir qol bilan yelkadan otish keng
qo’laniladigan usullardan bo’ lib hisoblangan.
Olimpiadada 10 ta erkak va 4 ta ayollar jamoalari qatnashdi. erkaklar
orasida eng kuchlilar safida Toshkentning birlashgan maktabi (TBM) va talabalar
sport klubi (TSK) hisoblangan edilar. Ayollar orasida TSK peshqadamlik qildi .
Erkaklar orasida, shartli ravishda, TBM va TSK g'olib deb topildilar, chunki bular
orasidagi o'yin natijasiga norozilik bildirilgan edi.
O'rta Osiyo hududida bir necha respublika tashkil etilgach, 1925 -yildan
boshlab respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning jumladan. basketbolning
ham rivojlanishida ma’ lum iz qoldiradigan ishlar olib borildi.
Respublika bo'ylab keng tarqalayotgan basketbol o'yini 1927-yiIda
Butun o'zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi. Bu spartakiadada Toshkent shahri.
Andijon, Samarqand, Farg'ona terma jamoalari qatnashdilar. O'yinlar chiqib ketish
usuli bilan o'tkazilgan: bir o'yinni yutqazgan chiqib ketadi.
1928-yilda II Butun o'zbek spartakiadasi bo'lib o’tdi. Spartakiadada
Toshkentning erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o'rinni egalladilar. Bu
bellashuvda Moskvada o'tkaziladigan sobiq Butunittifoq spartakiadasiga
qatnashadigan terma jamoa a'zolari aniqlandi.
Bu spartakiada O'zbekiston basketbolchilari birinchi halqaro uchrashuvni
o'tkazdilar. Ular Fransiya terma jamoasi bilan uchrashib, 49:12 (erkaklar) va 24:12
(ayollar) hisoblari bilan g'alaba qozondilar.
1934-yili basketbol bo'yicha o'tkazilgan birinchi O'rta Osiyo
spartakiadasida O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari birinchi o'r inlarni
egalladilar.
O'zbekiston basketbolchilari 1935-yilda Leningradda o'tkazilgan
Butunittifoq musobaqalarida qatnashib, erkaklar - 12, ayollar ll -o'rmlami
egalladilar.
1939-yilda mamlakatimizda musobaqaning yangi qoidalari joriy etildi Bu
qoidalar halqaro musobaqalar qoidalariga munosib tuzilgandi.
Ikkinchi jahon urishi boshlanishi bilan O'zbekiston jismoniy tarbiya
tashkilotlari o’z ishlarini urush davri talablari asosida qayta tashkil etdilar.
Respublikada umumiy harbiy ta'lim joriy etild i, harbiy o'quv muassasalari tuzild i.
1945-yilda Toshkentda III Butun o'zbek spartakiadasi bo'lib o’tdi.
Spartakiadaning basketbol turnirida ayollar va erkaklarning 7 tadan jamoalari
qatnashdi. Birinchi o'rinni To shkentning ayollar va erkaklar jamoalari egalladilar.
1946-yilda Andijonda mahalliy millat erkaklarining jamoalari o'rtasida
ikkinchi respublika chempionati o'tkazildi. Bu musobaqalarda respublikamizning 8
ta viloyatidan 50 ta kishi qatnashdi . Musobaqalar juda qiyin sharoitda: zalning
kattaligi 20x10.4 metr bo'lib, shit devorga mahkamlangan, yorug’lik lanp alari
o'rnatilmagan ahvolda o'tkazilgan edi. Qizig’ i shundaki, musobaqa uchun Andijon
shahrida faqat bitta basketbol to'pi topilgan edi.
Bu musobaqalarda U.Bektemirov, U.Umarov, A. Shermuham medov,
A.Minovarxo'jayev, T.Isaxo'jayev, X.Sultanov va K.Musaxo'jayevlardan tashkil
topgan Toshkent shahri 1-o'rinni egalladi.
yilda o'zbek basketbolchilari sobiq Ittifoq birinchiligining 11 guruhida qatnashib,
ayollar- 6, erkaklar - 11 o'rinlarni egalladilar.
Biroq basketbol hali maktab o'quvchilari va talabalar orasida keng
ommalashmagan edi. Masalan, Toshkent shahrining talabalaridan faqat 556 kishi,
maktab o'quvchilaridan 962 nafari basketbol seksiyalariga qatnashardi.
So'ngi yillarda basketbol bo’ yicha musobaqalar soni oshib bordi.
Mehnatkashlar jismoniy tarbiya bilan ommaviy ravishda shug'ullanishga jalb
qilinib, sport - texnika natijalarini yuksaltirish shiorlari ostida katta ishlar olib
borildi. Sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnashish natijalari hali talabga javob
bermasdi.
1947-yili mahalliy millat erkaklar jamoalari uchinchi respublika
birinchiligi o'tkazildi. Bu musobaqalarda 7 ta jamoa qatnashib , U.Orifxonov,
M.Toyirxo'jayev, U.Mirzaahmedov, Ch.Botishev, R.Sodiqov, B.G'afurov,
R.Odilov, A.Shermuhammedovlardan tashkil topgan, Toshkent shahri jamoasi
birinchi o'rinni, Samarqand shahri ikkinchi va Toshkent viloyati jamoasi uchinchi
o'rinni egalladi. 1950-yilda Frunze shahrida basketbol bo'yicha O'rta Osiyo
respublikalarining uchinchi an'anaviy musobaqalari o'tkaziladi. Unda o'zbek
basketbolchilari g'olib chiqadilar.
1951-yilda o'smirlar o'rtasida O'rta Osiyo birinchiligi birinchi marta
o'tkaziladi. Unda toshkentlik yigit-qizlar birinchi o'rinni egalladilar.
Respublikamiz terma jamoasi Xarkov shahrida o'tkazilgan Sobiq Ittifoq
terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan o'yinlarda qatnashib, VII o'rinni egallaydi.
Xullas, 1946-1960-yillar respublika basketbol o'yinining rivojlanishida muhim
bosqich bo'ldi.
1960-yildan boshlab O'zbekistonda basketbolning rivojlanishida yangi
bosqich boshlandi. Bu davrda ko'pgina yangi musobaqalar tashkil qilindi, sport
mashg'ulotlarini yil bo'yi munta’ zam olib borish yaxshi yo'lga qo'yildi.
1960-1966 yillarda Toshkentning «Mehnat» jamoasi va shu jamoa bazasida
tuzilgan respublika ayollar terma jamoasi yuqori natijalarga erishdi. Jamoa a'zolari
1961-yildan boshlab sobiq Ittifoq c hempionatining «А» toifasi bo'yicha
musobaqalarda qatnashish huquqiga ega bo'ldilar.
1962-yilda sobiq Ittifoq birinchiligida «Mehnat» ayollar jamoasi 7-o'rinni
egaladilar. Jamoaning bu muvaffaqiyati sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatgan murabbiy
L.K. Velichkoni ng nomi biltn bog'Iiq. Yana shunisi quvonarliki, jamoa, Mosan,
respublikamizda tarbiyalangan basketbolchilardan tashkil topgan edi.O'zbekiston
basketbolining bir necha vakillari sobiq Ittifoq terma jamoalari a'zolari sifatida
musobaqalarda muvatTaqiyatli qatnashib keldilar. Ikki marta Jahon va Evropa
chempioni, sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatgan sport ustasi R.Salimova
(Prokopenko), qizlar o'rtasida Yevropa chempionlari, sport ustalari T.Volkova va
T.Xabibulina, Olimpiada o'yinlari, Jahon va Evropa chempionlari
A.Jarmuhammedov va E.Tornikidu, halqaro toifadagi sport ustasi E Kovalenko,
sport ustalari G.Avdeev, I.Borodachev, N.Buzlyakov, D.Suxarev va
R.Abelyanovlar shular jumlasidandir.
1968-1978-yillarda o'tkazilgan respublika birinchiliklarida To shkent
shahrining jamoalari hamon kuchlilikni qo’l dan bermadilar. Toshkent, Farg'ona,
Samarqand, Andijon, Buxoro viloyatlari jamoalari sovrinli o'rinlarni egallab
keldilar.
O'zbekistonning eng kuchli erkaklar jamoasi 1973-yilda «А» toifasining I-
guruhiga kiradi, 1974-yili shu guruhda 3-o'rin, 1975-yili 7-o’rin, 1976-yili 9-o’rin,
1977-yili 18-o'rin, 1978-1979-yillari 4-o'rin, 1979-1980-yiIda 1-o'rinni egallaydi
va oliy ligaga chiqadi.
1980-1981-yilda oliy ligada 12-o’ringa muvofiq bo'lib, yana I-guruhga qaytadi.
1981-1982-yilda birinchi guruhda birinchi o'rinni egallab, yana oliy ligaga
yo'llanma oladi, 1982-1983-yil 9-o'rin, 1983-1984-yil 5-o'rin, 1984-1985-yil 10-
o'rin, 1985-1986-yil 12-o'rin va birinchi guruhga chiqib ketadi. 1986-1987-yil
birinchi guruhda 10-o'rin, 1987-1988-yil birinchi guruhda 9-o'rin, 1988-1989-yil 9-
o'rin, 1989-1990-yil oxirgi o'rin, 1990-91 yil oliy ligaga chiqish va 1991-1992 yil
birinchi ligaga qaytish.
Shu yillari jamoa murabbiylari bo'lib A.l.Adisman, A.Y.Karaulin, V.N.Semin,
S.S.Gavrilov, S.A.Alpatov, V.A.Silkin, A.V.Vlasov ishlaganlar.
MUSTAQILLIKDAN KEY1N RESPUBLIKAMIZDA
BASKETBOLNING RIVOJLANISHI
1991-yilning aprel oyida Olma-ota shahrida birinchi «Do'stlik» o'yinlari
bo'lib o'tgan. Unda O'zbekis ton terma jamoasi (ayollar) 5 o’ yindan 4 tasida g'olib
chiqib, 2-o'rinni egallashga muvofiq bo'ladi.
Iyul oyida terma jamoamiz Xitoyning Urumchi shahrida o'tkazilgan
halqaro turnirda 3-o'ringa ega bo'ladi.
1991-yilda O'zbekiston Respublikasi mustaqil bo’ ldi. Xalqaro maydonda
o'zbek sportchilarining chiqishlari uchun ba'zi bir qiyinchiliklar vujudga keldi.
1992-yil yanvarda O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi qayta tashkil ctildi,
xuddi shu yili O’ zbekiston Xalqaro Olimpiada Qo'mitasi (XOK) ga a'zo bo'lib
kirdi. O'zbekiston basketbolchilari shundan keyin xalqaro musobaqalarda tez -tez
qatnasha boshladilar. Masalan, 1996-yilda bizning xotin-qizl ar jamoamiz
Pokistonda o'tkazilgan ayoilar turnirida ishtirok etib, ll -o'rinni egalladilar. Erkaklar
jamoamiz 1995-yilda Scul shahrida o'tkazilgan XV111 Osiyo chempionatida
ishtirok etib, IX o'rinni egalladi. 1996-yilda AQSHda Armiya kulublari o'rtasida
musobaqalar о’tkazildi. Bu ycrda bizning milliy jamoamiz MXSK VII o ’ rin ni
egalladi. 1997-yilda Malaziyada erkaklar jamoalari o'rtasidi
Xalqaro turnir o'tkazildi. Bu yerda o'zbek baketbolchilari galabaga erishib yarim
final o'yinlarida Rossiya jarnoas iga yutqazib qo'ydilar va umumiy his obda Ш -
o'rinni egalladilar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "Respubkada
sportni rivojlantirish to'g'risida" gi farmonini amalga oshirish yo’lida
O’zbekisionda ko’zga ko'rinadigan ishlar qilinayotganligi hammamizga ayon.
Вular ichida barcha viloyatlar, shaharlarda stadionlarning ta'minlanishi. yangi sport
inshoatlarini qurilishi va h.q. Basketbol o'yinining yanada rivojlanishiga

yo’naltirilgan ishl ar. sport zallari va maydonlari qurilishi va yangidan jihozlanish



shular jumlasidandi r.
http://fayllar.org
Yüklə 83,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin