1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə14/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

Savollar:
  1. Bolani maktab ta’limiga tayyorlashning mazmun-mohiyatini yoriting?


  2. Katta guruhda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari nimadan iborat?


  3. Bolani maktabga tayyorlash bosqichlari?


  4. Bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati nimadan iborat?





8-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: BOLANI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH

REJA:
  1. Bolani maktabda o’qishga umumiy tayyorgarligi.


  2. Bolani maktabda o’qishga aqliy, jismoniy tayyorgarligi.




Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.Fan va texnologiya.-T:,2008 y.


  2. Sh.Shodmonova. Maktabgacha pedagogika.Fan va texnologiya.-T:,2018 y


  3. Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila pedagogikasi”. T.: Sharq. 2009-y.


  4. F.Qodirova, N. Qayumova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toshkent. Tafakkur nashriyoti. 2019


Maktabga umumiy tayyorgarlik bolalar bog’chasining maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli maqsadga muofiq ta’lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo’ladi.


Maktabga tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, irodaviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidaki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharoitiga va o’quv materialini yaratadi.

Umumiy tayyorgarlik tushunchasi maktab ta’limi nuqtai nazaridan 1-sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko’rsatkichlarni muvaffaqiyatli jamlaydi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o’qishga intilishi, o’quvchi bo’lish ishtiyoqidan bilish faoliyati va tafakkur


operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o’quv faoliyati elemintlarini
egallashi, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo’luvchi
asoslangan tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligining barcha majmua bolani sinf jamoasiga olib kirish, maktabda
o’quv materialini ongli faol egallash, keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni
bajarishni qamrab oladi.
Bolaning maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o’qishga umumiy
psixologik tayyorgarligiga qo’shimchadir.U bolada matematika va ona atili kabi o’quv fanlarini o’rganish uchun zarur bo’lgan maxsus bilim , ko’nikma va
malakalarning mavjudligiga ko’ra aniqlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o’stirish hamda savodni egallashga tayyorlash yuzasidan o’tadigan jadal ish bolalarni maktabda o’qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi.
Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o’zaro munosabatning yangi tizimiga faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo’lishi darkor. U
yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo’lishi kerak.
Bolaning maktabda o’qishga umumiy tayyorgarligi mazmunida bir necha
o’zaro bog’langan jihatlar mavjud bo’lib, ulardan muhimlari ma’naviy, aqliy,
jismoniy tayyorgarlikdir.
Maktabda o’qishga axloqiy, irodaviy tayorgarlik bolaning maktabga bolalik
oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat iroda axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga
yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashga hamda o’zining o’qituvchi,
sinfdoshlar bilan o’zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishiga imkon beradigan
darajaga erishishida ifodalanadi.
Maktabni, axloqiy-irodaviy tayyorgarlik mazmuninio’quvchi tutgan o’rnidan
kelib chiquvchi bola shaxsi hamda xilqiga qo’yiladigan talablarga ko’ra aniqlanadi.Bu talablar maktabda o’qishning dastlabki kunlaridanoq o’quvchi
oldiga o’quv majburiyatlarini mustaqil va ma’suliyatni his etgan holda bajarish
tartibli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishini talab etadi.Bu yuksak talablarni bajarishga tayyorlash oldindan maktabgacha ta’lim muassasalarida va
oilada maktyabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan davomli, maqsadga
yo’naltirilgan tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bola shaxsiy hulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon
bo’ladi.Bu munosabatda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi davomida
rivojlanadigan o’z xulq-atvorini boshqarish qobilyati qoidani yoki tarbiyachi
talablarini ongli bajarish asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo’yilgan maqsadga
erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o’ziga tortadigan, ammo
maqsaddan chalg’itadiganiga qarshi o’laroq oxirigacha bajarish ko’nikmasi va shu
e’tiborga loyiqdir.Bo’lajak o’quvchi xulq-atvoridagi ixtiyorilikni rivojlanish
asosini maktabgacha tarbiya yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o’zaro
bo’ysinuvchilari tashkil qiladi.Sabablarning o’zaro bo’ysinganligi katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ushbu daqiqadagi o’z ishtiyoqlarini
ma’naviy ahamiyatli maqsadlar yo’lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishlariga
aloqadordir.
Tabiiyki, maktabgacha tarbiya yoshida bolaning xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori darajasi bilan ajralib turmaydi, ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq atvori turiga o’tishni ta’minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexanizmining tarkib topishi muhimdir.

Maktabgacha axloqiy-irodaviy tayyorgarlikning qaror topishida, shuningdek, tayyorlov guruhidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir.


Tayyorlov guruhidagi bolada mustaqillikni muovfaqiyatli shakllanishining
dalolati tarbiyachining eslatish va ko’magisiz xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi
sharoitlarda harakatning to’g’ri odatiy usullaridan foydalanish yordam berishga
tayyorlik qobilyatidir. Mustaqillik bilan uzviy bog’langan xulq-atvordagi
uyushganlik va intizomlilik bola xulq- atvoridagi maqsadga yo’llanganlikda o’z
faoliyatini maktabgacha ta’lim muassasalarida qabul qilingan qoidalarga muofiq
ongli tashkil eta bilishda faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o’z
xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish o’z xatti-harakatlari uchun
shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o’z ifodasini topadi. Tayyorlov guruhi bolalar
xulq-atvoridagi mazkur xususiyatlarning mavjudligi maktabga axloqiy-irodaviy
tayyorlikni shakllantirishning isboti xizmatini o’taydi.
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi
bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o’zaro munosabatlarini qoidalarga muofiq tashkil eta bilishdir.Tajribaning ko’rsatishicha, maktabdagi o’qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda ―jamoachilik sifatlari: do’stlarga nisbatan xayrixoh, xushmuomilalik, g’amxo’rlik bildirish, o’zaro yordamga hozirlikning qanchalik muvoffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog’liqligini ko’rsatdi.Bola xulq-atvorida jamoatchilik xislatlarini bunday majmuining mavjudligi uni maktabga, axloqiy, irodaviy tayyorligining ko’rsatkichi bo’la oladi va yangi jamoada tengqurlari bilanmuomilada ko’tarinki ijobiy ruxni yuzaga keltiradi.
Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir.
  • Bilimlar sifatining ko’rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi;


  • tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va hajmining to’liqligi;


  • o’zlariga tushunarli o’quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni


    mustqkil qo’llana olish qobilyatlari;
  • muntazamlilik, ya’ni maktabgacha tarbiya yoshidagilarning narsa va hodisalar o’rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.





Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin