diagrammali axborotlarning qismlari yaratilib, xotiraga joylashtiriladi. Bu
ma'lumotlar majmui dastlab alohida sektorlarga joylashtiriladi, so'ngra
ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlovchi ishchi dastur
tuziladi (yoki tayyor dasturdan foydalaniladi). Ishchi dasturning asosiy
vazifasi foydala-nuvchining bergan savoliga xotiradagi ma'lumotlar
asosida javob topishdan iborat. Bu dasturning ishlashini quyidagi misol
orqali tushuntirish mumkin:
1.
Dastlab mavzu tanlanadi, masalan, «Inson tanasida qon aylanish
tizimi».
Tanlangan mavzuda foydalanuvchini qiziqtiradigan aniq savol
hosil qilinadi (uni kompyuter tugmachalari orqali kiritish mumkin).
Masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimining vazifasi nimadan
iborat?»
Belgilangan buyruq kiritiladi.
So'ralgan axborot natijasi ekranda hosil qilinadi yoki bosmaga
chiqariladi.
5.
«Qon aylanish tizimi»ni tushuntiruvchi rasmni ekranda hosil
qilish so'raladi.
Bilimlar omboridan foydalanish tartibi turlicha bo'lishi mumkin va uni
belgilash foydalanuvchining xohishiga bog'liq. Qoidalar ketma-ketligi esa
iyerarxik tuzilishda bo'ladi. Bilimlar ombori qoidalar tarmog'i sifatida
tasvirlanadi. Tarmoqning har bir holatdagi o'tish yo'li muloqot
jarayonidagi foydalanuvchining javobiga bog'liq bo'ladi. Muloqot
quyidagi tarzda olib boriladi:
- dastur foydalanuvchiga tizimga qanday savollar berish mumkin-
ligi haqida yo'nalish beradi. Yuqoridagi bilimlar ombori uchun
yo'nalishga quyidagi misollarni keltirish mumkin: «O'pkaning tuzili-
shi», «O'pka kasalligi turlari», «Burun kasalliklari»,...
- boshlang'ich yo'nalishlardan birini tanlagan holda muloqot-
ning keyingi bosqichlari tanlanadi.
Tizim foydalanuvchi tomonidan berilgan so'rovlarning rost yoki
yolg'onligini tekshirib ko'radi. Agar so'rov jarayonida shart bajaril-sa,
foydalanuvchiga muloqotning keyingi bosqichiga o'tish uchun imkon
beruvchi yozuv ekranda hosil qilinadi. Bu jarayon foydalanuvchining
talabini qondiruvchi javob hosil bo'lgunga qadar davom ettiriladi.
Berilgan sohadagi bilimlar omboridan foydalanish har bir
foydalanuvchidan ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab
qiladi. Bunday ko'nikmalarga turli shakldagi aqliy faoliyat turlari: tahlil,
sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish, qiyoslash, model-lashtirish,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
strukturalash, o'xshashlik darajalarini o'rnatish va boshq-alar kiradi.
Bilimlar omborini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1- bosqich. Predmet sohasini aniqlash. Bu bosqichda muayyan bi-
lim sohasi tanlanadi.
2- bosqich. Bilimlar to'plamini yaratish. Berilgan mavzu bo'yicha
materiallarga darslik, ma'lumotnoma, ilmiy maqolalar, jurnal,
gazeta, yaratuvchining oldindan to'plagan xususiy bilimlari va bosh-
mi ar kiradi.
Yaratiladigan bilimlar omborining sifati va hajmi yaratuvchining
birlamchi bilim manbalaridan oladigan axborotlari sifatiga bog'liq
bo'ladi.
3- bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. Bu bosqichda asosiy
tushunchalar va ularning xossalari, atamalarning mazmuni (tub mo-
hiyati) aniqlanadi, tushunchalar mazmuni bo'yicha turlarga ajratila-
di, ular o'rtasida mantiqiy bog'lanish o'rnatiladi. Axborotlarning tuzilishi
tartibini to'g'ri belgilash undan foydalanish samarasini oshiradi.
Materialni bilimlar omborida ifodalash uchun tizimli tahlildan
foydalaniladi. Materialni tizimga solish jarayonida, awalo, ko'rilayotgan
lavzuning iyerarxik modeli tuziladi, so'ngra elementlar orasidagi
bog'lanishlar aniqlanadi. To'plangan materialning modelini yaratishda
tahlil,
turlarga
ajratish,
guruhlash,
qiyoslashtirish,
tartiblash,
tizimlashtirish,
formatlash,
modellashtirish
kabi
usullardan
foydalaniladi.
3- bosqich.
Materialni
shaklan
tasvirlash.
Tanlangan
mavzu
tushunchalari orasidagi o'zaro bog'lanish va asosiy yo'riqlarini aks
'ttiradigan materialning shakliy ko'rinishi grafik, jadval, rnatn,
mantiqiy sxema, gipermatn kabi sxemalashtirilgan vositalar yordamida
berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: