7. Statistik kuzatish to‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab qanday turlarga bo‘linadi? A. yalpi (to‘liq) va qisman kuzatishga;
B. yalpi (to‘liq) kuzatishga;
C. qisman kuzatishga;
D. barcha javoblar to‘g‘ri;
8. Vaqt omiliga asosan statistik kuzatishning qanday turlari mavjud? A. uzliksiz kuzatish;
B. uzlikli kuzatish;
C. uzliksiz va uzlikli kuzatish;
D. barcha javoblar to‘g‘ri;
9.Statistik kuzatish to’planadigan ma’lumotlar manbaiga qarab qanday turlargabo‘linadi? A. bevosita kuzatishga;
B. hujjatli kuzatishga;
C. bevosita, hujjatli va so‘roq orqali kuzatishga;
D. barcha javoblar to‘g‘ri;
10.Statistik kuzatishning rejasi nimalarni qamrab oladi? A. dastur - uslubiy masalalarni;
B. tashkiliy masalalarni;
C. dastur - uslubiy va tashkiliy masalalarni;
D. barcha javoblar to‘g‘ri.
1-Masala. Oliy o‘quv yurti talabalarining o‘zlashtirishini o‘rganish maqsadida:
1) 1 – kurs talabalarining qishki imtihon sessiyasi natijalari bo‘yicha;
2) 2 - kurs talabalarining mustaqil tayyorgarlikka sarflagan vaqtlarini;
3) 3 - kurs talabalarining qishgi imtihon sessiyasi natijalari bo‘yicha kuzatish ob’ektini, to‘plam birligini aniqlang va kuzatish dasturini tuzing.
2-Masala. Sanoat korxonasini, fermerlik xo‘jaligini, savdo korxonasini, oilani hamda alohida shaxsni to‘plam birligi sifatida ifodalovchi muhim savollar ro‘yxatini aniqlang.
3-Masala. Sanoat korxonalari ro‘yxatini, savdo korxonalari ro‘yxatini va maktablar ro‘yxatini ifodalash maqsadida statistik kuzatish rejasini tuzing, kuzatish birligini, ob’ektini, maqsadini hamda vazifalarini aniqlang, formulyarini va uning yo‘riqnomasini, dasturini tuzing.
4-Masala. Aholining turmush darajasini o‘rganish maqsadida oilalarda statistik kuzatish o‘tkazish uchun uning dasturi, rejasi loyihasi, hamda to‘ldirilishi lozim bo‘lgan statistik jadvallar maketlarini tuzing.