1 bilet tarix



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#58307
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
9-sinf-tarix (1)

11- 

BILET

 

1. Chexiya davlati tashkil topishi haqida ma‟lumotlar keltiring. 

Chexiya  –  suveren,  demokratik  davlat.  Amalddagi  konstitutsiyasi  1992  yil  16- 

dekabrda  qabul  qilingan  va  1993  yil  1-yanvardan  kuchga  kirgan,  1997  yil  23 

oktabrda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi  – prezident (2013 yildan Milosh 

Zeman),  u  parlamentning  ikkala  palatasi  tomonidan  5  yil  muddatga  saylanadi. 

Qonun  chiqaruvchi  organi  –  deputatlar  palatasi  va  Senatdan  iborat  parlament. 

Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat. 

Tabiati  Chexiya  hududining  katta  qismi  Chexiya  togʻlarida  joylashgan.  Uning 

atrofida  oʻrtacha  balandlikdagi  Shumova,  Chexiya  oʻrmoni,  Rudali  togʻlar 

(KrushneGori),  Krkonoshe  togʻlari  (eng  baland  joyi  1602  m,  Snejka  togʻi)  bor. 

Chexiya  togʻlarining  ichki  qismi  –  Chexiya  soyligi  tepaliklar  va  ularni  ajratib 

turuvchi  past  toglardan  iborat.  Moraviyada  ham  tepalik  va  past  togʻlar  koʻp. 

Chexiyaning  janubiy  va  markaziy  kismida  ChexiyaMoraviya  qirlari  bor. 

Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud. 

Iklimi  moʻʼtadil  iklim.  Gʻarbdan  sharqqa  va  ichki  soyliklarda  kontinentallashib 

boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda 

–8°  dan  –  10°  gacha,  iyulda  19–20°,  togʻlarda  4–8°.  Yillik  yogʻin  tekisliklarda 

oʻrtacha  500–700  mm,  togʻlarda  1600–2100  mm.  Mamlakatjanubiy  va  gʻarbida 

uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ 

yon  bagʻirlari  aralash  va  igna  bargli  oʻrmonlar  bilan  qoplangan.  Hayvonlardan 

togʻlarda  qoʻngʻir  ayiq,  tulki,  kiyik,  yovvoyi  echki,  tekisliklarda  kemiruvchilar, 

kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor. 

Aholisi 

Aholisining  koʻpchiligi  –  chexlar  (81,3%);  slovak,  polyak  va  boshqa  ham 

yashaydi.  Shahar  aholisi  70%.  Rasmiy  til  –  chex  tili.  Dindorlarning  aksariyati 

katoliklar. Iirik shaharlari: Praga, Brno,  Plzen, Ostrava. 




 

 

 



Tarixi 

Chexiya  hududida  odam  paleolit  davridan  boshlab  yashaydi.  Miloddan  avvalgi 

taxminan  400-yillarda  bu  yerda  keltlar,  miloddan  avvalgi  1-asrda  kelt 

qabilalarining  boyi  guruhi  yashagan  (Chexiyaning  lot.  Bohemia,  nem.  Bohmen 

nomi  ham  shundan).  1ming  yillik  oʻrtalarida  Chexiyada  slavyan  qabilalari 

koʻpchilikni  tashkil  etdi.  7-asrda  Chexiya  xududi  Samo  davlati,  9–10-asr 

boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-asrda paydo boʻlgan Praga 

knyazligi ilk chex davlatining oʻzagi boʻlib qoldi. 1198 yildan qirollikka aylandi. 

1310–1437 yillarda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida boʻldi. 

15-asrning  1yarmida  Chexiyada  kuchli  ijtimoiyinqilobiy,  milliy  ozodlik 

harakatlari  boʻlib  oʻtdi  (qarang  Guschilar  harakati).  1526  yil  Chexiya 

Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qoʻshib olindi. 1618– 

20  yillarda  chex  qoʻzgʻolonining  magʻlubiyatidan  soʻng,  uning  provinsiyasiga 

aylandi. 18-asr oxiri – 19-asr 1yarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va 

rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-asrning 30–40-yillarida u siyosiy 

tus  ola  boshladi.  1848  yil  Pragadagi  Svyatovatslav  yigʻini  Gabsburglar 

imperiyasida  1848–49  yil  inqilobi  boshlanishiga  olib  keldi.  1867  yil  Chexiya 

Avstriya-Vengriyaning  Avstriya  qismi  tarkibiga  kirdi.  1878  yil  Chexiyada 

Chexoslavyan 

sotsialdemokratik 

ishchi 

partiyasi 

tuzildi. 

1918 


yil 

AvstriyaVengriya  parchalangach,  Chexiya  Slovakiya  bilan  birlashib  mustaqil 

Chexoslovakiya  Respublikasini  tashkil  etdilar.  1938  yil  oktabr  boshlarida 

Germaniya  Chexiyaning  Sudet  viloyati  deb  nomlangan  hududini,  1939  yil 

martda  barcha  chex  yerlarini  bosib  oldi  va  uni  "Bogemiya  va  Moraviya 

protektorati"  deb  eʼlon  qildi.  Chex  xalqining  1945  yil  maydagi  qoʻzgʻoloni 

natijasida 1945 yil 9 mayda Praga shahri ozod qilindi; chex yerlari va Slovakiya 

Chexoslovakiya  Respublikasi  doirasida  qayta  birlashtirildi.  Chexiya  1948  yil  9 

maydan  Chexoslovakiya  Xalq  Demokratik  Respublikasi,  1960  yil  11  iyuldan 

Chexoslovakiya  Sotsialistik  Respublikasi,  1990  yil  29  martdan  Chexoslovakiya 

Federativ  Respublikasi, 1990  yil  20  apreldan  1992  yil  31  dekabrgacha  Chexiya 

va  Slovakiya  Federativ  Respublikasi  tarkibida  boʻldi.  Chexiya  va  Slovakiya 

Federatsiyasining  1992  yil  25  noyabrdagi  Chexiya  va 

Slovakiya 

Federatsiyasining tugatilishi toʻgʻrisidagi federal qonuniga binoan Chexiya 1993 

yil  1  yanvardan  suveren  davlatga  aylandi.  Chexiya  1993  yildan  BMT  aʼzosi. 

1992 yil 24 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1993 

yil 1 yanvardan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 28 oktabr 

– Mustaqil Chexoslovakiya tashkil boʻlgan kun (1918). 

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari 

Fuqarolar  demokratik  partiyasi,  1991  yil  23  fevralda  tashkil  etilgan;  Fuqarolar 

demokratik alyansi, 1989 yil tuzilgan; Demokratik ittifoq partiyasi, 1994 yil asos 

solingan;  Chexiya  va  Moraviya  kommunistik  partiyasi,  1990  yil  tashkil  etilgan; 

Ozodlik ittifoqi partiyasi, 1998 yil tuzilgan; Chexiya sotsialdemokratik partiyasi, 

avvalgi  nomi  Chexoslovakiya  sotsialdemokratik  partiyasi,  1989  yildan  mustaqil 

partiya  sifatida  faoliyat  yuritadi.  ChexMoraviya  kasaba  uyushmalari 

konfederatsiyasi,  1990  yil  tashkil  etilgan,  31  tarmoq  kasaba  uyushmasini 

birlashtiradi. 




 

 

2. Abdullaxon II haqida ma‟lumot bering. 

Abdullaxon II (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja 

Muhammad  ibn  Abulxayrxon)  (1534-1598  Buxoro  yaqinidagi  Bahouddin 

majmuasiga  dafn  etilgan)  -  o  ‘zbek  davlatchiligi  tizimidagi  Buxoro  xonligining 

shayboniylar  sulolasidan  chiqqan  eng  yirik  hukmdori  (1583-98),  davlat  arbobi, 

sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana 

va  Miyonkol  hokimi  (1512-  13-yilda)  bo‘lgan.  Otasi  Iskandar  sulton  o  ‘g‘li 

tug‘ilgan  paytda  Ofarinkentni,  keyichalik,  altidan  aka-ukalaridan  biri  vafot 

etgach,  Karmanani  boshqargan.  Abdullaxon  II  Shayboniyxon  vafotidan  keyin 

parchalanib  ketgan  mamlakat  hududini  qayta  birlashtirish,  markaziy  davlat 

hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. 

Toshkent  hokimi  Navro‘z  Ahmadxon  (Baroqxon)  bilan  Koson  yonida  (1548), 

Mo‘g‘uliston  xoni  Abdurrashidxon  va  shayboniylardan  Do‘stum  sultonlar 

qo‘shiniga  qarshi  Forob  yonida  (1554)  jang  qilgan.  Yosh  Abdulla  sulton  o 

‘zining  hukmdor  sifatidagi  butun  g‘ayrat-shijoatini  1551-yil  Karmanada 

namoyish  etgan;  viloyatga  Toshkentdan  Navro‘z  Ahmadxon  va  Samarqanddan 

Abdullatifxon  hujum  qilganlar,  Iskandar  sulton  Amudaryo  ortiga  qochgan. 

Abdulla  sulton  otasi  vazifasini  o  ‘z  zimmasiga  olib  bu  hujumni  muvaffaqiyatli 

qaytargan. Keyingi yillarda (1552-56) o ‘z mulkini g  ‘arbga  - Buxoro tomonga 

va janubiy-sharq- Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu sa‘y-

harakat  dastlab  muvaffaqiyatsiz  chiqqan,  hatto  1556-yil  u  ota  meros  mulkini 

tashlab  Maymanaga  qochishga  majbur  bo‘lgan.  U  amakisi,  Balx  hokimi 

Pirmuhammaddan  harbiy  yordam  olib  va  piri  Jo‘ybor  xojalaridan  Xoja 

Muhammad  Islom  ko‘magida  Navro‘z  Ahmadxon,  keyinchalik  uning  o  ‘g‘illari 

Darveshxon  va  Bobo  sultonlarga  qarshi  uzoq  muddat  kurash  olib  borgan. 

Boburiylar  ham  Badaxshon,  Shorn,  Afg‘oniston  va  Xuroson  uchun  Abdullaxon 

II  ga  qaishi  kurashganlar.  Abdullaxon  II  bunga  qarshi  Sind(1583),  Kashmir 

(1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan. 

3. “Missiya” atamasiga izoh bering. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin