3. Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy holatlar va uning oqibatlari. Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog’ligiga, qolaversa barcha jonzotlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bir kishi sutka davomida o`rtacha 25 kg havo bilan nafas oladi. Havo tarkibidagi zarali chang, qurumlar, zararli gazlar kishi organizmida to`planaveradi. Oqibatda teri va ko`z kasalliklari, jigar serrozi, qonbosimining ortishi, surunkali bronxit, enfizima, nafas qisish va o`pka raki kabi kasalliklarning ko`payishiga sabab bo`ladi. Bolalar o`rtasida umumiy kasallanishning ortishi qayd qilingan.
Havoda oltingugurt oksidi ko`p bo`lishi natijasida kishilarda bronxit, gastrit kasalliklari vujudga keladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi o`simlik va hayvonlarga ham zarar etadi. O`simlik barglariga, tuproq va suv orqali esa ildiziga o`tadi. Ifloslangan havo o`simliklarni zararlab, ularda modda va energiya almashinuvini buzadi. Qishloq xo`jalik ekinlari va mevali daraxtlar ham kam hosilli bo`lib qoladi. Sanoat va transportdan chiqqan zararli gazlar fotosintez jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Transpirasiyani 3 barobargacha qisqartiradi.
Atmosferaga milliard tonnalab SO2 gazining chiqarilishi natijasida sayyoramizning o`rtacha harorati 1850 yilga nisbatan 0,5oS ga oshganligi aniqlangan. Agar atmosferadagi SO2 ning miqdori ortib boraversa, uning miqdori 2025 yilga borib 0,0379% ga etishi mumkin, bu esa er sayyorasi haroratini 1,8oS gacha ko`tarilishi taxmin qilinmoqda. YEr atmosferasi haroratining o`sishi, muzliklarning erishiga, suv sathining ko`tarilishiga olib keladi, bu esa ekin maydonlarini kamaytiradi, yoin-sochin miqdori ko`payib, iqlim o`zgaradi.
Oxirgi 25-30 yil ichida kislotali yomirlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqili yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qo`sh oksidlari bo`ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomirni kislotaga aylantiradi. So`nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvesiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomirlar ta`sirida katta maydondagi o`rmonlar quriy boshladi. Bunday yomirlar tuproq hosildorligini pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson soligiga zarar etkazadi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda, havo ifloslanishining asosiy manbalari sanoat korxonalari, transport vositalari, energiya inshootlari va maishiy chiqindilar hisoblanadi. Bu manbalardan chiqadigan chiqindilar tarkibida azot va oltingugurt oksidlari, uglevodorodlar, og'ir metallar va boshqalar kabi zararli moddalar mavjud. Ushbu ifloslantiruvchi moddalar havo sifatiga ta'sir qiladi, tutunga, iqlim o'zgarishiga va sog'lig'ining yomonlashishiga olib keladi. Atmosfera havosining ifloslanishiga qarshi kurashish uchun chiqindilarni kamaytirish, toza texnologiyalardan foydalanish va aholining havo ifloslanishi muammosi haqida xabardorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Faqat davlatlar, korxonalar va jamiyatning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan biz havo sifatini yaxshilashga erishishimiz, biz va kelajak avlodlar uchun sog'lom va xavfsiz muhitni ta'minlashimiz mumkin.