Mundarija Kirish……………………………………………………………………………..
1. Amaliy pog`ona protokollari. Virtual terminallar xizmatlari uchun standart protokoli TELNET...............................................................................................
1.1 Amaliy protokollar……………………………………………………..
1.2 Amaliy pog’ona protokollari: Telnet, FTP va TFTP, NTP……………
2. Marshrutlash usullari.....................................................................................
2.1. Umumiy qoidalar……………………………………………………….
2.2. IP tarmoqlarda marshrutlash negizlari………………………………....
2.3. Marshrutlash protokollari………………………………………………
3. Hisobiy qism.................................................................................................
Xulosa…………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………
KIRISH Hozirgi kunda dunyo bo’ylab telekommunikatsiya sohasida fundamental o’zgarishlar bilan bog’liq rivojlanishning yangi bosqichi amalga oshirilmoqda. Chuqur ilm talab qiladigan telekommunikatsiya sohasi innovatsion rivojlanish masalalari har doim dolzarb vazifa bo’lib kelgan. Shu bilan birga sohani innovatsion rivojlantirish, rivojlangan davlatlarning yutuqlarini hisobga olib, mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Telekommunikatsiya sohasini innovatsion rivojlantirishni amalga oshirish tizimli yondashuv, ya‘ni huquqiy, texnologik, tashkiliy va malakali kadrlar bilan ta‘minlashni talab qiladi. Zamonaviy sharoitda telekommunikatsiya sohasini innovatsion rivojlantirish masalalarini yechishga qaratilgan kompleks yondashuv bilimli va tajribali mutaxassislarni talab qiladi. Sohani innovatsion rivojlantirish yo’liga o’tishda mutaxassislarni tayyorlashda yangicha yondashuvlarga majbur qiladi. Telekommunikatsiya tarmog’ini innovatsion rivojlantirish uchun ko’p mutaxassislarni tarmoq texnologiyalari, tarmoq yechimlari va tarmoq integratorlari bo’yicha tayyorlash kerak. Ma‘lumki, telekommunikatsiyaning har bir yangi ko’rinishi asosan ikkita sababga ko’ra paydo bo’ladi;
- unga talabni paydo bo’lishi;
-mos keluvchi texnik va texnologik asosning mavjudligi telekommunikatsiya rivojining asosiy yo’nalishini va telekommunikatsiya rivojining asosiy kuchini aniqlashga yordam berdi.
Telekommunikatsiya rivojining asosiy yo’li–bugungi kunda integratsiya jarayonlarini, ya‘ni texnologiyalar, tarmoqlar va xizmatlar (turli ko’rinishdagi axborotlarni uzatishga mo’ljallangan) kuchaytirish hisoblanadi. Integratsiya – bu bir maqsadda birlashish va o’zaro ishlash tushuniladi. Bu bo’lishi mumkin:
- ko’plab turli texnologiyalar;
- ko’plab turli tarmoqlar;
- muloqot paytida kerakli vaqtda, kerakli joyda, kerakli formada va harakatda maksimum axborotlarni qabul qilish hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan xolat bo’yicha foydalanuvchilarga yuqori sifatda xizmatlarni taqdim etish telekommunikatsiya operatorlari uchun katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda telekommunikatsiya operatorlari tomonidan turli xizmatlar, mobil kompaniyalar tomonidan mobil ilovalar taqdim qilinmoqda. Bu xizmatlar soni kun sayin ortib bormoqda, lekin tarmoqda xizmat ko’rsatish muammolari ko’payib bormoqda. Shu sababli tarmoq texnologiyalarini o’rganishda tarmoq protokollarini ishlatish muhim.