1. Baxtiyor Nazarov – adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarovning ilmiy faoliyati qirralari Baxtiyor Nazarov – adabiyotshunos olim



Yüklə 199 Kb.
səhifə5/8
tarix14.11.2022
ölçüsü199 Kb.
#69082
1   2   3   4   5   6   7   8
BAXTIYOR NAZAROV АDABIY TANQIDCHILIKGA QO\'SHGAN HISSASI

Bekzoda poshsholik doshida qaynagan,
Yot ellar puliga yollangan bir sotqin.
Kelgindi, bosh kesib qahramon sanalgan,
Sardor bosqinchining qonli sadog‘in
Yalashdan to‘ymagan, ey epchil, “shirintil!”

SHe’r davomida “dongdor” shoir kirdikorlari hissiyot bilan yanada chuqurroq fosh etila boradi. Sen, axir, qanday “shoir”sanki, deydi G‘afur G‘ulom qahramoniga qarata, bu nomard “botir”ning o‘limi uchun yig‘lab o‘tiribsan. U kim o‘zi? Uning jamiki qilgani buzg‘unchilik. Buning ustiga, ne-ne gunohsiz murdalar ustida iljayishdan toymagan. Bu kelgindi, bosh kesish bilan qahramon sanalmoqchi bo‘lgan mal’unning ko‘kragiga qadalgan o‘q qayerdan uchganini bilasanmi o‘zi? U mazlumlar tomonidan joylanmadimi bu nomardga! Sening esa, bu manfur uchun yig‘lamog‘ing nimasi?!”1


Munaqqid asarning so‘nggi bandida pafos yanada shiddatli tus olishini ta’kidlab shunday deydi: “Dongli” shoir madhiyalari “yolg‘onchi tarannum” deb ataladi. G‘afur G‘ulomning nainki bu sotqin shoirga, balki umuman, u madh etgan tuzumga munosabati, shu o‘ringa kelib asarning leymotiv darajasiga ko‘tariladi. Jamiyat, ehtimol, tuzumning ko‘klarga ko‘tarilishi hamda uni qudratli, kuchli deb ulug‘lanishini “ko‘pikli vahima” deb baholaydi G‘afur G‘ulom.
Ahamiyat bering, asar boshida nazarini, asosan, vatanga xiyonatkorona munosabatda bo‘lgan kimsaga qaratgan G‘afur G‘ulom e’tiborini asta-sekin tuzumga qaratdi va unga nisbatan o‘zining jiddiy salbiy nuqtai nazarini oshkor qilishga o‘tadi.
Yana bir esga olaylik: fikr yuritayotganimiz she’r - yozilgan. Bu she’ri bilan G‘afur G‘ulom mazkur bosqichda Cho‘lpon va Fitrat pozitsiyalariga yaqinlashib qolgan deya olamiz.
1931 yil Cho‘lpon “Daryo bo‘yi” she’rini bejiz G‘afur G‘ulomga bag‘ishlamagan. Fitrat esa 30-yillarning o‘rtalarida “Aruz haqida” risolasida G‘afur G‘ulom she’rlarini bejiz tahlilga tortmagan ko‘rinadi. Bundan tashqari, G‘afur G‘ulomning yuqoridagi she’riga ruh va uslub jihatidan Cho‘lpon yo‘li yaqqol ta’sir etib turganini ham sezmaslik mumkin emas...
SHe’rning o‘z davrida va umuman, shoir hayotligida chop etilmagani, to‘plamlarga kiritilmagani, balki noshirlar tomonidan bunga yo‘l qo‘yilmagani, yoxud muallifning o‘zi ehtiyotkorlik vajidan buni ma’qul ko‘rmagani, har qalay, ushbu asar biz ko‘rib chiqishga harakat qilganimiz – avvalgi maqsadda yozilgan, deb xulosa chiqarishga imkon beradi.
Shu ma’noda “Dongli shoirga” she’ri bir tarafdan o‘z davrida istiqlol g‘oyalarini tarannum etgan, ikkinchi tarafdan, bizning kunlarda esa, mustaqillik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘sha oladigan asarlardan biri sifatida qarashga izn beradi...
Istiqlolga erishgan bu yorug‘ kunlarimizda, Mustaqillikning azamat ruhiyatini mustahkamlashda buyuk G‘.G‘ulomning o‘zi ham, ijodi ham biz bilan birgadir” degan fikrlarni ilgari suradi munaqqid mazkur maqolasida


Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin