1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Urug’lanish, uning biologik mohiyati va bosqichlari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə48/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

68. Urug’lanish, uning biologik mohiyati va bosqichlari.
Urug’lanish ayol va erkak jinsiy xujayralarining qo’shilishidan iborat bo’lib, odatda bachadon nayining
ampulyar qismida kechadi. Ayollar jinsiy yo’llarida kapatsitatsiyaga uchragan spermagina urug’lantirish
qobiliyatiga ega. Urug’lanish jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
■ Nurli toj hujayralari bilan aloqa vaqtida spermatozoid akrosomal reaksiyani yuzaga keltiradi, bunda akrosomadan gialuronidaza ajraladi va bu spermatozoidni yaltiroq pardaga kirishini ta’minlaydi.
■ spermatozoid yuzasidagi maxsus oqsillar ZP3 va ZP4 retseptorlari bilan bog’lanadi.
■ Birinchi spermatozoid yaltiroq parda orqali ovotsit plazmolemmasiga botib kirib, pufaklardan Ca2+ ajralishini, bu esa o’z navbatida kortikal donachalardan proteazalarning ajralishini ta’minlaydi. Kortikal reaktsiya ovotsitning butun yuzasi bo’ylab to’lqin kabi tarqaladi va natijada yaltiroq parda polispermiyaga qarshi perivitellin to’siq yoki urug’lanish qobig’iga aylanadi.
■ Ikkinchi tartibli ovotsit yadrosida meyozning ikkinchi bo’linishi yuz berib, bunda ikkinchi polyar tanacha va gaploid sonli xromosoma tutuvchi ayol pronukleusi hosil bo’ladi. Tuxum xujayraga kirgan spermatozoidning gaploid xromosoma tutuvchi yadrosi dekondensatsiyaga uchraydi va erkak pronukleusiga aylanadi. Ikkita
pronukleuslarning qo’shilishidan diploid sonli xromosomaga ega yangi hujayra, zigota hosil bo’ladi. Epiteliy hujayralari kiprikchalarining tebranishi, suyuqlikning oqimi va mushaklarning qisqarishi hisobiga zigotaning bachadon nayidan bachadonga harakatlanishi davomida uning maydalanishi kuzatiladi, bu 5 kun davom etadi.


69. Maydalanish, odam pushtining maydalanish xususiyatlari. Morula, blastotsista, embrioblast va tsitotrofoblast.
Zigota bachadon tomon nofaol harakat davomida qator xujayra bo’linish bosqichlarini o’taydi. Ketma-ket mitotik bo’linish natijasida to’plangan xujayralar yig’indisi morulani (blastula) hosil qiladi. Morula shaffof parda bilan o’ralgan bo’lib urug’langan tuxum xujayra o’lchamiga teng. Zigotaning sigmentatsiyalanishi (maydalanish) jarayonida blastomer xujayralar hosil bo’ladi. Zigota o’lchami o’zgarmasdan, har maydalanish davomida blastomerlar maydalashib boradi. Morula markazida suyuqlik bilan to’lgan bo’shliq hosil bo’ladi, unig atrofini esa blastomerlar o’rab (trofoblast)tashqi qavatni hosil qiladi, bu paytda ayrim blastomerlar esa morula bo’shlig’ida to’planadi (ichki xujayralar to’plami). Bunday embrion blastotsista deyiladi va urug’langan tuxum xujayrani bachadonga o’tish bosqichi bilan mos keladi. Bu ovulyatsiyadan so`ng 4-5chi kunlariga to’g’ri keladi. Blastosista 2 yoki 3 kun davomida bachadon bo’shlig’ida endometriya bezlari suyuqligi bilan aralashgan holda bo’ladi va endometriya yuzasiga tegib turadi. Bu paytda shaffof qobiq erib ketadi, bu esa trofoblast xujayralarning bevosita bachadonni qoplovchi epiteliy xujayralari bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlaydi. Otalangan tuxum xujayrani bachadon devoriga birikishi(implantatsiya)yoki nidatsiya embrionni endometriya epiteliy xujayralariga birikishi va ularning xususiy plastinkaga botib kirishidir. Otalangan tuxum xujayrani bachadon devoriga bunday birikishi (implantatsiya) odam va ba’zi sut emizuvchi hayvonlarda uchraydi va interstitsial birikish deyiladi. Bu jarayon ovulyatsiya tugashidan so’ng 7-chi kunlarida boshlanadi va 9-chi kunida embrion endometriyaga butunlay o’rnashib oladi va qaysiki xomiladorlik paytida u embrionning oziqlanishi va himoyasini ta’minlaydi.


70. Implantatsiya, uning mexanizmlari, bosqichlari. Odamda implantatsiyaning xususiyatlari, muddatlari. Gastrulyatsiya, odam pushti gastrulyatsiyasi, uning bosqichlari va o’ziga xos xususiyatlari.
Embrionni bachadon devoriga birikishi (implantatsiya)da endometriyani biriktiruvchi to’qimasida chuqur o’zgarishlar kuzatiladi. Xususiy plastinka fibroblastlari yiriklashadi, yumaloqlashadi va xujayraga xos bo’lgan oqsil (sintez) hosil qilish xususiyatni bajaradi. Bunday xujayralar detsidual xujayralar deyiladi, butun endometriya qavati esa detsedual (shilinuvchi) qobiq deyiladi. Detsedual qobiq tarkibiga embrion va miometriya qavati orasida joylashgan bazal (asos) detsedual qobiq , embrion va bachadon bo’shlig’i orasida yotuvchi kapsulyar detsedual qobiq va paretal (devor oldi) detsidual qobig’i detsidual qobiqning qolgan qismlari kiradi.
Embrioblastdagi yoki homila pufagidagi o’zgarishlar ichki embrional varaqning paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Odamda gastrulyatciyaning bu qismi delyaminatciya yo’li bilan borib, buni natijasida trofoblastga ichki tomondan yondoshgan tashqi varaq - ektoderma hamda pufak bo’shlig’i tomonidagi ikkinchi varaq entoderma vujudga keladi. Ekto va entoderma varaqlari tarkibidagi to’qimadan, keyinchalik homilaning o’zigina emas, balki homiladan tashqari organlar ham rivojlanadi. Homilaning ektodermasi bo’lmish amnion pufakchaning tubi (homila entodermasi) sariqlik pufakchasining devoriga yondoshadi. Shu vaqtda homila qalqoncha shakliga ega bo’ladi va uning rivojlanishi amnion pufakcha ichidagi amnion bo’shlig’ida sodir bo’ladi. Taraqqiyotning o’n birinchi kunlarida homila qalqonchasi tarkibidagi homila pufakchasining bo’shlig’iga homiladan tashqari mezodermani hosil qiluvchi o’simtali hujayralar (mezenxima) ajralib chiqadi. Bu mezoderma keyinchalik homiladan tashqari mezodermani vujudga keltiradi. Homiladan tashqari mezoderma ko’payib, o’sishi tufayli amnion va sariqlik pufagini tashqi tomondan, trofoblastni esa ichki tomonidan qoplab oladi va homila pufagining bo’shlig’ini to’ldirib turadi. Trofoblast va uni ostidagi mezoderma xorion(so’rg’ichli qavat)ni hosil qiladi. Ikki haftalik homila pufagining (bachadon devoriga eng chuqur botib turgan) qutbida, homiladan tashqari mezoderma tarkibida, bir-biriga zich yondoshgan ikki pufak - amnion va sariqlik pufaklari joylashadi. Homila pufagining bo’shlig’ini to’ldirib turgan, homiladan tashqari mezoderma hujayralarining tasmachalari g’ovak joylashib, ular orasidagi yoriqlar suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi. Amnion devoridan xorionga tomon homiladan tashqari mezoderma tasmachalar holida yo’naladi. Amnion va sariqlik pufakchalarining devorlari bir-biriga zich yondoshgan yerda homila qalqonchasi joylashadi. Amnion pufakcha devorining qalinlashgan tub qismi homila ektodermasi, qolgan qismi esa, amnion pufakchasi deyiladi. Sariqlik pufakchaning amnion pufagi tubiga tegib turgan qismi homila entodermasi bo’lib, qolgan qismi esa homiladan tashqari sariqlik entodermasidir. Odam embriogenezining dastlabki bosqichlari avval homiladan tashqari pardalar - trofoblast, homiladan tashqari mezoderma, amnion hamda sariqlik qopchalarining kuchli va mukammalroq taraqqiy etishi bilan xarakterlanadi. Rivojlanishning 15-17-kunlarida, gastrulyatciyaning navbatdagi bosqichida, homilaning orqa tomonidagi ektodermada (immigratciya natijasida) mayda hujayralar to’plami vujudga keladi. Keyinchalik undan genzen tuguni hosil bo’ladi. Genzen tugunining oldidagi ektodermaning mayda hujayralarining to’plami ekto va entoderma orasiga ko’chadi. Xordal yoki bosh o’simta vujudga keladi. Xordal o’simta paydo bo’layotgan ayni vaqtda birlamchi tasma tarkibida ko’payib borayotgan mayda hujayralar to’plami ekto va entoderma oralig’iga ko’chib, u erda mezodermani hosil qiladi. Mezoderma xorda atrofida mezodermal qanotlar shaklida joylashadi. Odam homilasi rivojlanishining bu bosqichida pusht uch varaqdan iborat bo’ladi. Alantoisning shakllanish jarayoni ham shu davrga tegishlidir. Homila ichak nayining orqa bo’limidan barmoqsimon entodermal o’simta hosil bo’ladi. Bu o’simta homiladan tashqari mezenximadan iborat amnion oyoqcha bo’ylab o’sib, xorionga etib boradi. Allantois mezenximasi bo’ylab xorionga tomon qon tomirlar o’sib kirishi tufayli homila va ona organizmi orasida homilani oziqlantiruvchi aloqa paydo bo’ladi. Homilani oziqlantirish va nafas oldirish vazifasini allantois va xorion bajaradi. Homilaga oziq modda va kislorod ona qoni bilan yetkazib beriladi. Gastrulyatciyaning oxirida homilaning provizor organlarining shakllanishi tugallanadi va hamma organlarning rivojlanishiga asos solinadi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin