Ishlab chiqarish tizimining tashkiliy shakllkari muayyan sharoit uchun qabul qilingan ishlab chiqarish strategiyasiga bog‘liq. O‘z navbatida ishlab chiqarish strategiyasi transport vositasi va uning tarkibiy qismlarining ishlab chiqarishbopligi, eskirish jarayonining jadalligi, soni va ularning hududiy joylashishi, hamda ishlab chiqarish jarayonining mukammalligi va ishlab chiqarishning samaradorligi bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda transport vositasi va uning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish ning quyidagi:
tizimlarini shakllantirish mumkin.
Avtotransport korxona va birlashmadagi ishlab chiqarish tizimi tashkiliy nuqtai nazardan sodda, texnologik jarayonlar oddiy chuqur bo‘lmagan nuqsonlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan. Tiklash jarayoni murakkab texnologiya, dastgoh va maxsuslashtirilgan malakalarni talab etmaydi. Nuqsonlarni bartaraf etish korxona va birlashm sharoitida bajarilganligi uchun jarayon qisqa va ta’mirlangan mahsulot esa ishlab chiqarish uchun olingan ushbu trasport vositasiga qaytariladi.
Avtosanoat zavodlarining maxsus texnik markazlaridagi ishlab chiqarish tizimi faqat ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqazilayotgan transport vosita rusumiga qaratilgan. Tiklash jarayonida avtosanoat zavodlaridagi jarayonlarning elementlari, dastgohlar va ishlov rejimlari keng qo‘llaniladi. Tiklashning texnikaviy shartlari va texnologik hujjatlar avtozavodlar tomonidan belgilanadi. Tiklashdagi olingan ma’lumotlar avtozavodlar tomonidan mahsulotlarini modernizatsiyalash va sifatini oshirish uchun ishlatiladi. Tiklash jarayoni ham avtozavodlar tomonidan nazoratda bo‘lib u doimiy mukammallashtirilb turiladi.
Ishlab chiqarish korxona va birlashmalardagi ishlab chiqarish tizimi muayyan hududdagi har xil rusumdagi transport vositalarini ishlab chiqarish uchun yo‘naltirilgan. Tiklash jarayoni tiklashning ayrim xususiyatlarini inobatga olgan holda avtomobilsozlik zavodlar qurilishda shakllantirilgan. Har xil rusumdagi transport vositalar ta’mirlanganligi uchun texnologik jarayon universal xarakteriga ega. Ishlab chiqarish rejasi bo‘yicha ular seriyali ishlab chiqarishga mansub. Texnikaviy shartlar va texnologik hujjatlar ishlab chiqarish korxona tomonidan belgilanadi va ishlab chiqiladi.