Muvaffaqiyalli tadbirkor: • tashabbuskor;
• imkoniyarlarni ko'radi va ularni ro'yobga chiqaradi;
• tirishqoq;
• ma'lumotlarni shaxsan o'zi qidiradi;
• sifatni oshirish tashvishida bo'ladi;
• shartnomalarning to'liq bajarilishiga erishadi;
• yuqori samaradorlikka yo'naltirilgan;
• o'z faohyatini muntazam rejalashtiradi;
• muammolarni original yo'llar bilan hal qiladi;
• o'ziga ishonch hissini namoyish etadi;
• hisob-kitob bilan tavakkal qiladi;
• shiddalli:
• ishonch uyg'otadi;
• boshqalarni o'z ta'siriga bo'ysundirish strategiyalaridan foydalanadi.
Quyida bu sifatlar qisqacha bayon etilgan. Ushbu qobiliyatlarning uchalasiga ham (bilimlar, ko'nikmalar. shaxsiy sifatlar) ega bo'lmagan odam, biznesiga nisbatan qo'llaganda, o'z korxonasini muvaffaqiyatli boshqarish yo'lida, shu qobiliyatlaiga ega bo'lgan odamdan ko'ra, qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli ancha ko'proq.
Agar odam quyidagiga ega bo'lsa, nima bo'lishi mumkin:
• Faqat bilim va ko'nikmalarga Faqat bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan odam, o'z ishini umuman boshlashga erishgan holda ham, biznesda uzoq vaqt jon saqlashi juda ham shubhali. Masalan, ma'lum bir shaxsiy sifatlarga ega bo'lmay turib, odam biron-bir jiddiyroq muammoga duch kelgach, kam qat'iyatlikni namoyish etishi mumkin yoki bunday odam ochilayotgan imkoniyatlarni ko'rmasligi va ularni amalga oshira olmasligi mumkin yoki u mas'uliyatli ishtirokchi sifatida, qulay ishga kirishish tavakkalini (hatto hisoblangan bo'lsa-da) o’z zimmasiga olishni umuman rad etishi mumkin.
• Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlariga Faqat bilimlar va tadbirkorlik sifatlarga ega bo'lgan shaxs agar texnik ko'nikmalarga ega bo'lmasa, bu qobiliyallarini qo'llashga biron-bir yaxshiroq narsa topa olmasligi mumkin. Yoki u begonalarga qattiq bog'liq bo'lgani tufayli, ehtimol, juda zaif ekanligini aniqlashi mumkin. Bu muammoning yechimi, kerakli ko'nikmalarga ega bo'lgan hamkorni topish yoki odamlami jalb etishda bo'lishi mumkin.
• faqat ko'nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga Kerakli ko'nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga ega bo'lgan, ammo bilimlarga ega bo'lmagan bo'lajak tadbirkor, o'z korxonasini tashkil etishi mumkin. Ammo raqobat muhitida, bilimlarning yo'qligi yoki hech bo'lmasa, masalan, iste'molchilarni, bozorni (shu jumladan, bozorda rivojlanayotgan an'analarni) bilmaslik, oxir-oqibat inqirozga olib kelishi mumkin. Axborot muvaffaqiyatli rivojlanishga intilayotgan har bir korxona uchun juda muhim.
Tadbirkor bo'lmoq uchun tug'ma qobiliyatga ega bo'lish kerak, degan fikr ko'p vaqtdan beri hukm surib keldi. Ammo endilikda, bozor iqtisodiyoti sharoitida har kim ham tadbirkor bo'lishi mumkinligini ko'plar tan olmoqda. Xo'sh, buning uchun nima qilmoq kerak?
Bu savolga to'la-to'kis javob berish qiyin. Ammo, bir qator olimlar, jumladan, Y. Abdullayev va F. Karimovlarning fikricha, hozirgi zamon tadbirkori quyida keltirilgan 10 fazilalga ega bo'lishi lozim.
1. Halollik va rostgo'ylik. Bu tushunchalar tadbirkorlikni asosi bo'lib, halol foyda olish va ishda yaxshi munosaballar o'rnatishni birdan bir shartidir. Tadbirkor birinchi galda ishning ko'zini biladigan, halol va haromni farqiga boradigan shaxs bo'lishi kerak. Sababi, tadbirkor qanchalik halol ishlasa, mahsulotlari sifatli bo'lsa, bozorda uning mavqeyi baland, mahsulotlari shuncha xaridorgir bo'ladi. Chunki halol tadbirkorlarga hamma ishonadi.
2. Majburiylik, so'zsiz bajarishlik. Tadbirkor qachon o'z so'zining ustidan chiqsa, va'dasida tursa va berilgan topshiriqlarni bajarsagina ishi o'ngidan keladi. So'zini ustidan chiqish, kelishilgan shartnomada ko'rsatilgan murakkab va oddiy og'zaki vazifalarning (biron yerga aytilgan vaqida borish) bajarilishini o'z ichiga oladi. Berilgan va'da har qanday sharoitda bo'lsa ham bajarilishi shart. Haqiqiy tadbirkor o'z mijozi (raqibi)ni aldamasligi kerak. Vazifani o'z vaqtidan kechikib bajarish ham subitsizlikka kiradi.
3. Mas'uliyatlibo'lish. Haqiqiy tadbirkor qilmishi uchun o'z puli yoki mablag'i bilan javob beradi. Agar u aybdor bo'lsa, yo'l qo'ygan xatosini tuzatishi, ko'rilgan zararni qoplashi lozim.
4. Boshqalarbilanmunosabatchog'idaularganisbatanhitrmatdabo'lish. Tadbirkor boshqalarga shunday munosabatda bo’lishi kerakki, unga boshqalar ham shunday munosabat bilan javob qaytarishsin.
5. Qonungaitoatqilish. Tadbirkor bo'lish istagida yurgan har bir kishi qonun va boshqa huquqiy huyallarga itoat qilishi, ularni og'ishmay bajarishi shart. Qonun talablaridan chekinish, qonunchilikni buzish, huquq-tartibotga, provardida esa davlat tomonidan qo'riqlanadigan manfaatlar va o'zaro numosabatlariga tajovuz qilish demakdir.
Buyuk Sohibqiron Amir Temur ham o'z tuzuklarida «...tegishli tartibga va qonunga amal etish mening taqdirim va yutuqlarimning asosi hamda tayanchi bo'lib xizmat qiladi», deb yozgan edi.
6. Saxiy va xayr-ehsonli bo'lish. Xalqqa xayr-ehson qilish eng ulug' fazilat. Saxovatli. saxiy tadbirkor shunday kishiki, birov narsa so’ramay turib, oldindan hadya qilib ulashadi.
7. Insofli bo'lish. Insof — bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg'usi va qobiliyati, ishda kishilar bilan munosabatda: halollik, to'g'rilik, barobariik, sofdillik, haqiqat go'ylikdir.
8. Vazmin va sahrli bo'lish, ehtiroslarga berilmaslik, ba’zi shoshma-shoshar tadbirkorlar. shoshqaloqlik yoki shumligidan pushaymonlik chuquriga yiqiladilar, o'ylamasdan shoshilib ish boshlaganlar esa balolar girdobiga g'arq bo'ladilar. Aqlli, tajfibali va vazmin tadbirkorlar esa, tadbir hamda sabrni o'zlariga yo'ldosh, qilib oladilar, fikr oynasini donishmandlarning ishorat va nasihatlari bilan pardozlaydilar, unga sayqal beradilar. Yengiltaklik, shoshma-shosharliklardan hazar qiladilar.
9. Xizmat etikasiga rioya qilish. Eng avvalo, hukumatga hurmat bilan qarang. Davtatning ijtimoiy-iqlisodiy va siyosiy siyosatini o'zmgiznmg asosiy qurolingiz qilib oling va ularga rioya qiling. Bilingki, hukumatga hurmat va xizmat etikasiga rioya qilish — bu tadbirkorlikni muvaffaqiyatga eltuvchi ikki lokomotivdir.
10. O'z ishining mutaxassisi bolish. Biz shunday davrda yashayapmizki, bunda faqat mutaxassisgina. o'z ishining ustasigina obro'-e'tibor topadi. Shuning uchun mutaxassis bo'ling. Qaysi sohada ishlashga to'g'ri kelmasin, albatta, birinchi bo'lishga harakat qiling. Savol tug'iladi: unga qanday qilib erishiladi? Javob bitta, bu ham bo'lsa. mehnat va o’z uslingizda tinimsiz shug'ullanishingiz lozirn. Dahoni mehnat yaratadi. Yetuklikka yo'l esa — tirishqoqlik.
Shunday qilib, tadbirkorlikka ahd qilgan har bir kishi o'zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, shu jumladan, o'zizlanuvchanfik qobiliyatini, o'z ishining usiasi hamda yuqorida qayd qilingan sifatlarning o'zida niavjudligini aniq o'lchay bilishi kerak.