1. Baxtiyor Nazarov – adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarovning ilmiy faoliyati qirralari Baxtiyor Nazarov – adabiyotshunos olim


II BOB MUNAQQIDNING ILMIY JARAYONGA MUNOSABATI



Yüklə 199 Kb.
səhifə4/8
tarix14.11.2022
ölçüsü199 Kb.
#69082
1   2   3   4   5   6   7   8
BAXTIYOR NAZAROV АDABIY TANQIDCHILIKGA QO\'SHGAN HISSASI

II BOB
MUNAQQIDNING ILMIY JARAYONGA MUNOSABATI
2.1. Baxtiyor Nazarov Qodiriy va G‘afur G‘ulom ijodining tadqiqotchisi

Hech bir munaqqid yo‘qki, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bir bora bo‘lsin nazar tashlamagan bo‘lsa. Bu mas’uliyatli va sharafli burchni Baxtiyor Nazarov ham a’lo darajada uddalay olgan desak xato bo‘lmaydi. Olimning Abdulla Qodiriyga bergan ta’rifi ham o‘ziga xosligi bilan e’tibor tortadi: “O‘zbek nasrini yuksak rutbalarga ko‘targan, kitobiylashgan tilimizga jonli xalq ohanglarini olib kirgan qilqalam adib. Jahon adabiyotida dovruq qozongan zabardast romannavislar panjasiga dadil panja urib, o‘zbek romanchiligiga asos solgan nuktadon ijodkor, sohir san’atkor. Zulmdan qaddi dol bo‘lgan millat ma’rifatini hayotiy a’mol deb bilgan, bu yo‘lda borini nisor etgan ulug‘qalb shaxs. Umrining so‘nggi lahzalarigacha erk deya nafas olgan hurriyatsevar ziyoli…”1


Milliy adabiyotimizni Abdulla Qodiriy kabi zabardast ijodkorlarimizni tanitish bilan dunyoga olib chiqish mumkin. Mumtoz adabiyotimizda Alisher Navoiy benazir bo‘lsa, XX asr nasrida Abdulla Qodiriyga tenglashadigan ijodkor yo‘q. Bugungi davrgacha qilingan tadqiqotlar qimmatini pasaytirmagan holda aytish mumkinki, ulug‘ adib ijodini yangicha qarashda o‘rganish payti keldi. Bugun biz Qodiriy asarlarini Balzak, SHekspir, Tolstoy, Dostoyevskiy kabi manaman degan yozuvchilar ijodi bilan qiyosan o‘rganishimiz kerak, deydi Baxtiyor Nazarov jurnalistlar bilan suhbat jarayonida.
Bu borada Izzat Sulton, Matyoqub Qo‘shjonov, Habibulla Qodiriy, SHerkon Qodiriy, Sobir Mirvaliyev, Nabijon Boqiy va yana ko‘p ijodkorlar asarlar yozgan. Ammo bugungi zamon o‘quvchisi butkul yangicha yondashuvdagi tadqiqotlarni talab qilayapti. Adib asarlarini talqin qilishda faqat romantika, muhabbat motivlariga urg‘u berish fursati o‘tdi. Qodiriy faqat ishq-muhabbatni emas, o‘tmish, bugun va kelajak uchun ahamiyatli bo‘lgan dolzarb mavzularni qalamga olgan. Adib asarlarining ana shu umrboqiy jihatlarini ochib berish kerak. Bu endi xorijiy tillarni puxta egallagan, Sharqu G‘arb adabiyotiga oshno bo‘lgan yangi avlod adabiyotshunoslari zimmasidagi vazifadir.
Shu bilan birga, Qodiriy nomiga munosib, uning ijodkor va shaxs sifatidagi siymosini ochib beradigan badiiy asarlar, kartinalar, filmlar ham yaratish zarur. Yurtimizda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish, uni yosh avlod tafakkuriga singdirish yo‘lida sa’y-harakatlar qilinayotgan bir davrda erk uchun boshini tikkan, shirin jonidan kechgan Qodiriy kabi ulug‘ siymolarimizni yoshlarimizga yaxshiroq tanitishimiz darkor.
To‘g‘ri, Qodiriy o‘z davrigacha bo‘lgan romanchilik an’analarini puxta o‘rgangan. Aksar adabiyotshunoslarimiz u arab adibi Jorji Zaydon romanlarini ko‘p mutolaa qilganiga urg‘u berishadi. Qodiriy faqat Zaydon ijodi bilan emas, jahon adabiyotining, xususan, rus, fransuz, ingliz adabiyotining zabardast vakillari asarlari bilan yaqindan tanish bo‘lgan. “Alpomish”, “Kuntug‘mish” kabi xalq eposlarini, mumtoz adabiyotimizni juda yaxshi bilgan. Qodiriyning buyukligi shundaki, u romanchilikka ilk bor qo‘l urgan bo‘lsa-da, taqlidga berilmagan, salaflar ta’siriga tushib qolmagan, o‘xshashi yo‘q romanlar yarata olgan. Bu jihatdan, Muxtor Avezov “Abdulla Qodiriy romanlari 1920-yillarda go‘yo tekis sahroda to‘satdan Pomir tog‘lari vujudga kelgandek paydo bo‘ldi…” deb yozganida haq edi. Ammo ikkinchi jihatdan, Abdulla Qodiriy asarlari tep-tekis cho‘lda paydo bo‘ldi, deyish munozarali. Negaki, unga qadar adabiyotimizning Navoiy, Bobur kabi baland tog‘lari, XX asr boshlarida esa Cho‘lpon, Fitrat kabi yondosh tog‘chalari bor edi. O‘zidagi imkoniyat va iste’dodni yuzaga chiqara olgan odam buyukdir. Qodiriy ham xudo yuqtirgan iste’dodini yuzaga chiqardi, o‘zini topa oldi, deydi olim.
Baxtiyor Nazarovning ta’kidlashicha, Qodiriyni Qodiriy qilgan – uning betakror badiiyati! Vatan haqida, erk haqida, muhabbat haqida Qodiriygacha ham ko‘p ijodkorlar yozgan. Ammo zamon o‘tsa-da, chin adabiyot ixlosmandlari uni sevib o‘qimoqda, ijodidan kashfiyotlar topib charchamayotirlar. SHo‘ro zamonida qildan qiyiq axtargan mafkurachilar ulug‘ adibga “asarlarida sinfiy kurashni ko‘rsatmagan, yuqori tabaqa vakillarini qahramon qilib olgan, musulmonchilikni targ‘ib qilgan, dinning tegirmoniga suv quygan” kabi turli ayblovlarni ag‘darib kelgan. Yozuvchi sinfiylik kabi o‘ta jo‘n va sun’iy qoliplarga itoat etmagani ayni haqiqat. Jasoratli adib sotsialistik realizmdan boshqasi tan olinmagan davrda umumbashariy qadriyatlarga suyangan holda qalam tebratgan. Yozuvchi asarlarining qimmati va qudrati ham shunda.
“Kaminaning adabiyotga ixlos qo‘yishida Abdulla Qodiriyning ulug‘ xizmati bor. Otam xat-savodli, adabiyotga mehr qo‘ygan inson edi. Onamning hikoya qilib berishlaricha, ko‘hna sandig‘imizda “Kuntug‘mish” va “O‘tkan kunlar” kitoblari saqlanarkan. Zamon tahlikali, o‘z davrining mumtoz asarlarini o‘qish man etilgan. O‘sha paytda ham mahalladagi adabiyot shinavandalari kechasi jam bo‘lib, eshikni berkitib, xira fonus yorug‘ida “Kuntug‘mish” va “O‘tkan kunlar”ni mutolaa qilgan ekan. Onamdan bu hikoyani eshitgan paytimda 10-12 yashar bola edim. Albatta, u mahallar “O‘tkan kunlar”ning qanday asarligini tushunmaganman. Ammo o‘zimcha odamlar kechasi uxlamasdan, eshikka poyloqchi qo‘yib o‘qiydigan bu kitob qanday ekan-a, deb o‘ylaganman…” – deb yozgan olim kun kelib ana shu asarni o‘zi ham tahlil etishni orzu qilgan bo‘lsa, ajab emas.
Zero, Baxtiyor Nazarov o‘z xotiralaridan birida shunday iqrorga keladi: “Talabalik paytlarim Qodiriyni so‘z san’atkori sifatida rosmana taniganman. Universitetda Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy asarlarini yoddan o‘qib beradigan domlalarimiz bor edi. Yozuvchi shaxsidagi millatparvarlik, jasorat, fidoyilik, birso‘zlilik, jismoniy mehnatga o‘chlik, halollik va xolislik menga qattiq ta’sir qilgan. Men yozuvchiga inson sifatida baho berish tarafdoriman. Inson zotiga ishonish, aldanish, umid qilish kabi tuyg‘ular xos. SHo‘ro hokimiyatining ilk yillarida yuz bergan o‘zgarishlar, savodsizlikka qarshi kurash, ta’lim maskanlarining ochilishini ko‘rib, yozuvchi ko‘nglida ham umid uyg‘ongan. SHo‘ro dohiylarining millatlarga ozodlik berish haqidagi va’dalarini eslang. Qodiriy o‘z davri ziyolilari kabi bunday yolg‘onlarga ishongani uchun ham zamon o‘zgarishlarini yoqlab asarlar yozgandir. Ammo u mustabid tuzumning maqsadi millatlar erkini bo‘g‘ish, ularga zulm o‘tkazish ekanini tez anglab yetgan. Shu bois ham, asarlarida hurriyatni bayroq qilgan. Ulug‘ adib sho‘ro jallodlari qilich yalang‘ochlab turgan paytlarda ham imonini yo‘qotmagan, e’tiqodiga xiyonat qilmagan.”
Kumushga “harorati g‘ariza” yetib, bemor bo‘lib yurgan kunlarda ariq bo‘yiga yuzini yuvish uchun chiqqan lavha Baxtiyor Nazarovning e’tiborini tortadi: “Ariqning musaffo tiniq suvi yovoshg‘ina oqib kelar, Kumushbibining qarshisig‘a yetkanda go‘yoki, uning ta’zimi uchun sekingina bir charx urib qo‘yar, o‘z ustida o‘lturgan sohiraning sehriga musaxxar bo‘lg‘an kabi tag‘i bir kattaroq doirada aylangach, ohistag‘ina ko‘prik ostig‘a oqib ketar edi…” Suvga nisbatan yuvosh sifati ishlatilishi boshqa ijodkorda uchramaydi. Obi hayotning “yovoshg‘ina” oqishi tasodif emas. Zotan, u ham ariq bo‘yida o‘tirgan sohibjamolning chiroyiga bir zum bo‘lsa-da to‘yish uchun atayin sekinlab oqayotgandek. Bu so‘z ayni paytda Kumushning tabiati, tiynatiga ishora. Yozuvchi suvning charx urib oqishida ham sohira qizga izhori ishqni kashf etadi. Muallif satrlarni yurak hovuchlab o‘qiyotgan kitobxonning kayfiyatini aniq-taniq tasavvur etayotgandek, holatni yanada kuchaytiradi: “Ariq suvining nihoyatsiz bu harakatini uzoq ko‘zdan kechirib o‘lturg‘ach, qo‘l uzatib suvdan oldi va yuzini yuvdi. Uning yuzini o‘pib tushkan suv tomchilari bilan ariq harakatka kelib chayqaldi, go‘yoki suv ichida bir fitna yuz bergan edi…” Sohibjamol qizning yuzini o‘pib tushgan suvning ariqqa qaytib tushishi bilan isyon va g‘alayon ko‘tarilganida ham ramziy ma’no bor. Kumushning yuzidan bo‘sa olgan tomchilarning saodati qolgan tomchilarni hasad o‘tida yondirgan-da…Tanqidchining romanning har bir sahifasidan badiiy mahoratga dalil bo‘ladigan bu kabi satrlarni payqab olgani, his etgani uning chinakam nozik didli munaqqid ekanidan dalolat beradi.
Mustaqillik davrida Baxtiyor Nazarov yangi davrning metodologik mezonlari muammosiga doir turkum tadqiqotlarini e’lon qildi. Olim bu ishlarida o‘zbek adabiyoti namunalariga umumbashariy mezonlar va Mustaqillik g‘oyasi asosida yangicha yondashuv namunalarini ko‘rsatdi. Bunday ishlar orasida “G‘afur G‘ulom olami” monografiyasi ham alohida o‘rin tutadi. Ana shu kabi ishlari, ilmiy izlanishlari Baxtiyor Nazarov faoliyatining o‘ziga xos uslubini belgilaydi.
Adabiyotshunos olimning “G‘afur G‘ulom olami” tadqiqotida esa shoirning nafaqat she’riyati, balki xalqchil nasri, hajvchi zukko olim nigohidan yangicha mafkura nuqtai nazaridan o‘tadi. Mana yetmish yildirki, o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi haqida uzluksiz ilmiy izlanishlar olib boradi. Shoir ijodiy merosi turkiy xalqlar, o‘zga ellar adabiyotshunosligida o‘rganiladi.
Darvoqe, G‘afur G‘ulom haqidagi ilk maqolani fransuz adibi Pol Vayyan Kutyure, keyinroq esa Anri Barbyus yozgan edi. O‘zbek adabiyotshunosligida e’tiborga tushgan olim, munaqqid borki, G‘afur G‘ulom haqida o‘z gapini aytgan. Masalan, G‘afur G‘ulom ijodining nozikfahm tadqiqotchisi akademik, filologiya fanlari doktori, professor Salohiddin Mamadjonov ilmiy faoliyatining eng katta qismini akademik shoir hayoti va ijodi haqida yozgan o‘nlab maqolalari, monografiyalari tashkil etadi. To‘g‘ri, serqirra olim S.Mamadjonov ishlariga qadar ham G‘afur G‘ulom haqida maqolalar, adabiy – tanqidiy ocherk, monografik kitoblar bosilgan. Bu borada atoqli olim H.Yoqubovning qator ishlarini eslashning o‘zi kifoya qiladi.
Adabiyotshunoslar H.Yoqubovdan keyin bu sohada salmoqli va hammaga ma’qul keladigan ish yaratishga intilishdi. Shoir ijodi haqida qator ana shunday ilmiy baquvvat, yetuk tadqiqotlar yaratilgan bo‘lsa-da, adabiyotshunoslikda Baxtiyor Nazarov G‘afur G‘ulom ijodi, uning badiiy olami haqida o‘zining ohorli so‘zini ayta oldi. “G‘afur G‘ulom olami” kitobidagi konsepsiya, tanqid, tahlil, baholashda o‘ziga xoslik bor. Bu yangi tadqiqoti bilan olim G‘afur G‘ulom badiiy olamining bir qancha betakror fazilatlarini namoyon eta oldi.
Olam ichra olam! Bu mashhur jumlani eslashimizga akademik Baxtiyor Nazarovning “G‘afur G‘ulom olami” nomli kitobi sabab bo‘ldi, deydi Sanjar Sodiq. Kitobda muallif G‘afur G‘ulom ijodini, shoir ruhiyati, shaxsiyatini mutloqo bo‘yalmagan, yaltiratilmagan tarzda ochib berishga intilgan”1. Mavzuni to‘liq hamda yaxlit qamrab olmoq uchun tanqidchi shoirning hayot hamda ijod yo‘lini, she’riyati, dostonchiligi, nasri, adabiyotshunosligi va muarrixligini o‘zaro birgalikda yoritishga harakat qilgan. Baxtiyor Nazarov asarining yangiligi shundaki, unda G‘afur G‘ulom olamining yuqorida sanab o‘tilgan deyarli barcha qirralari yuzasidan avvalgilardan farqli kuzatishlar, fikr-mulohazalar va umumlashmalar ilgari surilgan.
Shuningdek, Baxtiyor Nazarovning matbuotda chop ettirgan maqolalarida ham G‘afur G‘ulom ijodiga keng to‘xtalinganini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, olim “Istiqlol va G‘afur G‘ulom” nomli maqolasida quyidagi fikrlarni ilgari surgan: “G‘afur G‘ulom deganda ko‘z oldimizga jahoniy miqyoslarda fikr yuritgan va asosan, sho‘ro tuzumini ulug‘lagan, shuningdek, “Shum bola” singari o‘zbek nasrining shoh namunalari qatorida turuvchi asar yaratgan ijodkor gavdalanadi”1.
Munaqqid ushbu maqolada fikrini davom ettirib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tadi: “G‘afur G‘ulom ijodiga nazar tashlasak, bedilona uslub uning ijodida dastlabki she’rlaridan tortib, so‘nggi hikoyalarigacha o‘qtin-o‘qtin bo‘y ko‘rsatib turishini kuzatamiz. Ayrim asarlarida esa bu g‘oya, ya’ni Istiqlol g‘oyasi yashirin emas, hatto ochiq-oydin ifodalanganining guvohi bo‘lamiz. Men ana shunday she’rlarning faqat birgina namunasiga e’tiboringizni tortish bilan cheklanaman. Bu shoirning 1927 yil 13 dekabrda yozgan “Dongli shoir” nomli she’ridir. Asar muallif hayotligida hech qayerda e’lon qilingan emas. Ilk bor 1967 yili “Sharq yulduzi” jurnalining 9-sonida, so‘ng “Mukammal asarlar to‘plami”ning birinchi jildida chop etilgan. SHe’rning arab alifbosidagi dasxati shoir arxivida saqlanadi.
She’rda o‘z vatani orzu-umidlarini kuylash o‘rniga, sotqinlik qilib, “yot ellar”ning makriga uchgan, muallif tili bilan aytganda, “yollangan” shoirga – hamkasbga nafrat ifodalanadi. Shu o‘rinda G‘afur G‘ulomning bir e’tirofi alohida e’tiborni talab qiladi. Uning tavsificha, bu shoir yangi zamon, ya’ni sho‘ro zamonidagina paydo bo‘lmagan. U podsho zamonida obdan pishgan, tajribasi katta.



Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin