Filiallarining soni bo‘yicha – ayrim banklarda filiallar umuman mavjud emas,
ayrimlarida esa mamlakatning barcha hududlarida filiallari mavjud.
Mamlakatimizda bunday banklar sirasiga Agrobank, Xalqbank, Mikrokreditbanklarni
kiritish mumkin. Ushbu banklarning mamlakatimiz tumanlarining deyarli barchasida
o‘z filiallari faoliyat yuritadi. Banklarning filiallari yuridik shaxs sifatida barcha
huquq va majburiyatlarga ega bo‘lmaydi, ular tegishli nizom asosida bosh bank
tomonidan berilgan chegaralangan huquq va majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.
Dostları ilə paylaş: |