1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə7/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

Tayanch atamalar: Davlat ta`lim standarti,davlat talablari,maktabgacha ta’lim tushunchasi, tarbiya metodi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Ushbu xujjat, birinchi navbatda, oilalarga bolaning to’laqonli rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishga samarli tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.U maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan xolda barcha bolalarning tenghuquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo’naltirilgan. Ushbu hujjat O’Zbekiston Respublikasi territoriyasida, mulk shaklidan va qaysi tashkilot tasarrufida ekanligidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llanilishi majburiydir:

-umummiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida;

-maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo’lgan «Mehribonlik» uylarida, kichkintoylar uylarida;

-maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida;

-maktabgacha va boshlang’ich ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o’rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;

-maktabgacha va boshlang’ich ta’lim turlari bo’yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tadbiq etuvchi muassasalarda.

Davlat talablarini ishlab chiqish asosida bola shaxsi rivojlanishining 4 ta yo’nalishi olingan (jismoniy rivojlanish, o’z o’ziga xizmat va gigiena; ijtimoiy - hissiy rivojlanish; nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni, atrof olam to’g’risidagi bilimga ega bo’lish va uni anglash). Bu 4 ta yo’nalish bo’limlarga bo’linib, birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.Qayta ishlangan talablar jamiyatning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi haqidagi bilimlarini yaxshilashga, tarbiya sohasida ota-onalarning ko’nikmalarini mustahkamlashga, shuningdek muassasalarda ta’lim dasturlari va metodikalarini baholashga qaratilgan.Ushbu xujjat bolalarga “tamg’a osish” vositasi sifatida emas, balki bolalar sharoitini yaxshilash, ularning bolalik huquqini ta’minlash sifatida qo’llanilishi lozim.

1.1 Oliy ta’limning mazkur davlat ta’lim standarti (OT DTS) 5111800 – Maktabgacha ta’lim ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlashda asosiy ta’lim dasturlarining o’zlashtirilishini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun majburiy talablar majmuini ifodalaydi.

1.2 Mazkur ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo’lganda Oliy ta’lim muassasasi uning asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.

1.3 OT DTSning asosiy foydalanuvchilari:

- mazkur ta’lim yo’nalishi va tayyorgarlik darajasi bo’yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta’lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilashga mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchi jamoalari;

- ta’lim yo’nalishining asosiy ta’lim dasturini o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlar va talabalar;

- oliy ta’lim muassasalarining o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi va dekanat);

- bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasining baholashnishini amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;

- oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;

-oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;

- ta’lim yo’nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo’lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar.

2 Atamalar, ta’riflar, qisqartmalar.Mazkur standartda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:

bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlari (bakalavriat dasturi)– talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta’minlashga yo’naltirilgan o’quv rejasi, o’quv kurslari, fanlari (modullari)ning dasturlarini qamrab olgan o’quv-uslubiy majmualari hamda malakaviy amaliyotlar dasturlari, o’quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta’lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlovchi metodik materiallar;

Integrallashgan kurs– ta’lim dasturidagi o’quv fanlari mazmun jihatdan o’zaro bog’langan, lekin o’z mustaqil faniga ega bo’lgan fanlar moduli.

kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda, ishlab chiqarishda namoyon bo’ladigan kasbiy faoliyat ob’ektlarining majmuasi;

kasbiy faoliyat ob’ekti – kasbga yo’naltirilgan predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va tizimlar;

kasbiy faoliyat turi – ta’lim yo’nalishiga o’zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat ob’ektiga ta’sir qilish tavsifi metodlari va usullari;

kompetentlik- shaxsning muayyan ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha olgan bilim, malaka va ko’nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo’llay olish qobiliyati.

kompetentsiya – bilim, malaka va shaxsiy sifatlarini ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo’llay olish;

modul– ta’lim va tarbiyaning muayyan maqsadi va natijasiga erishish bo’yicha o’zaro bog’langan hamda mantiqiy tugallikka ega bo’lgan o’quv fanlari va ularning tarkibiy qismlari.

yo’nalish – asosiy ta’lim dasturining kasbiy faoliyatning muayyan turi va yoki ob’ektiga yo’nalganligi;

ta’lim dasturi– muayyan bakalavriat ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligida majburiy va tanlab o’qitiladigan fanlar tizimi, o’tkaziladigan amaliyot turlari va ularning mazmuni.

ta’lim yo’nalishi – bitta kasbiy faoliyat doirasidagi turli darajadagi ta’lim dasturlarining majmui;

ta’lim natijalari– o’zlashtirilgan bilim, malaka va ko’nikmalar hamda o’zlashtirilgan kompetentsiyalar;

o’quv turkumi – asosiy ta’lim dasturining ilmiy va (yoki) kasbiy faoliyatning tegishli sohasida bilim, malakalarni o’zlashtirish va kompetentsiyalarni shakllantirishni ta’minlaydigan fanlar (modullari) yig’indisi;

ARM- axborot resuruslar markazi;

ITI – ilmiy tadqiqot ishlari;

OTM- oliy ta’lim muassassasi;

O’MM – o’quv metodik majmua.




Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin