1. Amaliy pog`ona protokollari. Virtual terminallar xizmatlari uchun standart protokoli telnet


IP tarmoqlarda marshrutlash negizlari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə4/11
tarix10.04.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#95725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
16 variant YANGI ktt

2.2. IP tarmoqlarda marshrutlash negizlari
Tarmoqli darajaning muxim masalasi bo'lib, marshrutlash - tarkibli tarmoqlardagi ikkita oxirgi tugunlar orasida paketlarni uzatish xisoblanadi. 10.1-rasmda ko'rsatilgan tarkibiy tarmoq misolida marshrutlash negizlarini ko'rib chiqamiz.
Ushbu tarmoqda 20 ta marshrutizator umumiy tarmoqqa 18 ta tarmoqni birlashtiradi: S1,S2,…,S20 - bu tarmoqlar raqami. Marshrutizatorlar, tarmoqlar ulanadigan bir nechta portga (kamida ikkita) ega. Marshrutizatorning xar bir portiga tarmoqning aloxida tugunidek qarash mumkin: bu unga ulangan tarmoqostida o'z tarmoqmanziliga va lokal manzilga ega, masalan: 1-raqamli marshrutizator 3 portga ega, unga S1, S2, S3 tarmoqlari ulangan.
Rasmda ushbu portlarning tarmoqmanzillari M1(1), M1(2), M1(3) bilan belgilangan. M1(1) porti tarmoqda S1 raqamli, M1(2)-S2 raqamli, M1(3)-S3 raqamli lokal manzilga ega. Shunday qilib, marshrutizatorni, xar biri o'z tarmog‘iga kiruvchi bir nechta tugunlar yig‘indisi deb ko'rish mumkin. Marshrutizator bir butun qurilma bo'lganligi sababli, u aloxida tarmoqmanziliga ham, xech qanday lokal manzilga xam ega emas. Murakkab tarkibiy tarmoqlarda, ikkita oxirgi tugunlar orasida paketlarni uzatish uchun bir nechta alternativ yo'nalishlar deyarli xar doim mavjud. Yo'nalish bu yuboruvchidan to tayinlangan nuqtagacha paket o'tishi kerak bo'lgan marshrutizatorlarning ketma-ketligi. Shunday qilib A tugunidan B tuguniga yuborilgan paket 17, 12, 5, 4 va 1 yoki 17, 13, 7, 6 va 3 marshrutizatorlar orqali mumkin.
A va B tugunlari orasida yana bir nechta marshrutlarni topish qiyin bo'lmaydi. Bir nechta imkoni bo'lganda, yo'nalishni tanlash masalasini marshrutizatorlar,
xamda oxirgi tugunlar xal qiladi. Tanlash ushbu qurilmalarda tarmoqning oxirgi konfiguratsiyasi to'g‘risida axborot bo'lishiga qarab, xamda yo'nalishni tanlashning berilgan mezoni asosida bajariladi. Odatda mezon sifatini aloxida paketlarning yo'nalish o'tishidagi to'xtalishlar yoki paketlarinig ketma-ketligi uchun yo'nalishning o'rtacha o'tkazish qobiliyati bajaradi. Ko'pincha yo'nalishda o'tilgan oraliq marshrutizatorlar sonini xisobga oluvchi, juda oddiy mezon ishlatiladi. Agar tayinlanish tarmog‘ining manzili bo'yicha, paketning keyingi yurishidagi to'g‘ri yo'nalish tanlansa, xar bir oxirgi tugun va marshrutizator marshrutlash jadvali deb nomlangan maxsus axborot tuzilishini taxlil qiladi. Marshrutizatorga yangi paket kelganda, kelgan kadrdan tayinlangan tarmoqraqami birin-ketin jadvalning har bir qatoridagi tarmoqlar raqami bilan solishtiriladi. Mos kelgan tarmoqraqamli qator, paketni eng yaqin marshrutizatorga yuborilishi kerakligini ko'rsatadi. Masalan, agar S6 tarmoqqa yuborilgan paket 4-marshrutizatorning har qaysi portiga paket kelib tushsa, unda marshrutlash jadvalidan ko'rinib turibdiki, keyingi marshrutizator manzili M2(1), ya'ni ushbu paket harakatining navbatdagi bosqichi, 2-marshrutizatorning 1-portiga boradi.
6-rasm.
6-rasmda ko'rsatilgan ko'rinishda, marshrutizatorlarning tarmoqli manzili va tarmoqlar raqamlari uchun shartli belgilarni ishlatib, marshrutizatorda marshrutlash jadvali qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rib chiqamiz.
Paket tarkibiy tarmoqning har qanday tarmog‘iga yuborilish mumkinligi sababli, marshrutlashning har bir jadvali tarkibli tarmoqqa kiruvchi hamma tarmoqlar to'g‘risida yozuvlarga ega bo'lishi kerak deb qaralishi mumkin. Lekin bunday yondoshishda, katta tarmoq bo'lsa, marshrutlash jadvalining hajmi katta bo'lishi mumkin. Bu esa uni ko'rib chiqish vaqtiga ta'sir etadi va saqlash uchun ko'p joy talab etadi.
Shuning uchun marshrutlash jadvalida yozuvlar sonini maxsus yozuv- ―Sukut saqlash bo'yicha marshrutizator‖ (default) ishlatish hisobiga kamaytiriladi. haqiqatda, tarkibiy tarmoq topologiyasini inobatga olsak, unda tarkibiy tarmoq tashqarisida joylashgan marshrutizatorlar jadvalida, ushbu marshrutizatorga bevosita ulangan yoki yaqin orada, boshi berk yo'nalishda joylashgan tarmoqlar raqamini yozish kifoya bo'ladi. Qolgan hamma tarmoqlar to'g‘risida, ushbu tarmoqlarga boruvchi yo'llar o'tuvchi marshrutizatorni ko'rsatuvchi yagona yozuv jadvalida yoziladi. Bunday marshrutizator, sukut saqlash marshrutizatori deyiladi, tarmoqraqami o'rniga, muvofiqqatorda, alohida yozuv joylashtiriladi, masalan, default. Bizning misolimizda S5 tarmoqi uchun bunday marshrutizator bo'lib, 5-marshrutizator, to'g‘rirog‘i uning M5(1) porti hisoblanadi. Bu shuni bildiradiki katta tarkibiy tarmoqning qariyb hamma tarmoqlariga S5 tarmog‘idan yo'l marshrutizatorning ushbu porti orqali o'tadi.
Keyingi marshrutizatorga paketni uzatishdan oldin hozirgi marshrutizator, o'zining bir nechta portlaridan qaysi biriga joylashtirishini aniqlab olishi kerak. Buning uchun marshrutlash jadvalining uchinchi ustuni xizmat qiladi, yana bir marta ta'kidlab o'tamizki, har bir port o'z tarmoqmanzili bilan aniqlab olinadi.
Tarmoq protokollarning ayrim amalga oshiruvchilari marshrutlash jadvalida bir vaqtda bitta tayinlash tarmoqmanziliga muvofiq bir nechta qator bo'lishlariga ruxsat beradi. Bu holda yo'nalish tanlashda ―Tanlash tarmog‘igacha bo'lgan masofa‖ ustuni inobatga olinadi. Shu bilan birga masofa deganda tarmoq paketining berilgan mezoniga (ko'pgina servis sinfi deyiladi) muvofiq ishlatiladigan har qanday metrika tushuniladi. Masofa xoplar, aloqa liniyalari bo'yicha paketning o'tish vaqti, ushbu yo'nalishda aloqa liniyalari ishonchligining bironta tavsifi yoki berilgan mezonga nisbatan bu yo'nalishning sifatini aks ettiruvchi boshqa kattalik bilan o'lchanishi mumkin. Agar marshrutizator paketlarning bir necha servislar sinfini quvvatlasa, unda servisning (yo'nalishni tanlash mezoni) xar bir turi uchun yo'nalishlar jadvali aloxida tuziladi va qo'llaniladi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin