7
Ushbu kitobdagi oltinchi bobning barcha muammosini (ontogenezda tilning
shakllanishi, ikkinchi tilni o‘zlashtirish, bilingvizm, lisoniy o‘zgarishlar) biz tushurib
qoldiramiz. Yettinci bobga keladigan bo‘lsak, unda
xulqning asoslangan tomonining
ta’siri ko‘rib chiqiladi, ma’noning turli aspektlari tahlillanadi va uning o‘lchovi haqida
tushuncha beriladi (bu haqda biz quyida maxsus to‘xtalamiz), tillararo tarjima muammosi
ocherklari beriladi va, nihoyat, til, ong va madaniyatning munosabati muammosiga
to‘xtalib o‘tiladi.
OSP sahifalarida ko‘rib chiqilgan barcha muammolarni, o‘zining nazariy va amaliy
ahamiyati jihatidan teng emasligini ko‘rish oson.. Ulardan ancha muhimlarini quyidagi
asosiy masalalarga (biz tomondan tilga olingan tematika chegarasida) kiritish mumkin:
1. Til tabiati va nutq xulqi, nutqni o‘rganishga asosiy yondashuvlar.
2. Nutq xulqini iyerarxik (pog‘onali) tashkil qilish (sathlar, birliklar va h.k.).
3. “Ketma-ketlik psixolingvistikasi”–nutq xulqini statistik tashkil qilish.
4.Ma’noning psixolingvistik muammolari (uning tabiati va “o‘lchovi”, verbal
assotsiatsiyalar muammosi).
Dostları ilə paylaş: