12. .Ochiq kalitli kriptografik tizimlar va ularning yaratilish tamoyillari Ochiq kalitli kriptotizim mohiyati har bir foydalanuvchi uchun birini bilgan holda ikkinchisini topish, yechilishi murakkab bo‘lgan masala bilan bog‘liq kalitlar juftligini yaratishdan iborat. Bu juftlikni tashkil etuvchi kalitlardan biri ochiq (oshkora), ikkinchisi maxfiy (shaxsiy) deb e’lon qilinadi. Ochiq kalit oshkora e’lon qilinadi, maxfiy kalit faqat uning egasigagina ma’lum bo‘ladi. Biror foydalanuvchining ochiq kalitini bilgan holda uning maxfiy kalitini topishning amaliy jihatdan mumkin emasligi, yechilishi murakkab bo‘lgan masalaning hal etilishini talab qilishi bilan kafolatlanadi. Ochiq ma’lumot, shu ma’lumotni olishi kerak bo‘lgan foydalanuvchining ochiq kaliti bilan shifrlanib unga uzatiladi. Shifrlangan ma’lumotni olgan foydalanuvchi faqat uning o‘ziga ma’lum bo‘lgan maxfiy kalit bilan uni deshifrlab, ochiq ma’umotga ega bo‘ladi. Ochiq kalitli kriptotizimlar algoritmlari ularning asosini tashkil etuvchi bir tomonli funksiyalar bilan farqlanadi
13.Kriptografik tizimlarning tavsifi. Klassik kriptotizimlar 14.Simmetrik kriptografik algoritmlar 15.Oqimli shifrlash algoritmlari Oqimli shifrlashda esa shifrlash birligi bir bit yoki bir bayt bo‘ladi. Natija odatda undan oldin o‘tgan shifr oqimiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday shifrlash sxemasi ma’lumotlar oqimini uzatish tizimlarida qo‘llaniladi, ya’ni bunda ma’lumotni uzatish ixtiyoriy vaqtda boshlanishi va tugatilishi mumkin. Agar shifrlash jarayoni ochiq ma’lumotni ifodalovchi elementar (masalan: bit, yarim bayt, besh bit, bayt) belgilarni shifrma’lumotni ifodalovchi elementar belgilarga akslantirish asosida amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi uzluksiz (oqimli) shifrlash sinfturkumiga kiradi. Oqimli shifrlash algoritmlari oldin ommabop sanalgan va kichik imkoniyatga ega qurilmalarda xos bo‘lgan. Oqimli shifrlash algoritmlari ma’lumot uzunligiga teng bo‘lgan kalit ketma-ketligidan foydalanganligi sababli va hozirda kompyuter texnikasi imkoniyatini ortishi natijasida oqimli shifrlash algoritmlari o‘rnini blokli shifrlash algoritmlari egallamoqda.