1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar Amerikalik psixolingvistlatning konsepsiyasi



Yüklə 257,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix21.05.2023
ölçüsü257,44 Kb.
#118979
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar Amerikalik psixolingv

vajn-oe-soobщeni-e). To‘rtinchi daraja - tadrijiylik yoki qatorlashtiriladigan (sequential 
level). Bu daraja birligi - uning komponentlarining statistik aloqalari nuqtayi nazaridan 



nutq oqimining bunday segmenti (bo‘g‘imi) bor butunni ifodalaydi. Kodlash, “kodni 
ochish uchun segment bo‘lib so‘z hisoblanadi”: shunaqa, so‘z ichidagi pauza “muvozanat” 
munosabati so‘zlar orasidagi pauza bilan (ular keyingisidan qisqa) doimo aloqador. 
Nihoyat, to‘rtinchi sath–integratsiya (inte-gration level-birlashtiradigan), bizga “uch 
pog‘onali model” bo‘yicha ma‘lum bo‘lib, nutqning mayda, bo‘linmaydigan 
“g‘ishtcha”lari bilan boshqariladi. Bunday “g‘ishtcha” bilan kodni ochish uchun, Osgud 
fikricha, fonema xizmat qiladi. 
Hozircha shular bilan kifoyalanish mumkin. Ta‘kidlash kerakki, shunday bo‘lsa-da, 
Osgudda “sath” tushunchasi juda noaniq. U uning ishlarida kamida to‘rtta ma‘noda 
uchraydi, tabiiyki, bular haqida biz atroflicha to‘xtalmaymiz. 
Keyingi, to‘rtinchi bob kitobning mazmuni bilan, asosan, bilvosita aloqador: unda 
gap kommunikatsiyaning turli shakllari–nutq tinglash, imo-ishora va manipulatsiya
ya’ni qo‘l bilan amalga oshiriladigan murakkab va nozik harakatlar, vaziyatga qarab, 
kommunikatsiyada foydalaniladigan turli kodlar, kodlar tizimi va hokazolarning
birlashish shakllari haqida boradi. Ushbu bobda biz ana shunday ta’kidlar bilan 
chegaralanib turamiz. Hozirgi semiotikada, jumladan, paralingvistikada ham, ularning 
ko‘pchiligi aynan bayon qilinayotgan g‘oyalarga o‘xshaydi.
Biz uchun beshinchi bob juda muhimdir. Unda nutqning “statistik struktura”si va 
“lingvistik struktura”ning eng muhim farqlari beriladi. Lingvistik struktura nuqtayi 
nazaridan, faqat lingvistik elementning paydo bo‘lishi yoki paydo bo‘lishi mumkin-
ligining o‘ziyoq relevant (muhim)dir. Statistik analiz tilshunoslik uchun asosiy bo‘lgan 
strukturaning sathlarini farqlash hisoblanadi (OSP-94). Axborotning “statistik strukturasi” 
butunicha - bu “ tildagi ushbu tartibdagi birliklar orasidagi ehtimollik munosabatlari 
sistemasi”dir (“Tartib” so‘z, morfemalar va fonemalar birlikning turli tartibi mohiyatidir. 
Ketma-ketlik bilan joylashgan bir tartib birliklari orasida turli konstruktiv (asos qilib olsa 
bo‘ladigan, amaliy) sathlarga oid bo‘lgan “o‘tishlar”(tranitions) yoki chegaralar bor). 
Boshqa tomondan, “lisoniy struktura” ushbu tartib birliklarini birlashtirish 
imkoniyatlarining ierarxik tizimi sifatida tushunilishi ke-rak (OSP,95). 
Keyingi paragraf xulq sathlari (darajalari) muammosini izlaydi, shuningdek, to‘rt 
pog‘onali osgudcha modelni bayon qiladi. Nutqiy kodlashning uch usulda amalga 
oshirilishi taxmin qilinadi: a) semantik “intensiyalar” (kuchaytirish)ni tanlash; b) uning 
muayyan semantik va alohida grammatik tavsiyalari bilan unga to‘g‘ri (mos) keladigan
so‘zlar tanlash; d) uning tovush shaklini o‘rash, keyinroq lingvistik strukturaning statistika 
bilan aloqasi aniqlanadi. Bir necha paragraf nutq tadrijiyligi statistikasi muammolarining 
atroflicha tahliliga bag‘ishlanadi. 
Ayniqsa, verbal (so‘z, og‘zaki) assotsiatsiya bo‘yicha ishlar (J.Jenskins) psi-
xolingvistika muammolariga kiritilgan 4- va 5-§ lar muhimdir. Skinner fikricha, bunday 
assotsiatsiyalarning farqlarini aniqlovchi omillarning to‘rtta guruhi mavjud:
1) so‘zlovchining holati;
2) eshitganni idrok qilish variatsiyasi (o‘zgarishi);
3) namoyon bo‘lish bilan bog‘liq (masalan, eslatilgan narsalarning ishtirok etishi) 
bo‘lgan verbal va noverbal stimullar;
4) o‘zaro og‘zaki munosabatlar yoki ketma-ketlik va aynipaytdalik planidagi so‘zlar 
orasidagi munosabatlar. Verbal assotsiatsiyalar muammosi mana shu o‘z aspektida 
psixolingvistikaga mansubdir. Bunga Osgud tomonidan kanalning semantik jihatdan 
kodini ochishda o‘tkazuvchanligi haqidagi yozilgan paragraf ham qo‘shiladi. 



Ushbu kitobdagi oltinchi bobning barcha muammosini (ontogenezda tilning 
shakllanishi, ikkinchi tilni o‘zlashtirish, bilingvizm, lisoniy o‘zgarishlar) biz tushurib 
qoldiramiz. Yettinci bobga keladigan bo‘lsak, unda xulqning asoslangan tomonining 
ta’siri ko‘rib chiqiladi, ma’noning turli aspektlari tahlillanadi va uning o‘lchovi haqida 
tushuncha beriladi (bu haqda biz quyida maxsus to‘xtalamiz), tillararo tarjima muammosi 
ocherklari beriladi va, nihoyat, til, ong va madaniyatning munosabati muammosiga 
to‘xtalib o‘tiladi. 
OSP sahifalarida ko‘rib chiqilgan barcha muammolarni, o‘zining nazariy va amaliy 
ahamiyati jihatidan teng emasligini ko‘rish oson.. Ulardan ancha muhimlarini quyidagi 
asosiy masalalarga (biz tomondan tilga olingan tematika chegarasida) kiritish mumkin: 
1. Til tabiati va nutq xulqi, nutqni o‘rganishga asosiy yondashuvlar. 
2. Nutq xulqini iyerarxik (pog‘onali) tashkil qilish (sathlar, birliklar va h.k.). 
3. “Ketma-ketlik psixolingvistikasi”–nutq xulqini statistik tashkil qilish. 
4.Ma’noning psixolingvistik muammolari (uning tabiati va “o‘lchovi”, verbal 
assotsiatsiyalar muammosi). 

Yüklə 257,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin