1. Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi Buxgalteriya hisobi va audit o’rtasidagi farq



Yüklə 44,09 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü44,09 Kb.
#200403
1   2   3   4   5   6
auditga umumiy tavsif

Auditning turlari va shakllari tavsifi. Xorijda auditorlik faoliyati rivojlanish bosqichlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi Xorijda auditning turlari Tasdiqlovchi audit Maqsadli sistemali audit Tavakkalchilikka asoslangan audit
Tasdiqlovchi audit tekshirish davomida auditor har bir xo‘jalik muomalasini tekshiradi va tasdiqlaydi hamda parallel ravishda hisob registrlarini tuzadi. Hozirda esa bu hisob ishlarini qayta tiklash deyiladi. Maqsadli sistemali audit- mijozning ichki nazorat tizimining qay darajada ishlayotganligini tekshirishga asoslanadi. Agarda ichki nazorat tizimi oqilona tashkil qilingan hamda yaxshi ishlayotgan bo‘lsa, tashqi auditorlar o‘z ishlarini tanlab tekshirish hamda alohida ob’ektlarni nazoratdan o‘tkazish bilan cheklanadi. Ammo, auditor korxonada yuz beradigan o‘g‘irlik, firibgarlik holatlarini ham inobatga olishi lozim. Tavakkalchilikka asoslangan audit tavakkalchilik baland bo‘lgan joyda tekshirish vaqtini ko‘proq ajratish hamda past tavakkalchilik bo‘lgan joyda tekshirishga kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan kelib chiqadi. VAZIFALARI
Auditorlik tekshiruvi iqtisodiy nuqtai nazardan ikki turga bo‘linadi: • bu xo‘jalik ichida uning faoliyatining samaradorligini tekshirish va aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun korxonaning o‘zi yoki uning bir bo‘limi – korxona ichidagi nazorat bo‘limi javob beradi. Ichki auditning maqsadi – korxona xizmatchilariga o‘zlarining majburiyatlarini a’lo darajada bajarishga yordam berishdir. Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan ob’ektlar haqida aniq tahlil, baholash, tavsiya, maslahat va ma’lumotlarni beradi. Ichki audit • xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining haqqoniyligini ob’ektiv baholash maqsadida shartnoma asosida auditorlik kompaniyalari tomonidan o‘tkaziladi. Tashqi auditning asosiy xususiyatlaridan biri – bu mijoz korxonaga nisbatan hech qanday manfaati bo‘lmagan, ya’ni uning mulkdori, ta’sischisi, rahbari yoki boshqa lavozimida ishlamaydigan, mustaqil, xolis auditor tomonidan o‘tkazilishidadir. Agarda auditor tekshirayotgan korxonaning mulkdori, ta’sischisi, rahbari yoki boshqa lavozimida ishlaydigan shaxs bo‘lsa, u holda auditorlik faoliyati uchun berilgan litsenziya bekor qilinishi ham mumkin. Tashqi audit

Yüklə 44,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin