1. Baxtiyor Nazarov – adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarovning ilmiy faoliyati qirralari Baxtiyor Nazarov – adabiyotshunos olim



Yüklə 199 Kb.
səhifə6/8
tarix14.11.2022
ölçüsü199 Kb.
#69082
1   2   3   4   5   6   7   8
BAXTIYOR NAZAROV АDABIY TANQIDCHILIKGA QO\'SHGAN HISSASI

2.2. Davr va adabiy jarayon tadqiqi
Mustaqillik davrida yaratilgan maqolalar olimning ilmiy diapazoni yanada kengaygani, asl mehvarga imkon qadar yaqinlashish salohiyati teranlashganini ko‘rsatadi. “Ruhiyatni shakllantirish vositasi”, “XX asrda Oybekni o‘rganish o‘zi bir ilm”, “Abdulla Qahhor badiiy haqiqati”, “Tanqidchi shaxsi va ijodiy o‘ziga xoslik”, “Hamid Olimjon va o‘zbek tanqidchiligi metodologiyasining ba’zi masalalari” kabi ilmiy tadqiqotlar fikrimizga dalil bo‘la oladi. Yoinki -“Istiqlol davri o‘zbek she’riyati masalalari” deb nomlangan obzor maqolasida istiqlol davri adabiyotining ba’zi qirralariga, xususan, she’riyatda kechgan jarayonlarga, uning ayrim masalalariga nazar tashlaydi.
Baxtiyor Nazarovning kitobxonni befarq qoldiradigan biror risola yoki maqolasi yo‘q. Serqirra ijodkor o‘zbek adiblari va munaqqidlari ijodi tahlili va tadqiqi bilangina chegaralanib qolmay, jahon adabiy tanqidchilari va san’atkorlari hayoti va ijodiga ham tez-tez murojaat qiladi. Shoir, yozuvchilar va dramaturglar asarlariga birdek e’tibor qaratadi.
Olimning xalqimizning sevimli shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodi bilan bog‘liq tadqiqotlari fikrimizni tasdiqlashi mumkin. Bular esa, o‘z navbatida, shoir Abdulla Oripov she’rlarini tushunishda yaqindan yordam beradi. Jumladan, B.Nazarovning shogirdi Obidjon Karimov tomonidan “Abdulla Oripov she’riyatida metaforik obrazlar tizimi” nomli nomzodlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib borilishi va uning muvaffaqiyatli himoya qilinishi ham fikrimizning yorqin dalilidir. Olim shoir she’rlari siyosat va mafkura ustuvor bo‘lgan tuzum sharoitida ham badiiy ijodning ajoyib namunalari yaratilishi mumkinligini amalda ko‘rsata olgan o‘ziga xos noyob hodisa ekanini misollar bilan izohlab bera olgan.
Bilamizki, o‘tgan asrning 60-yillari boshidan e’tiboran o‘zbek adabiyotida hayotga yaqinlashish, haqqoniylikni kuylash birqadar kuchaya bordi. Buni adabiyotshunoslarimiz ko‘p bor ta’kidlashdi. Quvonarlisi shundaki, adabiyotimizda hayotni, haqiqatni tasvirlashda badiiylikka intilish, unda rang-barang izlanishlar olib borish kuchaydi va bu hol shoir A.Oripov she’rlarida ham alohida bo‘y ko‘rsatganini munaqqid Baxtiyor Nazarov ilg‘ay olgan. Shoir she’rlaridagi so‘z sehri, badiiylik “Munojoot”ni tinglab”, “Yuzma-yuz”, “Sarob”, “Ona sayyora” kabi qator manzumalarida murakkab davr, Vatan taqdiri kuyunchak, loqaydlik va tovlamachilikka beshafqat zamondoshlarimiz qiyofasi misolida tasvirlanganini bayon etgan. A.Oripov tahlikali damlarda ham istiqlol g‘oyalarini kuylashga harakat qilganini shunday izhor qiladi:

Shoir qalamida hasratlar qat-qat,


Shoirni chulg‘aydi o‘ylar daf’atan.
Yashab qolarmikan she’rim oqibat?
Ozod bo‘larmikan notavon Vatan?

Ma’lumki, bu she’r 70-yillarda yozilgan. Shoir hasratlari qat-qat. SHo‘ro tuzumi davrida buni yozish o‘lim bilan teng edi. A.Oripov ham o‘zgalar qatori faqat va faqat xursandchilikni kuylashi kerak edi. Uning mahorati shundaki, she’rni “Nekrasov hasrati” deb nomlagan. Fikrlari kosa tagida nimkosa – metafora usulida bayon etilgan. Nekrasov misolida o‘z dardini, millat orzusini kuylay bilgan. E’tibor bersak, A.Oripov o‘sha yillarda jahon adabiyoti durdonalaridan bo‘lmish “Ilohiy komediya” (“Do‘zax” dostoni)ni tarjima qilgan edi.


Tanqidchi Baxtiyor Nazarov Abdulla Oripov bilan “Sevinch-dardim – bari Vatanim” nomli suhbat uyushtirgan va uni katta maqola shakliga keltirgan. Suhbat davomida shoir ijodiga tarjima asnosida Dante va uning asari ruhining ko‘rsatgan ta’sirini alohida qayd etgan edi. Chindan ham, shu vaqtdan boshlab A.Oripov she’riyatida matnga botiniy ma’noni jo etish mahorati osha bordi. Tarjima natijasida “Jannatga yo‘l” nomli dramatik doston yaratildi.
1973 yilda yozilgan “Genetika” she’ri lirik qahramonida ham o‘ziga xos shijoat, o‘z vatanining egasi bo‘lish orzusi o‘ta kuchli va ta’sirchan ifodalangan. SHe’rning lirik qahramoni shunday deydi:
Tashna yashadik biz mehrga mutloq,
Ishqqa, muhabbatga tashna o‘tdik biz.

Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin