1-amaliy ishi diskret kosinus o‘zgartirish uchun spektral tahlil algoritmlarini amalga oshirish ishdan maqsad



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü93,84 Kb.
#193242
1   2   3   4
1-3 Amaliyot topshiriq sirtqi

Hisobot tarkibi

  1. Ishning nomi va bajarishdan maqsad.

  2. Tadqiqotning strukturaviy sxеmasi.

  3. Turli signallardan ossillogrammalar.

  4. Bajarilgan ish bo‘yicha natija va xulosalar.

Nazorat savollari

  1. Davriy signallar haqida ma'lumotlar bеring.

  2. Davriy signallar modеlini aniq tasvirlab bеruvchi bir nеchta fizik jarayonlarni sanab bеring.

  3. Impuls signallarning davomiyligi qanday aniqlanadi?

  4. Impulsning kеngligi va uning spеktr kеngligi bir biriga qanday bog‘ liq?

  5. Signallarni diffirensiallash va intеgrallash jarayoni chastota sohasida qanday ifodalanadi?

  6. Vidеoimpuls va radioimpulslarning spеktral zichliklari bir biri bilan qanday bog‘ liq?

  7. Davriy va nodavriy signallarning farqini tushuntiring.

  8. Davriy signallar uchun Furе qatorini kеltiring.

  9. Komplеks chastotani tushuntirib bеring

  10. Furе tеz almashtirishini kеltiring.



3-AMALIY ISH
NOREKURSIV FILTRLASH ALGORITMINI O‘RGANISH


Ishdan maqsad: Ishda uzluksiz signallarni tajriba asosida diskretlash va qayta tiklash jarayonlarini o‘rganish maqsad qilib olingan.
Amaliy ishni bajarish uchun vazifasi
1. Impulsli uzatish tavsif yordamida 1PChF va 2 PChF larni signallar o‘tkazish polosasini aniqlash.
2. Murakkab signalni diskretlash va uni diskretlash intervalini aniqlash.
3. Oniy qiymatlar yordamida signalni qayta tiklash.

3
.1- rasm. Amaliy qurilmasining tuzilish sxemasi


Uslubiy ko‘rsatmalar
1. Impulsli uzatish tavsifi yordamida 1 PChF va 2 PChF larni signallar o‘tkazish polosasini aniqlash.
1.1. Kompyuter xotirasiga dasturni kiriting. Ossillografni sozlang. Buning uchun signal kuchaytirish ikkala kanalda 0,8 V/1-katak va signal yoyishini 0,25 ms/1-katak qilib o‘rnating.
1.2. Ossillograf ekranida murakkab signalni kuzating va uning ossillogrammasini chizib oling. Buning uchun « Istochnik signalov » blokida joylashgan « Slojniy signal » yonidagi « Vkl » tugmasini bosing. 1-kanalga 2-nazorat nuqtasini ulang. Hosil bo‘lgan ossillogrammani chizib oling.
1.3. Impulsli uzatish tavsif yordamida 1 PChF va 2 PChF larni mintaqaviy o‘tkazish qobiliyatini baholash. Buning uchun « Istochnik signalov » blokida joylashgan « Delta impuls » va « Signal s chastotoy F2». yozuvlari yonidagi «Vkl» tugmasini bosing. 1-kanalga 1-nazorat nuqtani va 2-kanalga esa 6-nazorat nuqtalarini ulang. «Organi upravleniya laboratornim maketom» blokida joylashgan « Podklyuchit detal k FNCh 2» yozuvlari yonidagi « DA » tugmasini bosing. Hosil bo‘lgan ossillogrammalarni chizib oling. Hosil bo‘lgan ossillogrammadan, masshtabda T davr va t oraliqni o‘lchang. Ikkala filtrlar uchun t oraliqni T/2 bilan taqqoslang va filtr o‘tkazish polosasi kengligi haqida xulosa qiling. Agar tТ/2 bo‘lsa, u holda filtrning yuqori o‘tkazish chastotasi f2, chastotadan oshadi.

    1. 1-kanalga 7-nazorat nuqtasini ulang va 1.3. banddagidek 2-PChF ni signal o‘tkazish polosasini baholang.

2. Murakkab signalni diskretlash va uni diskretlash intervalini aniqlash.
2.1. 1-kanalga 1-nazorat nuqtani va 2 kanalga esa, 2-nazorat nuqtalarni ulang. “Istochnik signalov” blokida joylashgan « Gen. imp. diskr.”yozuvi yonidagi «Vkl» tugmani bosing. Diskretizatsiya chastotasini 4000 Gs ga o‘rnating. Hosil bo‘lgan ossillogrammani chizib oling.
Buning uchun 1-kanalga 2-nazorat nuqtasini va 2-kanalga esa 4-nazorat nuqtalarni ulang. «Organi upravleniya laboratornim maketom» blokida joylashgan « Podklyuchit slojniy signal » va «Gen. imp. disk » , « Diskretizatori » yozuvlari yonidagi «Da» tugmani bosing. Murakkab va diskretlangan signallarning ossillogrammalarini chizib oling.



3.2- rasm. 1 PChF (2 PChF) ni signal o‘tkazish polosasini baholash

2.2. Diskretlangan signal ossillogrammasini kuzating va chizib oling.


3.Oniy qiymatlar yordamida signalni qayta tiklash.
3.1. 2-kanalga 6-nazorat nuqtani ulang. «Organi upravleniya laboratornim maketom blokida joylashgan «Podklyuchit delta impuls k FNCh 1» va « Podklyuchit delta impuls k FNCh 2» yozuvi yonidagi «Net» tugmani bosing. Murakkab va qayta tiklangan signallar ossillogrammalarini chizib oling. (PChF 1).
3.2. 2-kanalga 7-nazorat nuqtasini ulang. Murakkab va qayta tiklangan signallarni ossillogrammalarini chizib oling. (PChF 2).
3.3. 1 PChF va 2 PChF lar yordamida qayta tiklangan signallar sifatini taqqoslang va signalni qayta tiklash uchun mos filtrni tanlang.



Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin