1. Biriktirilgan guruhda mustaqil ravishda kun tartibini o’tkazish


Interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari



Yüklə 124,25 Kb.
səhifə5/16
tarix26.04.2023
ölçüsü124,25 Kb.
#103018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
mavzu

Interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni shirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Ota-onalar va tarbiyachilar o’rtasida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish.
O‘zbek oilasining o‘ziga xosligi sharqona odob-axloq, rasm-rusum, urf-odat, milliy qadriyat hamda an’analar, ta’lim-tarbiya, ma’naviy yetuklikka intilish kabilarning barhayotligidadir. Bolalarning ta’lim-tarbiya va bilim olishiga asosiy zamin yaratuvchi maskan oiladir. Farzandlarimiz, avvalambor, oilada, ota-onadan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-ona bolaga boshidan ta’lim-tarbiya, nutq madaniyati, odamiylik xislatlarini qunt bilan singdirib borsa, kelajakda u barkamol, sog‘lom, mustaqil fikrlovchi, eng asosiysi, odobli shaxs bo‘lib yetishadi. Inson hayotda bilim olishga intilish, Vatanni sevish, ardoqlash, kattalarni hurmat qilish hamda muomala madaniyatini ota-onadan o‘rganadi. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy, madaniy tarbiya berishning usul va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida bola nutqi va muomalasi alohida o‘rin tutadi. Farzand − ota-onaning baxti va boyligi. O‘z navbatida u ota-onasini astoydil
hurmat qilishi oila ko‘rki sanaladi.

Ota-onaning shaxsiy namunasi bolani tarbiyalashda eng muhim tamoyillardan biridir. Bolalarni yuksak axloqli va odobli qilib tarbiyalash qadim zamonlardanoq barcha xalqlarning orzusi, istagi bo‘lib kelgan. Ota-ona bolasiga mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, o‘zidan kichiklarga shafqatli bo‘lish va g‘amxo‘rlik qilish, yovuzlikka nafrat kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishga harakat qilgan. Bugungi kunda ham farzandlarining ehtiyoj va intilishlari asosida yuksak darajada ta’lim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko‘plab topiladi. Bola har qadamda kattalardan ta’sirlanadi, eshitgan-ko‘rganlariga taqlid qiladi. Ota-onalaridan muloqot madaniyatini o‘rganadi va bu keyinchalik ularning hayot mazmunini begilaydi.


Ota-onalar, avvalambor, bolalarining nutq madaniyatini nazorat qilib borishi, o‘zaro muloqotda nutq madaniyati qoidalariga rioya qilishi, bola nutqini takomillashtirishni to‘g‘ri


yo‘lga qo‘yadi.

Har bir oila umumjamiyat talablari asosida shakllanadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa unda mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanish darajasiga bevosita bog‘liq.





Yüklə 124,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin