“Comtemporary approaches to cognition”, Cambridge, 1957; Yana qarang:
A.A.Leontyev. Psixolingvistika va nutqning funksional birliklari, 170-171-betlar. OSPda
Osgud modelining bayoniga 50-56-sahifalar bag‘ishlangan).
Bir so‘z bilan aytganda, u avvalgi bixevioristlar uchun xarakterli bo‘lgan
pozitivizmdan butunlay voz kechadi va o‘zining konsepsiyasida hech qanday tutib
(yshlab) bo‘lmaydigan shunday narsalar bilan erkin muomala qiladi. Ana shu nuqtayi
nazardan Skinner modeliga Osgudning tanqidi juda xarakterlidir. “Skinner konsepsiyasida
belgilarning ahamiyati yoki mazmuni naqida aytadigan hech narsa yo‘q, balki simvolik
jarayonlar–kimgadir yoqadimi yoki yoqmaydimi - unda lisoniy xulqning asosiy
muammosi bor”(
Ch.E.Osgood. Psycholinguistics, p. 252. )
.
Osgudning yuqoridagi iqtibosini izohlaymiz. Proyeksiya darajasida dastlabki analiz
(masalan, nutq tovushini idrok etish - bu nutq tovushining jiddiy fizik tavsifining
tanlanishi) o‘tkazilgan yerda, harakat qilishi “tajriba bilan o‘zgarmaydi”(
5
Ch.E.Osgood. A
behavioristic…, p. 78).
Integratsiya darajasida, aksincha, oldingi tajribaning eng keng hisobi sodir bo‘ladi:
bu darajada ayrim ajralgan stimullar bizning avvalgi tajribamizda ancha tez birlashganligi
tufayli, birlashadilar; bunda ushbu to‘plamda stimullarning yo‘qligi, qabul qilish aktida,
asosan, mazkur “perseptual (qabul qilish) modeliga xos bo‘lgan, umuman, stimullar jiddiy
emas-u, integratsiya darajasida to‘ldiriladi.
Reprezentatsiya darajasi haqida alohida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu yerda biz
uchun yangi bo‘lgan tushuncha “bevosita ifodalangan reprezentatsiya (xarakterli)” bilan
to‘qnashamiz. “Bevosita ifodalangan”(mediation) tushunchasi bixeviorist Xall tomonidan
kiritilgan edi. “Bevosita ifodalanish” (mediating) jarayoni sxemasi bunday: biz neytral
4
stimulga (masalan, so‘z) va boshqasiga bo‘lgan muayyan reaksiya chaqiradigan neytral
bo‘lmagan (real predmet)ga egamiz. Agar bu stimullar birgalikda ko‘p marta takrorlansa,
bir-biri bilan birlashadi, unda neytral stimul neytral bo‘lmagan stimul bilan chaqiriladigan
nutqning qismi bilan birlasha boshlaydi. Ushbu, keyingi birlashuv “bevosita ifodalangan
namoyish qilish”dir. Shuning uchun reprezentatsiya (o‘zini tanitish)ni, neytral stimulga
peaksiya neytral bo‘lmagan stimul yoki pragmatik (ish, harakat) fikrdagi so‘z ma’nosi
predmetning “ma’no” qismini chaqiradigan xulqning bir qismining o‘zidir. Shuning uchun
u bevosita ifodalanganki, organizmda, yuqorida aytilgandek, “o‘zaro stimullashish
modeli” vujudga keladi: so‘zni qabul qilib, biz unga bevosita munosabat bermasligimiz
mumkin, ammo “o‘zaro stimulatsiya” modelida nimanidir o‘zgarishi mumkin (aytaylik,
yangi kontekstda so‘zni eshitib, biz bu modelga yangi semantik qirra yozib qo‘yamiz va
nimanidir ifodalash kerak paytida ushbu so‘zdan shu qirrani hisobga olgan holda
foydalanishimiz mumkin). Qisqacha qilib aytish mumkinki, “o‘zaro stimulatsiya modeli”–
bu nerv sistemasida “yozilgan” ushbu so‘zni qo‘llashning unga “yorliqchasi”- algoritmi
bilan yozib qo‘yilgan so‘zning nevrologik modelidir. Nutqni vujudga keltirib, biz ushbu
yozuvni motor tarzida birlashtiramiz. Nutqni qabul qilishga keladigan bo‘lsak, unda bu,
Osgud tasavvurida, “sensor (his-tuyg‘u) impulslar modellari”ning “yorliqcha” bilan
birlashuvi yoki ushbu modelga muvofiq keladigan shu yozuvlarning miyada
saqlanayotgandan tanlashidir.
Osgud so‘zning, qisman bo‘lsa-da, xulqning neytral bo‘lmagan stimulga javob
berishga xos bo‘lganini aniq chaqirayotganligini taxmin qilmaydi: u Ch.Morris tomonidan
kiritilgan ushbu reaksuyaga organizmning yoki so‘z ma’nosini potensial reaksiya sifatida
qarash “qabul qiluvchanlik” tushunchadan kelib chiqadi. Bunda u belgi tushunchasi bilan
birgalikda (qo‘shimcha ma‘no qo‘yiladigan og‘zaki (verbal) stimul) unga “namuna”
tushunchasi (assegn) tobe bo‘lgan yoki unga noverbal stimul orqali shunday belgi
ma‘nosi unga verbal stimulli to‘g‘ri assotsiatsiya yo‘li bilan emas, balki boshqa
belgilarning ma‘nolari birlashishi vositachiligi orqali qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladi.
Demak, qabul qilish jarayoni Osgud va boshqa psixolingvistlar tomonidan asl
ma‘noda qabul qilish jarayoni sifatida tushuniladi. U faqat sirtdan (perifiriya) markazga
yo‘nalishga mo‘ljallangan. Hissiy ma‘lumotlarni qayta ishlash faqat nerv sis-temasida
saqlangan avvalgi ta‘sirlarning izlari ta‘sirida sodir bo‘ladi va u yoki bu elementlarning
birlashuvining subyektiv ehtimolligi ularning “yaqinligi”, “o‘x-shashligi” ta‘siri ostida
ushbu ma‘lumotlarning qayta guruhlanishi va birlashishiga borib taqaladi. Bu idrokning
“retseptor” (oluvchi) nazariyasiga tipik misol. Biz bu yerda o‘quvchini sizning
maqolangizga murojaat qildirib, retseptor nazariyasi tanqidiga atroflicha tanqidni
beramiz. Undan faqat yakuniy qismi-xulosalarni, aniqrog‘i, ulardan uchtasini keltiramiz:
1.Psixolingvistika nutqning kodlanishi va kodlanmasligining bevosita funksional aloqasi
yo‘qligini yoki ba‘zi markaziy-miya mexanizmlarining faqat birligini tan olib, nutqni
idrok qilish va nutqni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Biz uchun (
6
A.N.Leontyev. Hissiy
aks etish mexanizmi haqida. “Psixologiya masalalari”, 1959, 2-son; Nutq. Artikulatsiya
va idrok. V.A.Kojevnikov va L.A.Chistovich tahriri ostida. M.-L., 1965, Shuningdek,
qarang: A.A.Leontyev. Nutq faoliyatida so‘z. M.,1965, 104-bet va boshqa. Aytish kerakki,
ushbu nuqtayi nazarga, qandaydir darajada amerika fanida tarqalgan, masalan, qarang:
taniqli fiziolog A.M.Libermanning ishlari. Ammo, umuman, psixolingvistika va yetakchi
vakillar uchun, jumladan, an’anaviy “retseptor” yo‘nalish xarakterli. qarang: OSP,
r.223-228) artikulatsiya organlari va nutqni idrok qilish organlari ayrim zvenolari bir-
5
biridan ajralgan holda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yagona funksional tizimni tashkil
etadi…
2.Psixolingvistika idrokning “retseptor” nazariyasiga tayanib, nutqni idrok qilishni
miyaga informatsiya “quyilishi”ning bir tomonlama jarayoni sifatida qaraydi. Biz,
reflektor nazariyasiga muvofiq, nutq idrok qilinishini xuddi nutqni harakatga keltiruvchi
motor zvenosining majburiy ishtirokida sodir bo‘ladigan faol dinamik jarayon sifatida
qarashni tavsiya etaladi.
3.Psixolingvistika nutq identifikatsiyasi(tushunish)ni darajalangan tizim natijasi
sifatida qaraydi. Bizning nuqtayi nazarimizda, nutqning idroki va tushunulishi-
darajalanishning natijasi emas, aksincha, vujudga kelgan darajalanish faol o‘xshatish
mexanizmining harakati natijasidir (A.A.Leontyev. Psixolingvistika va nutqning funksional
birliklari muammosi. 189-bet)
.
Dostları ilə paylaş: |