Muvafiaqiuitli tadbirkorlik, bilim, ko'nikma, shaxsiy xususiyatlar, shaxsiy sifatlar, halollik va rostgo'ylik, maiburiylik, so'zsiz bajarishlik, mas'uliyatli bo'lish, insofli bo'lish, vazminlik va sabrlilik, tashabbuskorlik, xizmat etikasiga rioya qilish, o’z ishining mutaxassisi bo'lishi, inanfaatdorlilik va qat'iyatlilik, qobiliyat, g'oya, bozor, resurs, biznes-reja, menejment, tashkil qilish, tadbirkorlik bilan shug'ullanish qarori, mavjud vaziyatdan qutilish harakati, ishonchli namunalarning mavjudligi, qulay shart-sharoit, ishdan bo'shatilish, ish muhiti.
NAZORAT SAVOLLARI 1. Tadbirkor ho'lisli uchun qanday marifriy qobiliyatlarga ega bo'lish lozim?
2. Bilim. ko'nikma va shaxsiy xususiyatlar deganda nimani tushunasiz?
3. Muvaffaqiyatli tadbirkorning 14 shaxsiy sifatiga qanday fazilatlar kiradi?
4. Hozirgi zamon tadbirkoriniitg 10 fazilati nimalardan iborat?
5. Kichik korxonani mivaffaqiyaili tashkil etishning asosiy omillariga nimalar kiradi?
6. Tadbirkorlik bilan shug'ullanish qarori qanday holatlarda qabul qilinishi mumkin?
7. Kishi tadbirkorlik bilan shug'ullanish qarorini qabul qilishda namuna qanday ta'sir etadi?
17-Mavzu: G'oyalar generatsiyasi
Islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida tadbirkorlik kapital, yer va mehnal resurslari bilan bir qatorda, iqtisodiy rivojlanishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doimo katta e'tibor berilib kelinmoqda. Tadbirkorlik mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta'minlashda, aholi bandligi muammosini ijobiy hal etishda asosiy o'rin egallaydi. Buni rivojlangan mamlakatlar bosib o'tgan yo’l misolida ko'rish mumkin. Xorijiy iqtisodchi olimlar mamlakatlar iqtisodiyotida tadbirkorlikning o'ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tahlil qilib, tadbirkorlikning nazariy asoslarini yaratishgan. Ulaming nazariyasiga ko'ra, tadtairkorlik — yaratuvchilik bo'lib, yangilikni (innovatsiya), yangi g'oyani izlash demakdir. Tadtairkor — yangilik yaratuvchi va shu orqali iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi, jamiyatni harakatlantiruvchi shaxs sifatida e'tirof etiladi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodivotiga qadam qo'yish davridan boshlaboq iqtisodiyotda, jumladan, uning agrar sektorida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga huquqiy asoslar yaralildi. Bu to'g'risida bir qator qarorlar, farmonlar (jumladan. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to'g'risida» va boshq.) qabul qilindi. Yaratilgan huquqiy asoslar va kafolatlar qishloq joylarida yangi agrar munosabatlarni, dehqonlarni yerga, ishlab chiqarish vositalari va o'z mehnati natijalariga egalik hissini qaror toptirish maqsadlariga qaratilgan.
Tadbirkorlik insoniyat taraqqiyotining iqlisodiyotga bog'liq bo'lgan ajralmas bir bo'lagidir. Tadbirkorlik tarixi inson uchun zarur bo'lgan savdo-sotiq, xizmat ko'rsatish, iste'mol tovarlari hamda xizmatlar, sanoat mahsulotlari va umuman, moddiy ne'matlar ishlab chiqarish tarixi bilan chambarchas bog'liq bo'lganligi uchun tadbirkorlik bilan fan, texnika va xo'jalik yuritishning turli sohalarida faoliyat yurituvchi yirik olimlar, ixtirochilar, konstruktorlar, muhandislar, agronomlar, iqtisodchilar taqdiri qo'shilib kelgan.
Hozirgi kunda tadbirkorlik ko'p qirrali bo'lib, uning shakl-u shamoyili va ustuvorliklari obyeklivlik kasb etadi. Qayd etish mumkinki, tadbirkorlikning tubdan rivojlanishiga dunyo miqyosida yuz bergan quyidagi voqealar sabab bo'ldi:
XVII — XVIII asrlarda Yevropadagi Uyg'onish davri va XX asr o'rtalarida yuz bergan ilmiy-texnik revolutsiya ishlab chiqarishning moddiy-rexnik va texnologik asosini o'zgartirib, savdo-sotiqni va xalqaro aloqalarni rivojlanishiga keskin ta'sir qildi. Ilm-fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylangan holda butun dunyo rivojlanishini ta'minlovchi yetakchi kuch bo'lib qoldi. Mutaxassislarning fikricha, aynan shu davrga kelib, tadbirkorlik va ilm-fanning qo'shilishi yuz berib, yilik kompaniya va korporatsiyalaming faotiyatida «ilmiy-texnik taraqqiyot»ning yangi davri boshlandi. Natijada ishiab chiqarish kuchlarini rivojiantirish va samaradorligini oshirish uchun misli ko’rilmagan darajadagi imkoniyatlar ochildi.
Tadbirkoriik yangi texnologik darajaga erishish yo'lida sakrashni amalga oshirib, jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti va sanoatlashgan iqtisodiyotda mustahkam o'ringa ega bo'ldi. Shu paytga qadar ilm-fanni moliyalashtirish, asosan, daviatning vazifasi bo'lib kelgan, ammo ilmiy-texnik taraqqiyot juda katta mablag'larni talab etganligi uchun ham bu boradagi munosabatlar erkinlashtirilmoqda. Shuning uchun ham AQSH, Yevropa mamlakatlari va Yaponiya yuqori darajada rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korporativ ilm-fan taraqqiyoti davrini boshdan kechirishyapti. Ya'ni yirik korporatsiyalar raqobat kurashidn ilm-fanning ahamiyatini anglab yetib, ilmiy tadqiqot va konstruktoriik ishlarini moliyalashda o'z mablag'larini ayamaydi. Dunyoning deyarli barcha yetakchi konsernlarida yirik ilmiy markazlar tashkil etilgan. Tadbirkorlik, biznes va iln-fanning birligi haqiqatga aylanib bormoqda.
Tadbirkorlikning kuchi kapitalning qudratiga va layoqatiga bog'liq. Demak, kapital sifatida qaralishi mumkin bo'lgan firmaning samarali faoliyati jamiyat kapitali qudratidan oqilona foydaianish imkoniyatini beruvchi shart-sharoitlarga bog'liq ekan. Buni bozor iqtisodiyotining erkinligi, deb atash mumkin.
Jarniyatda faoliyat yurituvchi firmalar manfaatlari o'xshash bo'lib, bu hol firmalar o'rtasidagi o'ziga xos birlikni ta'minlaydi hamda tadbirkorlikning falsafasi va xulqini belgilab beradi. Ushbu manfaatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: bozor iqtisodiyoti, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik erkinligini saqlab qolishga harakat qilish. Firmalaming raqobatchilik muhiti talablaridan kelib chiquvchi xususiy manfaatlari esa chegara bilmas darajada ko'pdir.
Firmalar o'zlarining mulkchilik, tariflar, baholar bilan bogliq rnanfaatlarini himoya qilish hamda ilmiy-innovatsion, ishlab chiqarish, harbiy-iqtisodiy, ijtimoiy va bosliqa sohalarga oid muammolarni hal qilish uchun turli xil korporatsiyalar, uyushmalar. ittifoqlar, strategik alyanslar, moliyaviy-ishlab chiqarish guruhlari, davlat-korporativ majmualariga birikib, o’ziga xos himoya muhitini hosil qilishadi. Ammo bu muhit tadbirkorlikning samaradorligini to'laligicha ta'minlay olmaydi. Chunki iqiisodiyotnirig eng yirik va asosiy institutlaridan biri sanalmish davlatning aralashuvisiz, uning ko'magi va tartibga soluvchi mexanizmlarisiz o'tish davrini boshidan kechirayotgan iqtisodiyotda resurslardan oqilona foydaianish orqali jamiyat boyligini muttasil ko'paytirib borish imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik muhitini yaratib bo'lmaydi.
Tadbirkorlikni iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi firmalar deb tasavvur qilinsa, unda firma, ya'ni tadbirkorlik, uy xo'jaligi, resurslar (yoki resurslar bozori) va davlatning tartibga solish mexanizmlarini amaliyotga joriy etuvchi institutlar birligini iqtisodiyot sifatida tasavvur etish mumkin. Iqtisodiyotning bunday ko'rinishi mamlakat xo'jalik yuritish tizimida tadbirkorlikning o'rnini aniqlash imkoniyatini beradi. Demak, tadbirkorlik xo'jalik yuritishning muhim instituti sifatida iqtisodiyot stibyektlari bilan o'zaro munosabatlar qobig'ini hosil qilib, ma'lum bir shart-sharoitiar doirasida faoliyat yuritadi (4.1,1-jadval). Ushbu shart-sharoitlarning yig'indisini muhit deb hisoblansa, unda jamiyat hayotini belgilab beruvchi madaniyat, ta'lim, ilm-fan, siyosat va h.k.larning ta'&iri ostida bu sharoitlaniing chegarasi belgilanadi.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyoii sharoitida bu qadar ahamiyatli bo'lsa, demak. tadbirkorlikni boshlashdan oldin qilinadigan ishlarni aniq tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo'lish lozimdir. Buning uchun tadbirkor bo'laman degan shaxsda o'z g'oyasi bo'lishi talab etiladi. Xizmat ko'rsatishga, ishlab arishga yoki savdoga yo'naltirilgan g'oyasi orqali tadbirkor shaxs bar qanday tavakkalchiliklarni yengib o'tib maqsadi sari harakat qilishi lozimdir. Boshqa g'oyalardan farqli ravishda, tadbirkorlik g'oyasini turlicha ta'riflash mumkin. Eng ommaviy ravishda e'lirof ctiladigan ta'riflardan biri sifatida tadbirkorlik g'oyasi quyidagicha ta'riflanadi.