1. bob maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi va maktabga motivatsion tayyorgarlikni korreksiyalash


Maktabda o’zlashtirmaslikning psixologik omillari



Yüklə 73,08 Kb.
səhifə4/4
tarix10.07.2023
ölçüsü73,08 Kb.
#136234
1   2   3   4
78 mavzu

2.2. Maktabda o’zlashtirmaslikning psixologik omillari.
Maktabga qabul qilingan 6 yoshlilarni yangi ijtimoiy muhitga moslashtirish maktab psixologi va boshlang’ich sinf o’qituvchisi faoliyatida muhim o’rin tutadi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, maktabdagi o’zlashtirmaslikning asosiy sabablaridan biri bolalarni ta’limga tayyor emasligi, ularning yetilmaganligidir. Ana shu yetilmaganlikni o’z vaqtida aniqlab bartaraf qilish bolani maktabda o’qishga moslashtirish va psixokorreksion ishlar mazmunini belgilaydi.
Bolaning psixologik saviyasini ko’targan holda, o’yin faoliyatidan o’quv faoliyatiga o’tishni ta’minlash zarur.
SHu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda bolalarni yangi hayot bosqichiga moslashuviga yordam beradigan, muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan rivojlantiruvchi mashg’ulotlarga zarurat tug’iladi.
Maktab ta’limiga psixologik jihatdan tayyorlik, birinchidan, bilim olish uchun bolada moyillik va o’quvchining ijtimoiy yoʻnalishi shakllangan bo’lishi, ikkinchidan, o’z tengdoshlari bilan aloqa qila bilishi, o’qituvchining talablarini bajarishi, o’z xulqini nazorat qila olish kabi jihatlarining shakllanganligiga bog’liq. Bular bolani o’quv faoliyatiga «Silliq» o’tishini ta’minlaydi.
Asosiy mezonlardan biri bolaning sog’lom, chidamli bo’lishidir, aks holda dars va butun o’qish kunida unga beriladigan yuklamalariga chidam berishga qiynaladi.
Nihoyat, yana bir muhim va balki eng asosiy tomonlardan biri uning aqliy jihatdan yaxshi rivojlanganligi hisoblanadi. Aynan mana shu xususiyat maktabda olinadigan bilimlar va ko’nikmalarning muvaffaqiyatli o’zlashtirish, intellektual faoliyatni optimal ushlab turish va sinf bilan birga ishlashga ulgurishni belgilaydi.
Mashg’ulotlar jarayonida bolaning bilish psixik jarayonlari: diqqati, fikrlashi, idroki, tasavvuri, xotirasi ular uchun mumkin qadar tabiiyroq hisoblangan shakl − o’yinlar yordamida rivojlantiriladi.
Guruhiy o’yinlardan foydalanish muloqot ko’nikmalari, bir-birini o’zaro tushunish, sherikchilik, o’zaro mas’uliyatni sezish kabi xislatlarni rivojlantirishga ham yordam beradi. Mashg’ulotlar bir haftada ikki marotaba o’tkaziladi va har bir mashg’ulot 30 daqiqaga mo’ljallangan.
Olib boruvchiga tavsiyalar:

  • Bolalarga ko’proq mustaqillik bering. Bolalar «ixtiro»ni o’zlari qilsinlar, tayyor bilimni berishga shoshilmang.

  • Har bir bilimning muhimligini ko’rsatishga harakat qiling, misollar keltiring.

  • Mashg’ulotlarga o’ta qiziqish bilan qarang, ijodiy ko’tarinkilik muhitini vujudga keltira biling.

  • Har bir bola o’z muvaffaqiyatlari, yutuqlarini ko’ra bilsin. Uning «o’sishi»ni, sabr-toqati va shu kabi harakatini aytib boring.

  • Bolaning imkoniyatlari va qobiliyatlarini xolisona baholang. Bir bolani hech qachon boshqa bola bilan taqqoslamang. Masalan: «ko’rdingmi, Alisher topshiriqlarni qanday tez bajardi», uning o’rniga: «sen bugun o’tgan safargi mashg’ulotdagidan ko’ra tezroq bajarding!» Bunday muomala bolada o’z imkoniyatlariga ishonish hissini shakllantirib boradi.

Mashg’ulot o’tish jarayonida taqdim etilayotgan o’yinlar bolalarga quvonch bag’ishlashi, o’z kuchiga ishonch uyg’otishga qaratilganini yodda tutmoq zarur.
Korreksion-rivojlantiruvchi mashgúlotlarning samaradorligini aniqlash maqsadida mashg’ulotlar yakunida bolaning bilish jarayoni, nutqi, shaxslararo munosabatlari, ijtimoiy moslashuv malakalari qayta tashxis etiladi.
Maktabgacha bolalik davrida u yoki bu sababga ko’ra yoshiga muvofiq, to’laqonli rivojlanmagan ko’plab bolalar uchun maktabga kelish murakkab sinov bo’lishi mumkin va ular qator muammolarga duch keladi. Bu kabi alohida qiyinchiliklarning pedagogik psixologiya fanida to’rtta guruhi farqlanadi:


Afsuski, ko’pchilik o’quvchilar uchun bu muammolar hal etilmagancha qoladi. Agar bu holatlarda maktab psixologi, pedagog, ota-onalar tomonidan yordam berilmasa, bolada turli ko’rinishdagi maktab nevrozlari maktabga tayyor emaslikning noadekvat kompensatsiyasi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
SHu sababli maktab nevrozlarini erta diagnostikalash, Korreksiyalash va profilaktika qilish dolzarb va favqulodda muhim muammo sanaladi.
6-9 yoshdagi bolalarda nevrotik holat ichki (ortiqcha xavotir, notinchlik, o’ta senzitivlik kabi) va tashqi ijtimoiy omillar sababli kelib chiqishi mumkin:
- oilada noto’g’ri tarbiya (haddan tashqari g’amxo’rlik, ortiqcha talabchanlik, egotsentrik tarbiya);
- tarbiyasidagi bolaga psixologik savodsiz ta’sir ko’pincha o’quvchini noadekvat baholashga olib keladi;
- kommunikativ malaka va ko’nikmalar yetishmasligi;
- o’quvchi pozitsiyasi shakllanmaganligi.
Bu kabi noadaptiv xulqni psixologlar didaktogen yoki maktab nevrozi deb ta’riflaydilar. Bu o’rinda nevroz tibbiy jihatidagi tor ma’noda emas, balki ko’proq maktab hayotidagi u yoki bu murakkabliklarga noadekvat reaktsiya qilish ma’nosida tushuniladi.
Yana bir tez-tez uchraydigan holat "Psixogen maktab dezadaptatsiyasi’’ muammosidir. Mazkur muammo, fikrimizcha, favqulodda dolzarb bo’lgani bois uning xususiyatlari ustida yana bir bor to’xtalamiz.
Psixogen maktab dezadaptatsiyasi bola shaxsining maktab va oiladagi ob’ektiv mavqeini buzadigan psixogen reaktsiyalar, kasalliklar va tuzilmalarni aks ettiradi.
Odatda, maktab nevrozlari besabab agressivlik, maktabga borishdan qo’rqish, darslarga kirmaslik, sinf taxtasi yonida javob berishdan bosh tortish va shu kabi me’yordan chetlangan dezadaptiv xulqda namoyon bo’ladi.
A.M. Prixojanning fikricha, maktab xavotirliligi emotsional beqarorlikning nisbatan yengil shakli bo’lib, hayajon, o’quv vaziyatlarida, sinfda ortiqcha notinchlik, o’ziga nisbatan yomon munosabat, pedagoglar, tengdoshlari tomonidan salbiy baho kutishda namoyon bo’ladi.
Maktab nevrozlari namoyon bo’lishining diapozoni ancha keng, bu ularni tashxislashda aniq mezonlarni belgilashni qiyinlashtiradi. SHu bois maktab nevrozlarining oldini olish va Korreksiyalash uchun kompleks o’yinlar zarur. Ular kichik o’quvchi shaxsi rivojlanishini erta tashxislash, uning yosh va individual xususiyatlari va imkoniyatlarini, o’qituvchilar va ota-onalar bilan doimiy ishlashni talab etadi.
Maktab nevrozlarini tadqiq etish uchun bolani uning maktab va maktabdan tashqari hayotida turli vaziyatlarda kuzatish, o’qituvchilar, ota-onalar, o’quvchilar bilan suhbatlashish va maxsus psixodiagnostik metodlar zarur. Olingan barcha natijalarni professional talqin qilish psixologga bola muammolarini hal etish imkonini beradi.
Maktab psixologik amaliyotida maktab nevrozi bo’lgan bolalarning bir necha turi farqlanadi:
1. Xulqida aniq chetlanishlar bo’lgan bolalar (darsda o’zlarini yomon tutadi, dars paytida sinfda turib yuradi, o’qituvchiga qo’pollik qiladi, boshqarish qiyin, faqat sinfdoshlari emas, o’qituvchiga ham agressiv). Odatda, yomon o’qiydi, o’z-o’zini yuqori baholaydi. Ular uchun giperdinamik sindrom, patologik fantaziya sindromi xarakterli. Ko’pincha o’qituvchilar bunday bolalarni pedagogik “qarovsiz”, yoki xatto aqli zaif deb hisoblaydilar.
2. SHunday holatlar bo’ladiki, yaxshi o’zlashtiradigan, darsda o’zini yaxshi tutadigan o’quvchilar ortiqcha yuklama yoki emotsional hayajon natijasida birdan o’zgarib qoladi. Ularda depressiya, apatiya paydo bo’ladi. O’qituvchilar o’quvchini go’yo almashtirib qo’yishadi, u o’qishga qiziqmay qo’ydi deb aytadilar. Bola maktabga borishdan bosh tortadi, qo’pollik qila boshlaydi. Nevrotik depressiya, bog’lanishli hodisalar sindromi kabilar kayfiyat tushishi, emotsional labillik, xavotir fonida namoyon bo’ladi. Ba’zan bu guruh bolalarida autizm, to’liq yoki qisman mutizm kuzatiladi.
3. Bu guruh murakkabligi shundaki, tashqi ko’rinishdan muvaffaqiyatli (o’zlashtirish yaxshi, hulq qoniqarli) bolalarda emotsional nomaqbullik alomatlari (javob berishga qo’rqish, og’zaki javob berganda qo’l titrashi kuzatiladi, sekin gapiradi, doim bir chekkada yuradi) kuzatiladi. O’z-o’zini baholash odatda past, ko’ngli nozik, senzitivlik, xavotirlilik darajasi baland. Uyatchanligi, ortiqcha xavotirliligi bois o’z qobiliyatlarini to’liq namoyon qila olmaydi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, bunday bolalarda noverbal intellekt verbaliga nisbatan ancha yuqori. Ular faqat yakka tartibda ishlaganda ochiladilar. Bu bolalar uchun fobik va qo’rquv sindromlari xarakterli.
Qo’rquvlarning yana bir alohida guruhini ajratish mumkinki, u biror faoliyatda nomuvofiq bo’lib qolish, atrofdagilarning umidini oqlamaslikdan qo’rqish bilan bog’liq. Bunday o’quvchilarda maktab qo’rquvi o’ta qadrli qo’rquvlarning o’ziga xos ko’rinishi sifatida kuzatiladi. Buning sababi maktabda intizomni buzgani uchun jazodan, qattiqqo’l o’qituvchidan qo’rqish kabilar bo’lishi mumkin. Natijada bola maktabga borishdan bosh tortishi mumkin. Turli psixosomatik hodisalar − harorat ko’tarilishi, bosh og’rig’i, qusish va boshqalar yuzaga kelishi mumkin.
Maktab nevrozlarida psixologik himoya xarakteri va namoyon bo’lishi eng avvalo bolaning oliy nerv faoliyati tipi, uning oiladagi tarbiyasi xususiyatlari, psixik jarohatlovchi vaziyatga bog’liq bo’ladi. Maktab nevrozlarini tashxislashda psixolog, avvalo, noadekvat psixologik himoya shakllariga duch keladi. Bu kabi himoya mexanizmlarini ochib berish nevrotik bolalar bilan ishlashda diagnostik bosqichning eng muhim vazifalaridan biridir.
Demak, maktab nevrozlari bola va kattalarning ahamiyatli munosabatlari, bolaning maktab o’zaro hamkorligi tizimida o’z-o’ziga munosabatlari buzilishi sifatida qaralishi mumkin. Bunda nomuvofiqlik va jazodan qo’rqish dezadaptiv xulqni keltirib chiqaradi. SHu bilan bog’liq ravishda go’yo ikkita xulq strategiyasi farqlanadi:
1. «So’rovchi» strategiyasi − tobe pozitsiyasi;
2. Negativ, agressiv hulq strategiyasi (mustaqil).
Zamonaviy tarbiya va pedagogik faoliyat o’z ishining ustalari o’yin pozitsiyasini albatta qo’llaydilar, mashg’ulotlar, darslar muhitini quvonch, yoqimli syurprizlar bilan boyitishga harakat qiladilar. Tarbiyachi, pedagog, ota-onalarning o’yin pozitsiyasi o’z-o’zidan psixoterapevtik bo’lib, «Katta odam-bola», «O’qituvchi-o’quvchi» o’zaro munosabatlari gumanizatsiyasiga ko’maklashadi. Maktabgacha muassasa va maktab psixologining asosiy vazifasi ham shu, uni shakllantirishga intilish lozim, zero, u ham kattalar ham bolalarning nerv quvvatini tejash imkonini beradi. Unutmaslik kerakki, o’yin nafaqat boshqalarni tarbiyalash, balki o’z-o’zini boshqarishning ham qudratli quroli, u ijodiy, bilish faoliyatining boshqaruvchisi, tarbiyachi, pedagog, ota-ona hulqi nozikligini ta’minlaydi.
Ta’limning dastlabki oylarida maktab psixologining birinchi sinf o’quvchilari bilan olib boradigan asosiy ishlari quyidagilardan iborat:
a) maktabga moslashishga qiynalayotgan bolalarni aniqlash;
b) bu bolalarga psixologik yordam ko’rsatish.
Bu vazifani bajarish uchun bolani maktabga moslashishdagi qiyinchilik ko’rsakichlarini aniqlash lozim. Ko’rsatkichlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) O’quv materialini o’zlashtirishda;
2) O’qituvchi talablarini bajarishda qiynalish, o’quv vazifalarini bajarishda ixtiyoriylik xususiyatlari, harakat aktivligining o’zgarishi, bolaning emotsional xususiyatlari, o’qishga, maktab hayotiga qiziqishlari, o’qituvchi va tengdoshlari bilan muloqotga erishishlaridagi qiyinchiliklaridir.
Bolani har tomonlama psixologik tayyorlab, keyin u bilan olib boriladigan tuzatish ishlarini ko’rsatish mumkin. Maktablarda "Moslashish" sinflarining ochilishi bu muammoni hal qilishga oz bo’lsada imkon beradi. Psixolog tuzatish metodlarini rejalashtirayotganda bolani maktabga moslashishiga ijobiy ta’sir etadigan omillarni, ya’ni o’quvchining o’zini to’g’ri baholashi, oilada to’g’ri tarbiyalanishi, oiladagi kelishmovchiliklarning bartaraf etilishi, tengdoshlar orasida bolani hurmat qozonishini hisobga olish lozim. Maktab psixologining o’zlashtira olmovchi boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan olib boradigan ishlari uning faoliyatidagi amaliy yoʻnalishni tashkil etadi. Psixolog bunday o’quvchilar bilan olib boradigan ishining asosiy yoʻnalishlari haqida gapirishdan oldin o’zlashtira olmaslik sabablarini ko’rib chiqamiz. Maktabgacha yosh davridan maktab yoshi davriga o’tish ancha qiyin kechadigan davrdir. Yetti yoshdagi qiyinchilik bu shunday keskin burilish yoshini tashkil etib, unda maktab yoshining barcha davrlari o’z ifodasini topadi. Odatda maktabga borish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar va muammolar quyidagilardan iborat:

Bu qiyinchiliklar bola rivojlanishning yangi ijtimoiy sharoitlarida asta-sekin o’z ifodasini topadi. Psixologlar maktabdagi psixogen buzilish bolalar sinfda o’qishdagi qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlaridan biri deb ko’rsatadilar.
O’qituvchi bolalarda uchraydigan har qanday qiyinchilikni uning o’zlashtirishi bilan bog’laydi. Bunda bolani baholash odatdagidek o’ziga xos shaklda bo’ladi, a’lochi, demak, yaxshi o’quvchi, past baho olsa – yomon o’quvchi. Masalan, maktabda yomon o’zlashtirgan o’quvchining ota-onasi chaqirtiriladi, g’azablangan o’qituvchi ularga o’z farzandlariga yomon qarayotganliklarini, yomon tarbiya berayotganliklarini, ular bilan kam shug’ullanayotganliklarini aytib noliydi. Yana ham achinarlisi o’qituvchi sinf oldida yuqori ovoz bilan bolani so’kadi va kamsitadi. Ko’pchilik xatoni eng tajribali o’qituvchilar ham o’zlashtirmasligi sababini o’quvchining dangasaligi, noshudligi, tarbiyasizligi bilan baholashga urinadilar. O’qituvchi o’zlashtirmaslikning haqiqiy sabablari to’g’risida kamdan kam o’ylaydi va tabiiyki, uni bartaraf qilishning o’ziga xos chora-tadbirlarini izlaydi. O’zlashtirmaslik muammosi bizning rahbarligimizda Z.SH.SHerimbetova tomonidan o’rganilgan hamda u tomonidan o’zlashtirmaslik psixokorreksiya siga bagishlangan korrreksion dastur tuzilgan1.
Maktab ta’limiga tayyorlikni aniqlashdan asosiy maqsad tayyorgarligi yetarli bolalarni ajratib olish emas, balki bilim, malaka va ko’nikmalarini o’rganish davomida bolaga individual yondashishni ta’minlash bo’lib, ta’lim jarayonida unga insonparvar munosabatda bo’lishni ko’zlaydi.
Bolaning maktabga psixologik tayyorligini aniqlash tartibi pedagogik va yosh psixologiyasida yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan. Tashxis shartlari tobora maqbul sanaladi, bu bolalarni bog’chada aprel-may oylarida tekshirish bo’lib, uning natijasida bolaning psixik rivojlanish kartasi tuziladi, u tibbiy karta bilan birga maktab psixologiga beriladi.
Bo’lajak 1-sinf o’quvchisini bog’chada tekshirish maqsadga muvofiq, chunki u o’zi uchun odatiy sharoitda, tekshirish esa guruh bilan yoki yakka tartibdagi mashg’ulotga o’xshab ketadi. SHunday qilib, bolaning stress holati tugatiladi, yo minimal darajagacha kamaytiriladi. Tekshirishni ikki-uch usulga bo’lish mumkin. Masalan: Kern-Yirasek testini bir necha usulda o’tkazish mumkin.
Yig’ma jadval quyidagi ruknlarga ega:
1. Sana.
2. Tekshirish yoki boshqa ishlarni o’tkazish sababi.
3. Keyingi ish uchun savollar.
Keyin bola bilan ishlarning muayyan natijalari keltiriladi:
1. Avvalgi bosqichlarda ta’lim, tarbiya, rivojlanishidagi xususiyatlari haqida ma’lumot.
2. Sog’lig’i haqida ma’lumotlar.
3. Diagnostik ish (qo’llangan metodlar, natijalar) haqida ma’lumot.
4. Psixokorreksion va rivojlantiruvchi ishlar haqida ma’lumot.
5. Tarbiyachi, ota-onalar bilan hamkorlikdagi ish haqida ma’lumot (suhbatlar yozuvi, ular bolaga bergan tavsifnoma: psixolog tavsiyalari; birgalikda qilingan qarorlar, qaror va tavsiyalarni bajarishning borishi va natijalari tahlili.)
6. Uchinchi tomonlar va instantsiyalar uchun psixolog bola haqida bergan xulosalar nusxasi.
7. Psixologning bola haqida so’rovlariga mutaxassislardan olingan xulosalar.
8. Qo’shimcha ma’lumotlar, alohida belgilar.
Kasb etikasi axborotlarning begonalardan holi tutilishini talab etadi. Kartaga faqat psixolog, uning kasbi bo’yicha rahbari haqli. Ma’muriyat, tarbiyachilar kartada mavjud ma’lumotlardan faqat psixolog bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Bolani maktabga qabul qila oladigan psixologik tekshirishning asosiy maqsadi ular bilan maxsus rivojlantiruvchi ish olib borishga muhtoj bolalarni aniqlash. SHu maqsaddan kelib chiqib psixologik kartada bolaning tekshirish davridagi rivojlanishini aks ettirgan barcha ruknlarni (qo’llanilgan diagnostik metodlar va olingan natijalar bayoni bilan) to’ldirish, bolaning asosiy (aqliy, shaxsiy) muammolarini qayd etish va zarur rivojlantiruvchi ishlar rejasini belgilash zarur.
Bola rivojlanishi ildamlab ketgan holda ham karta to’ldirish haqidagi yuqorida aytilganlar aksincha belgi bilan amal qiladi. Bunda bo’lg’usi o’quvchiga (bog’chada, uyda, keyinroq maktabda) individual yondoshuvni belgilash lozim, toki o’rtacha o’quvchiga mo’ljallangan o’quv dasturi uning rivojlanishi sur’atlarini pasaytirmasin.
Yoshiga nisbatan talablarga psixik rivojlanish darajasi to’liq mos kelmagan bolalar bilan ishlashning o’ziga xosligi, eng avvalo o’yin faoliyatidan maqsadli foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Yuqorida aytilganidek, o’yin faoliyati davomida to’laqonli o’yin faoliyatini muvaffaqiyatli egallash uchun zarur omillar shakllanadi. Rivojlantiruvchi ishlar uchun 1-2-3 oyni «bag’ishlashdan» qo’rqmaslik kerak, uni o’z vaqtida boshlash va malakali o’tkazish maktab dezadaptatsiyasi, uning barcha oqibatlarini oldini olish imkonini yaratadi.
Bir qarashda, o’ta sodda mashq va topshiriqlar, xotira, nutq, ixtiyoriy soha va diqqatni rivojlantirishga qaratilib, bola rivojlanishi darajasini dastlabki diagnostikalashda ham qo’llanishi mumkin.
Mutaxassislar xotiraning bir necha turini − sensor, qisqa muddatli, uzoq muddatli xotirani farqlaydilar. SHuningdek, eslab qolinadigan material xarakteriga ko’ra: ko’rish-motor, verbal, mantiqiy xotira farqlanadi. Biroq ularni sof holda ajratish ancha qiyin, zero real voqelikda ular bir butun holda yoki ma’lum birlikda mavjud bo’ladi:
A) Ko’rish-motor xotira namuna bo’yicha ishlash uchun zarur
(taxtadan kitobdan ko’chirish, xatolar bilan ishlash);
B) Verbal-motor xotira (topshiriqni bajarish tartibi ko’rsatilgan og’zaki yoʻriqnoma bo’yicha ishlash: grafik diktant, harf elementlari, geometrik figuralar, naqshlarni aytib turganiga ko’ra yozish);
B) Mantiqiy xotira (mazmun guruhlariga birlashtirish mumkin
bo’lgan so’zlar ketma-ketligini eslab qolish, syujetli hikoyalarda
voqealar ketma-ketligini eslab qolish va sh.).
Bola diagnostik topshiriqlarni bajarganida qandaydir nuqsonlar, chetlanishlar sezilsa, bu uning tegishlicha xotira turi yetarli shakllanmaganidan dalolatdir. Tashxis to’g’riligiga ishonch hosil qilish, psixologik metodikalardan mashqlar tanlash va diqqatni shakllanmagan xotira turiga qaratish kerak.
Ko’rish-motor va ko’rish xotirasi rivojlanishi uchun bolaning namunaga ko’ra ishlashini tashkil etish zarur, uni bosqichli amalga oshirish lozim: dastlab bola namunaga doimiy tayanib ishlaydi, keyin namunani ko’rish uchun vaqt, taklif etilgan ish murakkabligiga ko’ra 15-20 soniyaga qisqartirib boriladi. Bu kabi mashqlarni rasm yopishtirish, sinf taxtasidan ko’chirish, konstruktor bilan ishlash, kataklar bo’ylab naqsh chizish kabi faoliyat turlarida qo’llash maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, bolalar u yoki bu syujetli rasm bo’yicha hikoya qilishni yaxshi ko’radilar, uning mazmunini avval o’rganib, so’ng xotiraga ko’ra qayta tiklaydilar.
Xotirani rivojlantirish uchun 8-10 predmet bilan mashqlardan foydalanish mumkin, bola ularni diqqat bilan o’rganib keyin sanab berishi kerak va sh. Bu kabi topshiriqlarni o’ylab topish oson, buning uchun ko’rish motor va ko’rish xotirasini rivojlantirish uchun mashqlar shartlar, materiallar, o’yin syujetlari variantlanadi.
Verbal-motor xotirani rivojlantirish uchun ko’rish-motor xotira uchun tavsiya etilgan mashqlarda namuna o’rniga og’zaki tavsiya yoki taklif etilgan faoliyat bo’yicha yoʻriqnomani qo’llab, foydalanish mumkin.
Mantiqiy xotirani rivojlantirish uchun 10-15 so’zdan qandaydir predmetlarni turli belgilariga ko’ra guruhlash (keyin, idish-tovoq, hayvonlar va sh.k)ga oid mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qayta tiklash xarakteri bolada umumlashtirish mexanizmlari shakllanganligidan dalolat beradi.
SHakllangan ko’rgazmali-obrazli tafakkur nima? Ko’rgazmali-obrazli tafakkur rivojlanishi darajasi yuqori bo’lgan bola faoliyatning istalgan turini yaxshi bajaradi, ayniqsa, ko’rgazmali namuna asosida ishlash, predmetlar o’lchovi va shaklini nisbatlash malakasi talab etiladigan vazifalarni oson bajaradi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur uchun, avvalo, tasavvur qilish va keyin konkret predmetli asosda topshiriqni bajara olish xarakterli.
Mantiqiy tafakkur bolada asosiy mantiqiy operatsiyalar: analiz, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish qobiliyati bo’lishini ko’zda tutadi.
Ko’rgazmali-amaliy tafakkurni shakllantirishning eng samarali usuli predmetli faoliyat bo’lib, konstruksiyalash (loyihalash), shuningdek, syujetli rolli o’yinlar, mantiqiy topshiriq topishmoqlarini topish, boshqotirma va sh.k. namoyon bo’ladi.
Mantiqiy fikrlash rivojlanishi uchun quyidagi mashqlar yordam beradi:
a) «To’rtinchisi ortiqcha»: boshqa uchtasi uchun umumiy bo’lgan
ma’lum belgisi bo’lmagan predmetni topish ko’zda tutiladi (buning
uchun loto kartochkalaridan foydalanish qulay).
b) hikoyaning tushirib qoldirilgan qismini o’ylab topish. Hikoya
o’ylab topish mantiqiy fikrlash bilan bir qatorda bola nutqi
rivojlanishi, uning so’z boyligi ortishi uchun katta ahamiyat
kasb etadi, fantaziya va ko’z oldiga keltirishni (tasavvurni)
rivojlantiradi.
v) Mantiqiy topshiriqlar va cho’plar, gugurt cho’plari bilan topshiriqlar (ma’lum miqdordagi gugurt cho’pidan figura yasash, boshqa tasvirga ega bo’lish uchun bir yoki bir necha cho’p joyini almashtirish).
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda harakatlar koordinatsiyasi va aniqligi shakllanmaganligi ham tez-tez kuzatiladi, ko’plab bolalar o’z tanasini boshqara olmaydi. Harakatlar koordinatsiyasi qo’lning mayda motorikasi shakllanmaganligi bolaning to’g’ri chiziqni chiza olmasligi, «labirint bo’ylab o’ta olmasligi», ozoda qilib qog’ozdan doiracha qirqa bilmasligi, yelimlashni eplay olmasligi va shu kabilarda namoyon bo’ladi.
Ko’plab psixologik tadqiqotlar ko’rsatishicha, bu ko’nikmalarning rivojlanganligi va bolaning umumiy psixik rivojlanishi hamda aqliy rivojlanishi o’rtasida bog’liqlik mavjud.
Harakatlar koordinatsiyasi va nozik motorika rivojlanmaganligi sabablari quyidagicha bo’lishi mumkin:
- asl grafik ko’nikmalar shakllanmaganligi;
- bolaning umumiy sog’lig’i holati yomonligi;
- DSP yoki boshqa jarohatlar oqibatlari;
- bolaning namunani, uning ayrim detallarini ko’rish, idrok etishga qodir emasligi;
- ko’rish o’tkirligining pasayishi.
Tashxisda xulosalarni shoshilib chiqarmaslik uchun avval bolalardan ko’rganini, ichki namunani batafsil tavsiflashni so’raladi, u bilan tasvir detallari tahlil qilinadi. Tavsiflashda yoʻl qo’yilgan xatolarga asosiy e’tibor qaratiladi.
Qo’lning aniq motorikasi rivojlanishi uchun konstruktor, tikish, qirqish (ayniqsa, qaychini qog’ozdan ajratmasdan ohista qirqish), yopishtirish, chizish, mozaika taxlash, applikatsiya kabilardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Harakatlar koordinatsiyasi rivojlanishi uchun sport, jismoniy mashqlar, aerobika, raqs bilan shug’ullanish tavsiya qilinadi.
Fonematik eshitishni rivojlantirish bolaning o’qish va yozishni mukammal egallashi uchun zarur omil bo’lib, umuman savod o’rgatish uchun zaruriy shartdir.
Odatda, diagnostikaning bu funksiyasini logoped bajaradi. SHu sababli bolada bu sohaga oid aniq chetlanishlar ko’zga tashlanganida ota-onalarga logoped mutaxassisga murojaat etish zudlik bilan tavsiya etiladi, toki o’z vaqtida zarur ishni boshlash imkoni boy berilmasin.
Bolaning maktabga tayyorligining asosiy ko’rsatkichlaridan biri uning ixtiyoriyligi bo’lib, barcha psixik funksiyalar va butun xulq-atvorning to’laqonli amalda bo’lishini ta’minlaydi.
Ixtiyoriylik yetarlicha rivojlanmagan bolalar o’quv jarayoniga sust kirishadi va xatto aqliy rivojlanishi me’yoriy darajada bo’lsa ham «o’zlashtirmovchilar» guruhiga tushib qolishi mumkin. SHu bois ixtiyoriylik rivojlanishiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq.
Ixtiyoriylikning rivojlanishi murakkab jarayon, u ongli o’z-o’zini boshqarishning yaxlit sistemasi majburiy shakllanishini talab etadi. Bu sistema bajarilayotgan faoliyat maqsadini tutib turish qobiliyatidan iborat ijro harakatlari dasturini tuzadi.
Ixtiyoriylikni rivojlantirish bo’yicha eng samarador faoliyat, avvalo loyihalash bo’lib, uni bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun universal vosita sifatida qarash mumkin. Ko’rgazmali namuna bo’yicha loyihalash − ixtiyoriylikni shakllantirishning birinchi bosqichi. Ixtiyoriy o’z-o’zini boshqarishni keyingi takomillashtirish faoliyat shartlarini maqsadga yoʻnaltirilgan holda murakkablashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ixtiyoriylikni rivojlantirish maqsadida tanlangan topshiriq va o’yinlar bolada ixtiyoriy o’z-o’zini boshqarish sistemasining barcha bo’g’inlarini rivojlantirish va takomillashtirishga yordamlashishi kerak.
Loyihalashtirishning keng imkoniyatlari konstruktorlarning murakkablik darajasiga ko’ra turli tiplarini bolaning ixtiyoriyligi rivojlanganligining dastlabki darajasiga bog’liq holda tanlash imkonini beradi. Kubiklar bilan o’yinlar, turli materiallardan applikatsiyalar yasash yaxshi samara beradi.
Ixtiyoriylikni shakllantirishning birinchi bosqichi namuna asosida ishlashga o’rgatishdir. Masalan, «namuna asosida o’yin qurish» topshirig’ini ko’rib o’tamiz. Qurilish materiali vazifasini kubiklar, konstruktor detallari, applikatsiya fragmentlari o’tashi mumkin. Ularning soni loyihalash uchun talab etiladigan miqdordan ortiq bo’lishi kerak, toki bola bloklarni to’g’ri tanlash, ularni shakl va rangiga ko’ra nisbatlashga o’rgansin.
Ishga kirishish oldidan bolaga «qurib bitqazgan» uy namunasini diqqat bilan qurib chiqish tavsiya etiladi.
Bola topshiriqni bajarayotgan vaqtda quyidagi holatlarga e’tibor berish zarur:
1. Bola uyni keltirilgan namunaga qat’iy muvofiqlikda qurishi lozim. Bu bola qo’yilgan maqsadni aynan shu uyni ya’ni o’zi o’ylab topgan, yoki tasodifan qurilib qolgan emas, namunadagi uyni qurishi kerak.
2. Topshiriqni qoidaga muvofiqlashtirish uchun bola yig’ishning ma’lum ketma-ketligiga amal qilishi, ya’ni ijro harakatlarining aniq dasturi(algoritm)ga ega bo’lishi kerak.
3.Agar bola faoliyat shartlarini: konstruksiya bloklari o’lchami, shakli va rangini to’g’ri ajrata olsa, dasturni amalga oshirish mumkin. Demak, bola faoliyatning ahamiyatli shartlarining adekvat modelini shakllantira olsa, dasturni amalga oshira oladi.
4. Agar bola ish jarayonida teskari aloqani amalga oshirmasa, xatolarga yoʻl qo’ygani holda o’z harakatlarini to’g’rilamasa shakllangan maqsad shartlar modeli va ijro harakatlari dasturi mavjudligi to’g’ri yig’ishga zamin bo’la olmaydi. Buning uchun u ish davomida harakatlari natijasini namuna bilan taqqoslab borishi lozim.
5. Yig’ishni tugatgach, boladan uning natijasi, ya’ni namunaga muvofiqlik aniqligini baholash so’raladi.
Bola yig’ish bosqichlarida xatolarga yoʻl qo’ygan bo’lsa, u bilan loyihalashtirishda xatolar sabablarini tahlil qilib chiqiladi. SHundan keyin undan zarur o’zgartirishlarni qilish so’raladi.
Ko’rgazmali namuna asosida loyihalashtirish ixtiyoriylikni shakllantirishning birinchi bosqichidir. Keyingi bosqichda bolaga shu kabi ishni real sharoitda emas, uy rasmi namunasi asosida bajarishni tavsiya etish mumkin. Bunda tasvirning ikki varianti mavjud;
a) to’liq − bunda inshootni tashkil etuvchi barcha detallar
sxematik rasmda keltiriladi.
b) kontur tasvir − detallashtirishsiz.
Keyingi topshiriqlar murakkablashtiriladi va og’zaki tavsif bo’yicha, keyinroq o’z g’oyasi bo’yicha loyihalashtirishni ko’zda tutadi. So’nggi holatda bola ish avvalida o’zi o’ylab qo’ygan qurilish xususiyatlarini batafsil aytib berishi lozim.
Ixtiyoriylikni rivojlantirish bo’yicha keng tarqalgan o’quv faoliyati sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan mashqlardan biri «grafik diktant» bo’lib, bajarishning ikki sharti: tavsif etilgan namuna asosida va ularning yoʻnalishi ko’rsatilgan holda bajariladigan ishni ko’zda tutadi.
Ixtiyoriylik funksiyasi istalgan produktiv va o’quv faoliyati turi uchun tayanch funksiya sanaladi, zero u barcha psixik jarayonlar – idrok, xotira, tafakkur, diqqat, hulq-atvor reaktsiyalari boshqaruvini ta’minlaydi. SHu bois mashqlarni bajarish o’quv faoliyatini muvaffaqiyatli egallash asosidir.
Xotira, tafakkur, motorika, ixtiyoriylik rivojlanishidagi birinchi sinfga kelgan va maktab ta’limiga tayyor bo’lmagan bolalar uchun tobora xarakterli bo’lgan tipik nuqsonlarga to’xtaldik. Biroq bu psixik funksiyalarni ajratish juda shartli ravishda bo’lib, hayotda istalgan faoliyat turini amalga oshirish ularning birgalikdagi o’zaro bog’liq ishtirokini talab etadi. SHu bois yuqorida sanab o’tilgan topshiriqlarning har biri, aslida, bolaning psixik va aqliy rivojlanishi umumiy darajasi ortishiga ko’maklashadi.
Kattalar uchun mo’ljallangan testlarni kichik maktab yoshidagi bolalarga qo’llashda ma’lum cheklashlar mavjud. Bu cheklanishlar shaxslararo munosabatlar, shaxs va idrokni tahlil qilishga mo’ljallangan testlarga tegishlidir. Kattalar uchun qo’llanilayotgan intellektual (aqliy) testlarning ko’pchiligi so’z-mantiqiy tafakkurning rivojlanish darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu xususiyat kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida taraqqiy etib, o’smirlik davriga kelib rivojlanishi tugallanadi. Amaliyot va hayotdagi o’rniga ko’ra kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli tafakkur so’z-mantiqiy tafakkurdan ustun turadi. Bundan tashqari katta odamlar uchun mo’ljallangan testlar ularning hayotiy tajribasini hisobga olgan holda tuziladi.
SHuning uchun bu testlar kichik bolalarda qo’llanganda jiddiy yondashish va soddalashtirilishi lozim. Ba’zan kichik maktab yoshidagi bolalar uchun yangi variantdagi testlar tuzishga to’g’ri keladi. Bu holatda yangi muammo tug’iladi, ya’ni bir psixologik sifatni tuzilishi va ma’nosi har xil testlarning natijasini solishtirish orqali aniqlash lozim bo’ladi.
Tavsiya etilayotgan psixodiagnostik metodlar tizimi maktabga kirayotgan kichik yoshli bolalarning va boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy jarayonlarini, shaxsiy va shaxslararo munosabatlarini, ulardagi amaliy ko’nikmalarni baholash maqsadida foydalaniladi. Bu tizim asosida bolalarni maktabga psixologik tayyorgarligini, ularning boshlang’ich sinflarda o’zlashtirish darajasini baholash mumkin. Bunday psixodiagnostik baholash komplektsiga quyidagilar kiradi:
1. Atrof-muhitda umumiy mo’ljal olish.
2. Bolalarning maktab ta’limiga munosabati.
3. Diqqat-e’tibor.
4. Xotira.
5. Tafakkur.
6. Nutq.
7. Badiiy-tasviriy qobiliyat.
8. Maktab malakasi va ko’nikmalari.
9. Muvaffaqiyatga erishish motivlari,
10. SHaxs xususiyatlari.
11. SHaxslararo munosabatlar.
Bu to’plamga kiritilgan metodikalardan foydalanib, bolaning maktabga tayyorligi yoki tayyor emasligini baholash va o’z rivojlanishidan oldinda borayotganligini aniqlash mumkin. Bu usullar bolaning qobiliyatlarini aniqlash va u bilan maqsadga muvofiq holda mashg’ulot olib borishga yordam beradi. Metodikalar to’plami maktabdagi ma’lum bir tarbiyaviy ishlarning samaradorligini to’g’ri baholash imkonini berish bilan birga 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’rganishda qo’llash mumkin bo’lgan usullarni ham o’z ichiga oladi. Bu usullar yordamida olingan baholar bitta yagona standart tizimga o’tkaziladi va kichik maktab yoshidagi maktab o’quvchisining psixologik rivojlanishi individual xaritasiga yoziladi.
To’plamga 3 xil tipdagi metodikalar kiritilgan.
1. Bola endi maktabga kirayotganda qo’llaniladigan uslublar.
2. Maktab ta’limiga tayyorgarligini va ruxiy rivojlanganligini baholovchi testlar.
3. Bolaning ruhiy rivojlanishini aniqlovchi testlar.
Bolalar uchta asosiy sohada − bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar asosida psixologik jihatdan o’rganiladi. Agar bolaning ruhiy rivojlanish darajasi baholanishi zarur bo’lsa, ularning har biri maxsus usullar bilan baholanishi mumkin.
Bu to’plamdagi metodikalar diqqat, tafakkur, xotira, nutq va idrokning rivojlanish darajasini aniqlaydi. Birinchidan, bola tarbiyasiga ta’sir etuvchi holatlar, ikkinchidan, o’qitish va tarbiya ta’sirida shakllanadigan xususiyatlar, masalan: diqqat-e’tibor, xotira, idrok, tafakkur, nutq, tasavvur, muvaffaqiyat motivasiyasi va shu kabilar. Har bir metodika bitta ko’rsatkichni baholashga imkon beradi va 5-10 minut vaqt talab qiladi. Har bir bolani har tomonlama tekshirish uchun 3-6 soat vaqt kerak bo’ladi. Tavsiya etilayotgan uslublar yordamida bolani psixodiagnostika qilish quyidagi vazifalar yechimini beradi:
1. Mazkur bola qanday rivojlanayotganligini aniqlash.
2. Boladagi layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida aniqlash.
3. O’qishdan ortda qolish yoki noto’g’ri tarbiyaning sababini topish.
4.Kelajakda tanlanadigan kasbga tayyorlanish va tanlash uchun bolaga, o’qituvchiga va ota-onalarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish.
Bu metodikalar yordamida bolani tekshirishda vaqtni tejashning yana bir usuli yakka tartibda emas, balki guruhiy tekshirish olib borishdir. Bu shart-sharoitlar to’g’risida har bir uslubdan keyin yozma izohlar beriladi.
Psixodiagnostik tekshirishga kirishishdan oldin quyidagilarni bajarish lozim:
1. Metodika matnini diqqat bilan o’qib, tanishib chiqish kerak.
2. Izohlar mavjud bo’lsa, uni o’qish lozim.
3. Metodikani qo’llash uchun kerakli narsalarni tayyorlash.
4. Metodika yordamida hech bo’lmasa 1 ta bolani sinov uchun mukammal tekshirib, natijalarni tahlil qilib ko’rish lozim.

XULOSA

Maktabga qabul vaqtidagi tekshirish bolalarni saralash, boshlanish vaqtiga emas, balki ularning sistemali ta’lim psixik rivojlanishi xususiyatlarini o’rganish maqsadida o’tkazilar ekan, u bo’lg’usi o’quvchilarga individual yondashuv uchun asos bo’lishi mumkin. Uni o’tkazish paytida ota-onalar ishtirokiga ruxsat beriladi.


Topshiriqlarni bajarish tugagach, zarur hollarda tekshiruv natijalari asosida ota-onalarga bolani qolgan vaqtda maktabga yanada yaxshiroq tayyorlash borasida tavsiyalar beriladi.
Tekshiruv paytida bolalar bilan erkin do’stona muloqot o’rnatish zarur. Barcha topshiriqlar bola tomonidan o’yin sifatida qabul qilinishi, muhit esa bolaning erkin bo’lishi va o’zini qulay sezishiga yordamlashishi kerak. Bola xavotirda bo’lib, javob berishga qo’rqsa, psixolog emotsional quvvatlashni namoyon etishi, xatto bolani quchoqlashi, silab qo’yishi va u barcha berilgan topshiriqlarni uddalay olishiga ishonch bildirishi lozim. Ta’kidlash joizki, bu kabi taktikani barcha sinalayotgan bolalarga nisbatan qo’llash tavsiya etiladi, chunki bolalar uchun kattalarning ma’qullashlari juda muhim va ularga o’zini qulay sezishi uchun imkon beradi.
Bolaning psixik rivojlanishi natijalari psixik rivojlanish kartasiga kiritilishi kerak: birinchi betda bola haqida rasmiy ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, oilasi haqida ma’lumot kiritiladi. Keyin «bola bilan ishlash haqida yig’ma ma’lumotlar» jadval o’tkazilishga ko’ra to’ldiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar





  1. Vasila Karimova “Psixologiya “, Toshkent, 2000.

  2. Foziev E. “Umumiy psixologiya “ 1-kitob, Toshkent, 2004

  3. “Psixologiya atlasi” M.Gomezo tahririda Moskva 1986

  4. M.G.Davletshin. “Psixologiya”, Izohli lug`ati, Toshkent 1998

  5. M.G.Davletshin. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 2002.

  6. Foziev E. «Umumiy psixologiya», 2 –kitob, Toshkent, 2004.

  7. A.V.Petrovskiy. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 1992.

  8. Anastazi A. Psixologicheskoe testirovaniya v dvux tomax. M., 1992.

  9. M.G.Davletshin. Zamonaviy maktab o`qituvchisi psixologiyasi. T., 1997.

  10. Foziev E. Psixologiya. T., 1994.

  11. Dyui Dj. “Psixologiya i pedagogika mыshleniya”. M., Progress, 1998. 

  12.  Karnegi D. “Kak zavoevat druzey i okazыvat na nix vliyanie”. M., 
    Progress, 1990. 

  13.  Karimova V.M. Targ‘ibotning psixologik uslublari.- T.: Ma’naviyat, 2000.
    16 b. 

  14. Karimova V.M. Ota-ona maktabi – baxt kaliti.- T., 2002

  15. Oila psixologiyasi. Prof. /. SHoumarov tahr. ostida.- T.: SHarq, 2001 

  16. Petrovskaya L.A. “Kompetentnost v obщenii”. Sotsialno-psixologicheskiy 
    trening. M., Universitet, 1989. 

  17. Shipun N.I. i dr. “Osnovы upravlencheskoy deyatelnosti”. M., 1999. 

  18. Sheynov V. “Psixologiya i etika delovogo kontakta”. M., Amalfeya, 1997. 

  19. Vecher L. Sekretы delovogo obщeniya. Minsk, 1996. 

  20. Kornilova T. Vvedenie v psixologicheskiy eksperiment. M., 1997. 

  21. CHaldini R. Psixologiya vliyaniya. M., 2000. 

  22. Filipp Zimbardo, Maykl Lyayppe. Sotsialnoe vliyanie.- SPb, 2000.-448 s.

1 Шеримбетова З.Ш. Бошлангич синфлардги щзлаштирмовчи укувчиларнинг психологик хусусиятлари.
_Т. УзМУ.2007



Yüklə 73,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin