1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə8/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

Savоllar:
  1. Davlat talablari qaysi qonun hujjatlariga asoslanib tuziladi?


  2. Davlat talablarining maqsadi nimadan iborat?


  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari qachon tasdiqlangan?


  4. Kompetentlik nima?


  5. O’quv turkumi haqida gapiring.




4-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: MAKTABGAHA YOSHDAGI BOLALAR TA’LIM TARBIYASIGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARIGA MUVOFIQ SOG’LOM VA YETUK, MAKTABDA O’QISHGA TAYYORLANGAN TARZDA SHAKLLANTIRISH.

REJA:
  1. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o’qishga tayyorigi.


  2. Davllat talablariga muvofiq.




Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.Fan va texnologiya.-T:,2008 y.


  2. Karimova V.M. “Oila pedagogikasi”. Darslik-T.: Fan va etxnologiya, 2008-y


  3. Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila pedagogikasi”. T.: Sharq. 2009-y.


  4. Shoumarov G.B. “Muhabbat va oila”. _T.: Ibn Sino 1994-yil.


Farzandini maktabga yuborayotgan har bir ota-ona farzandim o’quv jarayoniga


tayyor deb hisoblaydi. Chunki, har bir kishi o’z farzandini qobilyatli va takrorlanmas deb o’ylaydi. Ammo su o’rinda savol tug’iladi. Bola har jihatdan maktabga tayyormi? U yangi sharoitga ko’nika oladimi?
Maktabga tayyorgarlik va maktab hayotiga moslashtirishning muvaffaqiyatli
kechishi bu ishni oldinroq boshlab, uni asta sekin bolaning manfaati bilan
uyg’unlashtirgan holda sabr bilan amalga oshirishni talab etadi.
Bolaning 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan muddat maktabgacha yosh
davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda bola o’zi uchun yangi dunyoni kashf etadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U
bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga
bo’lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha 
bo’lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim
muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi –
bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil
shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta’limga
bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari,
shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasiga
bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasi
binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim
muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga
bo’lgan talablar “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va
sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga
solinadi.
Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim
muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta’lim umumta’lim
dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7
yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va
sog’lomlashtirishni ta’minlaydi.
  Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsad va vazifalari Maktabgacha ta’lim, olinish shakli va usullaridan qat’iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
 Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
 Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish;
 Bolalarni milliy va umuminsoniy etik va madaniy qadriyatlar bilan
tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
 Bolalarda yuqori ma’naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
 Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;
Maktabgacha ta’lim muassasasi bolani har tomonlama rivojlantirish yo’lidagi
muhim ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu boisdan bolalarni albatta maktabgacha
ta’lim muassasasida tarbiya olishga topshirish ularning rivojlanishi va bevosita
maktab ta’limiga tayyorlashning muhim jihati hisoblanadi. Bunda albatta, ijodiy
imkoniyatlarga ega bo’lgan bola yangi o’quv materialini mustaqil tushunib
yetishga, izlanish faoliyatiga, pedagoglar va tengdoshlari bilan o’zaro
munosabatlarini o’rnatishga tayyor bo’ladi. U bilishga qiziquvchan, faol,
tashabbuskor bo’ladi.

O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirish,


uning uzluksizligini, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari


samarali amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat
maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
2. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi ‘rezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o`z ustaviga
amal qiladi.
3. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish
muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
 bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;
 bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini
rivojlantirish;
 bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
 bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
 bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
 bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.

Savollar:
  1. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni qanday tashkil etiladi?


  2. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolani maktabga tayyorshlash qanday kechadi?


  3. MTMda bola salomatligi masalasi kimga yuklatiladi?


  4. Bolalar MTMda qanday bilimlarga ega bo’lishi kerak?





Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin