1-амалий машғулот


Pomidor va bodringni saqlash



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

 Pomidor va bodringni saqlash
Pomidorni saqlash. 
Pomidorni boshqa sabzavotlarga qaraganda saqlash ancha mushkul. Shunday
 
bo‟lsada, uni 2-3 oy saqlash mumkin. Pomidorning 60-70 g keladigai hosillari, kichik hosilli navlariniki 
35-50 g lilari yaxshi saqlanadi. Tarkibida suv miqdori ko‟p bo‟lgan navlarining mevasi uzoq vaqt 
saqlanmaydi. Pomidor po‟stining qalinligi, mag‟zining qattiqligi va yorilishiga chidamliligi uning 
saqlanuvchanligini belgilaydi. 
Saqlash uchun to‟liq shakllangan och ko‟k pomidor meva bandi bilan teriladi. Ular 
shikastlanmagan, kasallik va zararkunanda zararlamagan hamda uncha kichik bo‟lmasligi lozim. 
Pomidor omborlarda
 
yashiklarga solinib saqlanadi. Bunda yashiklar eniga ikki qator, tepasiga 
sakkiz-o‟ntadan qilib, uzunasiga esa istalgancha joylanadi. Taxlar orasida 0,6-1,5 m li yo‟lak yashiklar 
o‟rtasida esa 5-10 sm oraliq qoldirish tavsiya etiladi. 
Qizil rang pomidorlarni 30 kungacha, dumbullarini 40-50 kun, ko‟kishlarini esa 80 kungacha 
saqlash mumkin. 
Och ko‟k pomidorning pishib etilishi uchun harorat 10-12°S bo‟lgani
 
ma‟qul. Bundan
 
yuqori 
haroratda pomidorning pishib etilishi tezlashadi, past haroratda esa tezda kasallanadi. Pishgan pomidorni 
esa 0°S hamda 1°S da sovitgichda saqlash mumkin. Bunda havoning nisbiy namligi 90-95% atrofida 
bo‟lishi kerak. 
Bodringni saqlash.
Bodringni ham uzoq muddatga saqlab bo‟lmaydi. Uni qulay sharoitda 15-20 
kungacha saqlash mumkin. Barra bodringni saqlashda xavo harorati 8-10°S va namligi 90-95% bo‟lishi 
lozim. 
Bodringni terish vaqti va terish sifati uni saqlashda katta ahamiyatga ega. Terish texnologiyasining 
buzilishi uning barraligi tez yo‟qolishiga, burishib sarg‟ayishiga va eb bo‟lmaydigan bo‟lib qolishiga olib 
keladi. Pishib o‟tib ketgan bodringning urug‟i va po‟sti zichlashadi, eti dag‟allashadi. Bodring odatda 
ertalab, issiq boshlanguncha terib olinishi lozim. Kechki bodringni kun bo‟yi terish mumkin. U 
yashiklarda yoki maxsus savatlarda tashiladi. 
Saralash va joylash ehtiyotlik bilan salqin binolarda o‟tkaziladi. 
Bodringni saqlashda havo haroratini pasaytirish tavsiya etilmaydi. Past haroratda bodringda 
kechadigan fiziologik jarayonlar buziladi va natijada uning sifati pasayadi. Bodringni polietilen qoplarga 
solib saqlash yaxshi natija beradi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin