11. Zamonaviy oqimli shifrlash algoritmlari Oqimli shifrlash algoritmlariga mobil aloqa vositalari aloqa standarti GSM (Global System for Mobile Communications) protokolida foydalanilgan A5 siljitish registorlariga asoslangan oqimli shifrlash algoritmi, simsiz aloqa vositalarilarida mavjud WEP protokolida foydalanilgan RC4 oqimli shifrlash algoritmlarini misol qilib olishimiz mumkin.
A5/1 oqimli shifrlash algoritmi GSM standartida ma’lumotni maxfiyligini ta’minlash maqsadida foydalanilgan va siljitish registorlariga (SR) asoslangan. Ushbu algoritm 1987 yilda ishlab chiqilgan, yevropa va qo‘shma shtatlarda dastlab foydalanilgan. A5/1 siljitish registorida kiruvchi kalit uzunligi 64 bit bo‘lib, bu bit uchta qismga (19, 22, 23 bitli) ajratilib, registorlarga dastlabki qiymat sifatida beriladi. Ushbu algoritm apparat tarzda amalga oshirishda juda qulay sanalib, algoritm uchta siljitish registoridan foydalaniladi. Ushbu algoritmning ishlash prinsipi 7.2- rasmda keltirilgan. Unga ko‘ra uchta X, Y va Z registorlar (o‘lchamlari mos ravishda, 19, 22 va 23 bit)dan foydalaniladi. Har bir registor uchun boshqarish bitlari mavjud bo‘lib, ular registor qiymatini o‘zgartirishda foydalaniladi (X uchun 9, Y uchun 11 va Z uchun 11 bit).
RC4. RC4– uzluksiz shifrlash algoritmi bo‘lib, u SSL(Secure Sockets Layer) pratakoli va WEP(simsiz tarmoqlarda xavfsizlikni ta’minlashda) keng foydalaniladi. RC4 uzluksiz shifrlash algoritmi Ron Rivest tomonidan 1987 yilda yaratilgan va shuning uchun RC4(Rivest Cipher 4)deb nomlangan. RC4 psevdotasodifiy bitlar ketma-ketligini hosil qiladi va hosil qilishda ikki qismdan iborat bo‘lgan maxfiy oraliq holatidan foydalaniladi: - barcha mumkin bo‘lgan 256 baytning joylashishdagi o‘rni(S ni topish); - ikkita 8 – bitli indekslar (ivaj larni topish).
ISAAC. Ushbu PTSKK generatori 1966 yilda Robert Jenkins tomonidan yaratilgan bo‘lib, RC4 algoritmiga o‘xshashdir. Kiruvchi parametr sifatida 32 bit o‘lchamdagi so‘zlardan iborat bo‘lgan 256 uzunlikdagi massivdir. Chiqishning har bir bosqichida xuddi shu o‘lchamdagi massiv hosil bo‘ladi. Ushbu PTSKK generatorida ^(XOR), +(mod2k ) va chapga va o‘nga surish amallari(<>)dan tashkil topgan. Kiruvchi parametrlar: a, b, c va s holat massivi, 256 o‘lchamga yega bo‘lgan 32 bitli so‘zlardan tashkil topgan. Chiqish r massiv, 256 o‘lchamli 32 bitli so‘zdan iborat bo‘ladi.