1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Muhammad Rahimxon madrasasi haqida ma’lumot bering



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
2. Muhammad Rahimxon madrasasi haqida ma’lumot bering. 
Kattaligi jihatdan Muhammad Aminxon madrasasidan keyingi o‘rinda Muhammad
Rahimxon madrasasi turadi. U qo‘ng‘irotlar sulolasiga mansub bo‘lgan Xiva xoni 
Muhammad Rahim II tomonidan Ko‘hna arkning sharqiy darvozasi qarshisida 
1871-yil bunyod etilgan. Muhammad Rahimxon (1847-1910) Xivaning 
ma’rifatparvar xonlaridan biri bo‘lib, 1864-1910-yillarda hukmronlik qilgan
“Feruz” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Uning nomi bilan atalgan madrasa yozgi va 
qishki masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iboratdir. Binoning old tomoni 
ikki qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti 
sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzilishi Xivaning boshqa 
madrasalaridan biroz farq qiladi. Xushqad peshtoqning ikki yonida besh ravoqli 
galereyalari bor. Darvozaxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan 
yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham boshqa madrasalardan biroz farq qiladi. 
Hovli 76 ta bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan, tashqi ayvonning ko‘cha tomoni past 
devor bilan to‘silgan. Janubida gumbazli ayvon va boshqa qo‘shimcha xonalar bor. 
Keyinroq, madrasaning old tomoniga bir qavatli savdo rastalari qatoridan iborat 
hovli qurilgan. Madrasaning umumiy tuzilishi va ichki tarhi an’anaviy Xiva 
madrasalari me’morchiligidan biroz farq qiladi. Uning umumiy tarhi – 62,4x49,7 m; 
hovli – 28,3x28,8 m; darsxona – 5,4x5,4 m; masjid – 7,0x7,0 m; savdo qatorlari – 
25,0x50,0 m; hovli – 16,9x42,5 metrni tashkil etadi. Madrasani bunyod etishda har 
xil o‘lchamdagi g‘isht va toshlardan, loy, yog‘och, tunuka, sement, marmar, turli xil 
qimmatbaho toshlar va shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan. 
Me’moriy inshoot Sharq me’morchiligining yorqin namunasi hisoblanadi. U 
“Chor”, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan. Me’moriy inshoot mustaqillikkacha 
va mustaqillikdan keyin bir necha bor ta’mirlandi va u YUNESKO tashkilotining 
Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Xiva shahrining 2500 yilligi 
munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Muhammad 
Rahimxon 
madrasasi 
ham 
ta’mirlandi. 
Me’moriy 
obida 
atroflari 
ko‘kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko‘rinishini Ichan 
qal’a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‘lib, 1990-yilda Xivadagi “Ichan 
qal’a” Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin