mexanizmlariga o‘tdik, – deganimiz bilan amaliyotda buning ijobati to‘liq namoyon
ayniqsa mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qonidirilmasligi bu boradagi
vaziyatning dolzarbligini anglatadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi
bevosita ta’sir qiladi. CHunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida
sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. Masalan, banklarning
asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo‘lsak,
muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi
lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyasiya darajasi oshishi bilan birga, uning
sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar
tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bu o‘z navbatida
iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini
Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatlikning
18
qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar
ta’sir qiladi.
Masalan, 90 yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq
respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish
hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida
ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarni vujudga kelishiga, shuningdek, xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida debitor – kreditor summalari miqdorining sezilarli
darajada oshib ketishiga olib keldi.
Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni
kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori
ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu
ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol
tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat
buyurtmalari
hajmining
qisqarishi,
debitorlarning
to‘lovga
layoqatsizligi
korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan kuchli talabni paydo
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha banklarning kreditlari
hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda
iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun etarli moliyaviy
resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq
qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. SHu bois, iqtisodiy inqiroz
sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari
hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini
pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini
iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit
sifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan
boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik
lozim.
19
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat
banklarning o‘ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga
bevosita bog‘liq. O‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi
mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita
bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri
holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to‘ldirgan holda, bir
– biriga o‘zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy –
moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: