Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan –emission, tijorat,
investitsion, ipotekali va jamg‘arma banklar sifatida tasniflanadi. Emission banklar
mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya qilish, shuningdek, kredit muassasalari
faoliyatini tartibga solish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan
shug‘ullanadi. Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari bajaradi.
Markaziy banklar bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi va tijorat
faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi.
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari tarkibidagi muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ushbu banklar banklar
bajarishi mumkin bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi.
Investitsion
banklarning
asosiy
faoliyati
passiv
operatsiyalari
natijasida
shakllantirgan moliyaviy mablag‘larini asosiy ulushini qimmatli qog‘ozlarga
investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat
yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan va etarli darajada investitsion
muhit yaratilgan bo‘lishi lozim.
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq muddatli
kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi ko‘chmas mulklarni garovga
qo‘yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz)
12
oluvchining tasarrufida qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy
yo‘nalishini ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Biroq, amaliyotda
ushbu qoida doimo ham o‘zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi kunda faoliyat
yuritayotgan ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida nafaqat ipoteka krediti, balki
boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi.
Jamg‘arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo‘lib, ushbu
banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan
bo‘ladi. Jamg‘arma sifatida shakllantirilgan mablag‘larni yirik tijorat banklariga,
savdo va qurilish tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |