1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə50/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

73. Ektoderma va uning hosilalari.
Ektodermadan teri qoplamasi va uning hosilalari, og’iz bo’shlig’i va uning barcha a’zolari, nerv to’qimasi rivojlanadi.


74. Mezoderma: dermatomlar, miotomlar, sklerotomlar, splanxnotomlar. Mezenxima.
Mezoderma barcha a’zolar biriktiruvchi to’qimali asosining, ko’ndalang-targ’il va silliq mushaklar hamda tayanch-trofik tuzilmalar (qon, limfa, tog’ay, suyak) ning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Differentciallashish jarayonida mezoderma 3 qismga: somitlarga, somit oyoqchalariga va yon plastinkalar yoki splanxnotomlarga bo’linadi. SHu vaqtning o’zidayoq somitlarni tashkil etuvchi to’qima ham differentciallashadi. Har bir somit materiali lateral dermatomga, medial-sklerotomga va ular orasidagi miotom kabi 3 bo’lak kurtakka bo’linadi. Keyinchalik dermatom g’ovaklashib terining biriktiruvchi to’qima qismi bo’lmish dermaning hosil bo’lishi uchun asos bo’ladi. Sklerotomdan skeletogen mezenxima rivojlanadi.
Miotom vaqtincha zich kurtak shaklida saqlanib, keyinchalik undan ko’ndalang-targ’il somatik muskullar rivojlanadi. Birlamchi embrional biriktiruvchi to’qima bo’lmish mezenxima mezodermaning differentciallashishi tufayli vujudga keladi. Mezenximaning shakllanishida homilaning boshqa varaqlari (ektodermaning hosilasi bo’lmish ganglioz plastinkalardan ajralib chiqqan hujayralar va ichak nayining entodermasi) ham ishtirok etadi.
75. Entoderma va uning hosilalari.
Entoderma ichak nayi va yirik hazm bezlari (jigar, oshqozon osti bezi), ayrim endokrin bezlar takomilida ishtirok etadi.
76. Provizor yoki muvaqqat a’zolar.
Embrional davrning 2-oyidan so’ng homilada o’sish jarayoni yuz beradi. Homilaning rivojlanishi va shakllanishi bilan bir davrda homiladan tashqari yoki provizor organlar takomillashishi va o’zgarishlari yuz beradi. Qon tomirlarining mezodermada rivojlanishi barvaqt boshlanadi. Ayni vaqtda trofoblast hujayralaridan iborat bo’lgan birlamchi xorion so’rg’ichlari ichiga arterial va venoz qon tomirlar o’sib kiradi. Bunday so’rg’ichlar o’sib, kattalashib, tarmoqlanib boradi va ikkilamchi so’rg’ichlarga aylanadi. So’rg’ichlarni qoplab turgan trofoblastda ikkita qavat differensiallashadi: 1) birinchi qavat kubsimon hujayralardan tashkil topgan ichki qavat - sitotrofoblast yoki Langgans qavati. Bu qavatda hujayralar chegaralari yaqqol ko’rinib turadi; 2) hujayra chegaralari aniq bo’lmagan va ko’p yadroli - simplast ko’rinishga ega bo’lgan tashqi qavat - sintcitotrofoblast. Ayni davrda bachadon shilliq qavati o’zgarishlarga uchrab, undan yo’ldosh hosil bo’la boshlaydi.
Sariqlik qopi homila oziqlanishi va nafas olishida juda qisqa vaqt ishtirok etadi. qon yaratishda asosiy ahamiyatga ega, visseral mezoderma tarkibida birinchi qon orolchalari paydo bo’ladi. 7-8 hafta davomida qon yaratuvchi organ vazifasini bajargandan so’ng sariqlik qopi aks taraqqiyotga uchraydi.
Suvli parda (Amnion) homilani dastlabki davrda qoplab turuvchi ikki qavatli yupqa parda bo’lib, uning bo’shlig’i homila suvi bilan to’lgan bo’ladi.Amnion devori ektodermadan va mezodermaning parietal varag’idan iborat bo’lib, u homilaning erkin rivojlanishi uchun zarur bo’lgan suvli sharoit yaratish hamda homila atrofidagi suvda organik va anorganik moddalar tarkibi va konsentratciyasini homiladorlik oxirigacha tartibga solib turishda katta ahamiyatga ega. Homila atrofidagi suv homilani erkin holda tutib, mexanik ta’sirlardan saqlaydi, yo’ldosh va kindik yo’lining homila tomonidan ezilishiga yo’l qo’ymaydi hamda tug’ish jarayonida homila pardasi yorilgunga qadar tug’ish yo’llarini kengaytiruvchi mexanik ahamiyatga ega bo’ladi.
Yo`ldosh. Gematotrof oziqlanishda ona qoni bilan oqib kelgan oziq moddalar trofoblast hujayralari tomonidan o’zlashtiriladi. Bachadonning tushib ketuvchi qavatining yemirilishi to’xtaydi va aynan (decidua basalis) da homilani oziqlantiruvchi organ, ya’ni yo’ldosh vujudga keladi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin