1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari



Yüklə 294,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix02.01.2022
ölçüsü294,01 Kb.
#38687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
9-МАВЗУ (Маъруза)

Bank  –  bu  moliyaviy  muassasa  bo‘lib,  jamiyatdagi  vaqtinchalik  bo‘sh  pul 

mablag‘larini  tegishli  shartlar  bilan  jalb  etib,  ushbu  mablag‘larga  ehtiyoji  mavjud 



 

bo‘lgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  qaytarishlik,  muddatlilik,  to‘lovlilik  va 



ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotdir. 

 

 



Boshqa bir adabiyotda, bank – tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos turi bo‘lib, uning 

faoliyati  ssuda  kapitalining  harakati,  ya’ni  ularni  jalb  qilish  va  joylashtirilishi  bilan 

bevosita bog‘liqdir, degan fikr ilgari suriladi

1



 

Bankir ssuda  kapitalistidan  farqli  o‘laroq, turli  ko‘rinishdagi  xizmatlarni taklif  etadi 

va  pul  aylanmasini  tashkil  qiladi.  Ssuda  kapitalisti  ishlab  chiqarishni  o‘z  kapitali 

hisobidan  moliyalashtirsa,  bankir  ushbu  jarayonni  chetdan  jalb  qilingan  begona 

shaxslarning  mablag‘lari  hisobidan  amalga  oshiradi.  Tijorat  banklari  mohyatini 

teranroq  anglash  uchun  ayrim  metodologik  masalalarga  e’tibor  qaratish  lozim. 

Ularning ayrimlari quyida keltiriladi: 

 

– banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga 



 

e’tibor qaratish lozim; 

 

–  banklarning  mohiyatini  yoritishda  ular  qanday  shaklda  va  maqsadda  tashkil 



etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga 

 

e’tibor qilish lozim; 



 

– banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish asoslari, 

ya’ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi

 

– banklarning mohiyati – bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan ob’ektning 



 

tarkibini anglatadi; 

 

– banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo‘lib, muammoni 



 

o‘rganayotgan  paytda  uning  qanday  jihatiga  e’tibor  qaratilayotganligi  muhim 

hisoblanadi. 

 

 



1

 

 



Банки и банковские операции: Учебник для вузов/ Е.Ф.Жуков, Л.М.Максимова, О.М.Макарова и др.; Под 

ред. проф Е.Ф.Жукова. –М.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 1997. –С. 6.

 

 



 

Xulosa  qilib  aytganda,  banklarning  vujudga  kelishi  va  ularning  mohiyati  kishilik 



jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab shakllanib, rivojlanib va takomillashib 

kelmoqda. 

Buning 

asosiy 


sababi 

jamiyatda 

iqtisodiy 

munosabatlarning 

takomillashuvi,  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi,  tovar  va  xizmatlar  aylanmasi 

hajmining  ortishi  kabi  qator  omillar  hisoblanadi.  SHuningdek,  qaerda  savdo  va 

zargarlik  ishlari  rivojlangan  bo‘lsa,  shuningdek,  ishonch  yuqori  bo‘lgan  joylarda 

dastlabki banklar paydo bo‘lgan. 

 

 


Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin