1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Donasiz leykotsitlar: limfotsitlar, turlari, immunitetdagi roli



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə17/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

30. Donasiz leykotsitlar: limfotsitlar, turlari, immunitetdagi roli.
Limfotsitlar - voyaga yetgan organizmda leykotsitlar umumiy sonining 20-35% ini tashkil qiladi. Organizmda o`rta hisobda 1,5 kg atrofida limfotsitlar bo`lib, shundan faqatgina 5 g ga yaqinigina periferik qonda, 70 g suyak ko`migida, qolganlari esa to`qima va organlarda taqsimlangan bo`ladi. Limfotsitlar yirik (diametri 10-15 mkm), o`rta(diametri 7-9 mkm) va mayda limfotsitlarga (diametri 4,5-6 mkm) ajratiladi. Normal sharoitlarda qonda faqat 10% ga yaqin yirik limfotsitlar bo`lib, qolgan 90% ini esa o`rta va mayda limfotsitlar tashkil qiladi. Limfotsitlar markazda joylashgan yirik, yumaloq va loviyasimon shaklga ega bo`lgan yadro saqlaydi.
Mayda limfotsitlarda yadro yumaloq yoki birgina botiqlikka ega bo`lib, xromatin zichlashgan va yadro bo`ylab barobar taqsimlangandir. O`rta va yirik limfotsitlar ochroq yadroga ega bo`lib, xromatin mayda donachalar shaklida asosan yadro qobig`i ostida to`plangan. Bu limfotsitlar yadrosida ko`pincha bir yoki bir necha yadrochalarni uchratish mumkin.
Limfotsitlar tarkibida ko`p miqdorda nukleoproteidlar, katepsinlar, glikogen, gistidin, fermentlardan nukleazalar, amilaza, kislotali fosfataza, sitoxromoksidaza va boshqalar bo`ladi. Limfotsitlar immunitet jarayonida eng faol ishtirok etadigan hujayralardir.
Immunologik va funktsional nuqtai nazardan limfotsitlarning ikki turi - T- va B-limfotsitlar sistemasi farqlanadi. T-limfotsitlar buqoq bezida rivojlanadi. Timusga kelgan o`zak hujayralar shu a’zoda hosil bo`luvchi moddalar ta’sirida T-limfotsitlarga aylanadi. T-limfotsitlar qon orqali periferik organlarga (taloq, limfa tuguni, murtaklar va boshqalar) boradi va shu a’zolarning ma’lum qismida (T-zonasida) joylashadi. B-limfotsitlar birinchi marta qushlarda topilgan Fabritsiy xaltasi (Bursa Fabricius) bilan bog`liq bo`lib, shu tufanli B-limfotsitlar deb yuritiladi. Odamda bu xaltaning (bursaning) o`rnini qizil suyak ko`migi bosadi.
Limfotsitlarning yashash muddati turlicha bo`lib, ular orasida qisqa muddat (hafta va oylab) yashovchi B-limfotsitlar 10- 20% ni tashkil etadi. Uzoq muddat (bir necha yilgacha) yashovchi limfotsitlar ko`proq (80% gacha) bo`lib, asosan, T-limfotsitlardan iboratdir. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda limfotsitlar 50-60% bo`ladi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin