1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə16/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

Eozinofillar neytrofillarga nisbatan birmuncha yirikroq bo`lib, diametri qonda 10-11 mkm, qon surtmasida esa 12-15 mkm ga teng. Leykotsitlar miqdorining 2-5% ini tashkil etadi. Eozinofillar yadrosi, neitrofillarnikiga o`xshash tuzilgan bo`lib, alohida bo`laklardan (segmentlardan) iborat. Bo`laklar soni eozinofillarda asosan 2 ta bo`ladi. Eozinofillarni boshqa leykotsitlardan aljatib turuvchi asosiy xususiyati ular sitoplazmasida joylashgan maxsus donachalarning o`ziga xos tuzilishidir. Eozinofil donachalari ikki turli bo`lib, birinchisi yumaloq yoki oval shaklda va neytrofillarnikiga nisbatan yirikroqdir (diametri 0,3-1,5 mkm). Birinchi tur donachalar oval yoki cho`zinchoq shaklda. Donachalarning markazida kristalloid tuzilma joylashgan. Ikkinchi tur donachalar maydaroq (0,1-0,5 mkm) bo`lib, gomogen yoki donador tuzilishga ega. Ularda kristalloid uchramaydi. Bu donachalar oz miqdorda bo`lib, o`zida kislotali fosfataza va arilsulfataza fermentlarini saqlaydi. Eozinofillar aktiv harakat qilish va birmuncha fagotsitoz qobiliyatiga ega. Allergik reaktsiyalarda ishtirok etadi. Eozinofillar sonining oshib ketishi eozinofiliya deb atalib, turli xil allergik holatlarda, jumladan, bronxial astmada, zardob kasalligida, parazitar kasalliklarda va boshqalarda uchraydi. Buyrak usti bezi po`st moddasining gormonlari (glyukokortikoidlar) va gipofiz gormonlarining (AKTG) miqdori oshgan paytda eozinofillar sonining kamayib ketishi kuzatiladi (eozinopeniya). Yashash muddati 10-12 kunga teng bo`lib, shundan 4 kuni suyak ko`migida o`tadi. Qonda qisqa (4-12 soat) bo`lib, keyin to`qimalarga chiqadi va o`z vazifasini bajaradi.
Bazofillar neytrofil va eozinofillarga nisbatan maydaroq bo`lib, o`rtacha diametrlari qonda 7-8 mkm, qon surtmalarida esa 10-12 mkm ga teng. Bazofillar, leykotsitlar ichida eng kam sonli hujayralar. leykotsitlar umumiy miqdorining 0,5-1 % ini tashkil etadi. Bazofillar yadrosi ko`pincha 2 segmentdan iborat. Bazofillar tarkibida qondagi barcha gistaminning yarmi mujassamlashgandir. Ular geparinga boy. Bazofillar tarkibida glikogen, kislotali fosfataza va peroksidaza ham uchraydi. O`z tarkibida ko`p miqdorda geparin va gistamin saqlovchi biriktiruvchi to`qimaning semiz hujayralari allergik reaksiyalarda va immunitet protsesslarida faol ishtirok etadi. Bazofillarning hayotiy sikli 10-12 sutkadan iborat.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin