1. Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi Buxgalteriya hisobi va audit o’rtasidagi farq


Auditning mohiyati va rivojlanish



Yüklə 44,09 Kb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü44,09 Kb.
#200403
1   2   3   4   5   6
auditga umumiy tavsif

1. Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi.
Audit xristian davridan oldin yuzaga kelgan. Antropologlar auditorlik faoliyati to‘g‘risida yozuvlarni qadimgi Bobil davrida (mil.old. 3000 yillar) paydo bo‘lganini aniqlashgan. Shuningdek odamlar auditorlik faoliyat bilan Qadimgi Xitoyda ham shug‘ullanganlari aniqlangan. “Auditor” so‘zining lotin tilidagi ma’nosi “o‘quvchi” yoki “tinglovchi” degan ma’nolar bilan bog‘langan. Chunki Qadimgi Rimda auditorlar soliq to‘lovchilarni tinglashgan, masalan, soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblangan dehqonlar o‘zlarining daromadi va soliq qarzlari to‘g‘risida gapirib berishi lozim bo‘lgan. Auditorlar qadimgi Xitoy va Misr davlatida ham o‘z faoliyatlarini amalga oshirishgan. Ular Xitoy imperatori va Misr fir’avinlarining hisob- kitoblarini olib borishgan. Auditor kasbi eng hurmatli bo‘lib, auditorlar obro‘li kishilar hisoblangan.
Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisob va u bilan bog’liq moliyaviy axborotlarini me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir. Ayrim manbalarga ko’ra buxgalter- auditor kasbi XVII asrning o’rtalarida Evropaning aktsiyadorlik kompaniyalarida aktsiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari o’rtasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. O’sha paytlarda mustaqil faoliyat ko’rsatib, korxonaning ishlab chiqarish moliya faoliyati to’g’risida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan. Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQShda majburiy audit to’g’risidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o’zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bo’lgan audit institutlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamkatlarda audit to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot 1130 yilga borib taqaladi. Usha paytda rivojlangan iqtisodiy tizimdagi xo‘jalik voqealiklarni qayd qilish bitimlari bir martali yozuv bilan cheklangan edi. Ularning asosiy maqsadi savdo dalillarini yozma qayd etib, xotirada saqlashdan iborat bo‘lgan. Audit tarixi • Foydani maksimallashtirish o‘rta asrning o‘rtalarida Italiyada yirik savdo o‘ylari paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga kelgan. Natijada savdo aloqalari juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi marta ikkiyoqlama yozuv 20 noyabr 1494 yilda Italiyada Luka Pacholi tomonidan amalga oshirildi. Audit tarixi

Yüklə 44,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin