1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar Amerikalik psixolingvistlatning konsepsiyasi



Yüklə 257,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix21.05.2023
ölçüsü257,44 Kb.
#118979
  1   2   3   4   5   6   7   8
1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar Amerikalik psixolingv



6-mavzu. Amerika psixolingvistik maktabi: bixeviorizm, neobixeviorizm
Reja: 
1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar 
2. Amerikalik psixolingvistlatning konsepsiyasi 
3. Verbal assotsiatsiyalar 
Tayanch tushunchalar: 
Amerika psixolingvistikasi. Universitetlararo tadqiqot seminari. Bixevioristik 
nazariya. Kommunikatsiya.
1.Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar. Amerika psixolingvistikasi 1953-yil yoz 
oyida Blumington (AQSH) shahrida yuzaga keldi. Birvarakayiga aytish kerakki, u to‘liq 
qurollangan holda, Zevs kallasidan Afina tug‘ilgandek paydo bo‘ldi. Gap shundaki, 1953-
yili amerikalik taniqli psixologlar J.Keroll va Ch.Osgudlar, shuningdek, 
Blumingtondagi mashhur tilshunos va etnograf T.Shebek tashabbusi bilan
universitetlararo tadqiqot seminari yig‘ildi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, 
tilshunoslar - J.Grinberg, F.Lounsberi, E.Lenneberg, E.Ulenbek, J.Lots, V.Leopold, 
L.Nyumark, S.Saporta, J. Kasagrande,  psixologlar - J.Jenkins, G.Ferbenks, S.Ervin, 
D.Uoker, K.Vilsonlar qatnashdilar. Ikki oylik suhbatlashishning samarasi o‘laroq, 
munozara davomida ishlab chiqilgan va seminarning barcha qatnashchilari tomonidan 
eksperimental tadqiqotlar sohasidagi asosiy amaliy masalalar mana shu qoidalar 
munosabati bilan yuzaga kelgan nutq hodisalari nazariy qoidalar boshlang‘ichi sifatida 
qisqa shaklda bayon etilgan kitobi bo‘ldi (
1
Psycholingvisties. A survey of theory and 
research problems. Ed. by Ch. E. Osgood and T.A.Sebeok. Baltimore, 1954. Ushbu kitob, 
ayni paytda, ilova tarzida ikkili jurnalda nashr qilindi- psixologik (“Journal of Abnormal 
and Social Psychology”) va lingvistik (“International Journal of American Linguistics”). 
Yaqinda u fototipik holatda qayta nashr qilindi (Bloomington, 1965). Unga 
E.R.Dayboldning 1954-1964-yillarda psixolingvistik tadqiqotlari va Dj.Millerning 
“Psixolingvistika haqida” maqolasi qo‘shimcha qilingan (Ushbu kitobga havola keyingi 
matnda doira qavslarda OSP indeksi va 1965-yildagi nashri bo‘yicha sahifalari 
ko‘rsatiladi; ramkalarda qayta nashr qilingan matnning sahifalari raqamlari mos keladi). 
“Klassik psixolingvistika konsepsiyasi”, shuningdek, R.Tiltone, La psicolinguistica oggi. 
Zürich, 1964-yildagi kitobida atroflicha tavsiflangan. Kitobning mazmuni, shunday 
bo‘lsa-da, nomiga to‘la mos kelmaydi(“bugun”, hatto, agar bu “bugun”-1954-yil, 
psixolingvistikadan Titon kitobida amalda inkor qilingan transformatsion yo‘nalish juda 
kuchli). 
Ushbu kitobning bevosita tarixdan oldingi davri unchalik katta emas. Nutq xulqini 
kompleks tadqiq qilish bo‘yicha chaqiriqlar psixolog va tilshunoslar tomonidan hali 40-
yillarda ilmiy matbuot sahifalarida tarqalgan edi. Shu yillarda, qolaversa, turli tarzda 
qo‘llaniladigan “psixolingvistika” termini paydo bo‘ldi (Ushbu termin N.H.Pronkoning 
“Language and Psycholinguisties”. “Psychological Bulletin”, v. 43, 1946, p.189-239dagi 
maqolasida birinchi marta bu safar zo‘rg‘i qo‘llanildi. Nutq psixologiyasi bo‘yicha 
jahonda yirik mutaxassislardan biri sanalgan Djorj Millerning mashhur kitobi (G.A.Miller. 
Language and communication. N.Y.-Toronto - London, 1951, fr. tarjimasi - Paris, 1956)da 
“psixolingvistika” termini tilga olinmaydi, ammo 1954-yildayoq muallif (to‘plam: 
G.Lindzey(ed). Handbook ofsoial psychology, v. II. Gambidge, 1954, p.693-708) 
“Psycholingvistics” nomli maqolasini nashr qiladi. Sarlavhasi(nomi)da ushbu termin 
uchraydigan yana bir kitob (A.A.Roback. Destiny and motivation in language. Studies in 
psycholingvistics and glossodynamecs. Cambridge, 1954)ning ilmga hech qanday aloqasi 



yo‘q)
.
Psixolingvistikani yagona fan sifatida yaratish g‘oyasi birinchi marta 1954-yilda 
tug‘ildi (OSP.V). 
So‘z yuritilayotgan kitob yettita bobdan iborat. Ularning nomlari quyidagicha: 
1.Kirish. 2.Lisoniy xulqqa uch yondashuv. 3. Psixolingvistik birliklar. 4.Sinxron psi-
xolingvistika(mikrostruktura). 5. Tadrijiylik psixolingvistikasi. 6. Diaxron psixolin-
gvistika. 7.Sinxron psixolingvistika(makrostruktura). 
Ushbu ikki bobdan birinchisi psixolingvistikaning boshqa fanlar orasidagi o‘rni va, 
umuman, uning ilmiy fan sifatidagi maqomiga bag‘ishlangan. Bu yerda, o‘rinni iqtisod 
qilish maqsadida, mana shu boblarning mazmunini bayon qilinadi (
2
Psixolingvistikaning 
boshqa “kommunikativ” fanlar orasidagi o‘rni haqida qarang: A.A.Leontyev. 
Psixolingvistika va nutqning funksional birligi muammosi, 163-168-betlar (shu yerda 
OSPdan olingan sxema). Lingvistik “yondashuv”- bu deskriptik lingvistikaning odatdagi 
yondashuvi. qarang: to‘plamda: “Strukturalizmning asosiy yo‘nalishlari”, M., 1964. 
“Yondashuv” informatsiyasi nazariyasi ham maxsus yoritishni talab qilmaydi. Endi OSP 
mazmunini bayon qila borib, biz O.S.Axmanovaning kitobida atroflicha tavsiflangan 
momentlariga alohida e’tibor bergan holda, ushbu kitobga buning kiritilmaganligi tilga 
olinishi, shubhasiz, yetarli emas) faqat “yondashuv”lardan birida - kitobda “ta‘lim 
nazariyasi yondashuvi” deb nomlanganligi haqida to‘xtalamiz. Bu yerda ta‘lim nazariyasi 
o‘z o‘rnida emas: kitobni yaratuvchilar u haqda psixologiya haqida gapirmaslik uchun 
aytadilar (bu ham “tabu”). Ularning ilovada inson xulqi(OSP,33)ning barcha 
murakkabligini o‘zida oqlamasligi fikriga qo‘shilib, ularning barchasi “mexanik” va 
“atomistik” xarakterga egaligini qayd qilib, ushbu bo‘lim muallifi J.Jenkins Gazri, 

Yüklə 257,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin