1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik


-16 Mavzu: Tadbirkorlik bilan shug'ullanish qarori



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə32/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

15-16 Mavzu: Tadbirkorlik bilan shug'ullanish qarori
Ushbu mavzuda odamlar nima uchun va qanday qilib, o'z korxonalarini tashkil qilish va uni boshqarish to'g'risida qaror qabul qilishlari to'g'risida mulohaza yuritiladi?
Odamlar o'z shaxsiy korxonalarini tashkil qilishga ko'maklashadigan omillarni aniqlash — bu muhim savolga javob berishi (yoki ko'p odamlarning qiziqishini qondirishi) va, ayni paytda, ular qay darajada bu omillarni nazorat qilishga qodirligini aniqlash uchun, o'zlarini sinovdan o'tkazish va atrofdagilarni o'rganishga yordam berishi lozim. Sinovni o'tkazish uchun o'quv qo'llanma­ning “Amaliy mashg'ulotlar” bo'limida berilgan blis-so'rov o'tkaziladi. Bunda o'quvchilar o'zlarini o'zlari baholashadi va yig'ilgan ballarning ahamiyatini tushuntirib berishadi.
Tadbirkor bo'lishga qaror qilishda bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar sabab bo'lishi mumkin, xususan:
1. Mavjud vaziyatdan qutulish harakari
• ishdan bo'shatilish, masalan, shtatlar qisqarishi;
• korxonaning tugatilishi;
ish haqining pastligi;
• immigrantlar yoki qochoqlar toifasiga o'tish;

  • hozirgi ishdan ko'ngil sovishi;

• oiladagi inqiroz va boshqa sabablar.
2. E'tiborda ishonchli namunalarning mavjudligi
• madaniv saviyadan kelib chiqqan;
• oiladan olingan;
• tengdosh va do'silardan (taqlid qilishga namuna bo'ladigan).
3, Qulay shart-sharoit
• hukumatning rag'batlantiruvchi siyosati:
maqbul infratuzilma, masalan, rivojlangan moliyalashtirish tizimi;
• kommunal xizmatlar mavjudligi (elektr quvvati, suv, aloqa va boshq.);
• tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash.
Ushbu shart-sharoitlardan tashqari, odamlar o'z shaxsiy korxonalarini tashkil qilish qarorini berishlari uchun, albatta, o'tgan mavzularda keltirib o'tilgan tadbirkorlik sifatlari ham mavjud bo'lishi lozim, ya'ni:
• tadbirkor tavsiflari (tadbirkor xarakterining 14 qirrasi);
• bilimiar: « ko’nikmalar:
• ish muhitini bilish, masalan, kasbiy tajriba boriigi.
Tadbirkorlik fenomenini tadqiq qilishda ko'pincha bir muhim savol tug'iladi, odam orz shaxsiy korxonasini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilishga sabab bo'ladigan vaziyatga qanday qilib tushib qoladi? Boshqacha qilib aytganda, kishini tadbirkorlik olamiga kirishga undaydigan kuchlar yoki omillar qanday paydo bo'ladi?
Tadqiqotlar va manbalarga ko'ra, bu sabablarni uch asosiy toifaga ajratish rnumkin, ya'ni mavjud (unchalik yaxshi bo'lmagan) vaziyatdan qutulish harakati, ishonchli namuna ta'siri va qulay shart-sharoit. Quyida ularni izohlab beramiz.
Mavjud vaziyatdan qutulish harakari. Ko'p kishilar ishdan bo'shatilgandan keyinoq, o'z korxonasini barpo etishgan qaror qilishadi. Ayrimlar professional faoliyatning o'zlariga oldingi ishidan tanish bo'lgan sohalarida korxona barpo etishga moyil bo'lishadi.
Ishdan bo'shatilish. Bo'lg'usi tadbirkorlarning ishdan bo'shatilishi oxir-oqibal unda o'z korxonasini barpo etish xohishini yoki ehtiyojini uyg'otadigan hodisalar silsilasiga sabab bo'ladi. Bundan zarurat bevosita quyidagi:
• ish o'rinlarining qisqarishi, ish haqining pasiligi sababli ishdan ketish, korxonaning bankrotligi sababli tugatiltshi yoki boshqa sabablarga ko'ra ishdan bo'shatilishi;
• mamiakatga yangi ko'chib kelganligi yoki milliy ozchilikka mansubligi oqibatida til bilmasligi yoxud irqiy mutaassiblik sababli o'ziga to'g'ri keladigan ish topolmasligi;
• mamlakatga qochoq sifatida kelib, o'zi uchun yangi muhitga tushishi oqibatida hayotni yangidan boshlashga majbur bo'lishi ko'rinishlarida sodir bo'lishi mumkin. Bundan oldin ellarda ishlab, so'ng o'z vataniga qaytgan hamda o'z mamlakatidagidan ko'ra ko'proq maosh olgan va mavqeyi yuqori bo'lgan kishilar, shuningdek, (yanada muhimroq misol) yirik korxonalar va tashkilotlarda ma'mur bo'lib ishlagan, lekin o'z ishidan ko'ngli qolgan kishilar ham shunday misollar tariqasiga kiradi.
Ish muhtii. Ko'p kishilarning amalda oldingi ishidagi ish muhitiga mos sohalarda o'z korxonasini tashkil etishining hech qanday ajablanarli joyi yo'q. Chunki ayni shu sohada ularning tajribasi, bilimi va tanish-bilishlari bor va (yoki) ular ayni shu sohada o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishim mumkin, deb o'ylashadi. Tadqiqotlar va izlanishlar, marketing — mana bular, ko'pgina yangi korxonalarni barpo bo'lishiga olib kelgan ikki soha misoli.
Ishonchli namuna ta'siri. Ishonchli namuna ta'siri ota-onalarning kasbiy faoliyati ish boshlayotgan tadbirkorlarning u yoki bu sohani tanlashlariga ta'sir o'tkazishida ko'zga yaqqol tashlanadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tadbirkorlarning 25—34 % ining ota-onasi (xususan, otasi) kichik korxona egasi bo'lgan; buning usiiga, agar fermerlar va mustaqil professionallarni ham kichik korxona egasi deb hisoblasak, u holda bu raqam 54 % ga yetadi. Harakat boshlashga sabab bo'luvchi ishonchli namuna ta'siri faqat oila doirasi bilangina cheklanib qolmaydi, u tadbirkorning tengdoshlari va do'stlariga ham ta'sir o'tkazadi. Masalan, manbalarda ishlab turgan yirik tashkilotlarini tashlab ketib, o'z korxonalarini tashkil qilgan injenerlar AQSHdagi «kremniy vodiysi»ning rivojlanib ketishiga sabab bo'lgan, deb ko'rsatiladi.
Ishonchli namuna ta'siri, shuningdek, nima uchun tadbirkorlikning bir xil turlarini ayrim irqiy yoki milliy guruhlar (masalan, Qo'shma Shtatlarda yashaydigan yahudiylar, livanliklar, koreyslar. Buyuk Britaniyada yashovchi ko'pgina osiyolik-guruhlar hamda Hindistonning Gujarot shtati aholisi) bilan bog'lanishini tushtintira oladi.
Qulay shart-sharoit. Garchi, yuqorida bayon eiilgan omillarning barchasi, ya'ni ishdan bo'shatilish, ish muhiti, muvaffaqiyatli misolga ishonch mavjud bo’lganda ham, maqbul infratuzilma, asosan, moliyalashtirish tizimi, elektr quvvati, yo'llar, xom-ashyo, jihozlar va axborot bo'lmagan taqdirda, o'z korxonasmi barpo etish qarorini qabul qilish uchun ular hali yetarli bolmaydi. Malakali mehnat resurslari, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi tuzilmalar va hukumat tomonidan ijobiy yondashuvning yo'qligi harnda tadbirkorlikka qarshilik qiladigan davlat siyosati kichik korxonalar, ayniqsa, o'sish potensialiga ega bo'lganlarining rivojlanishini ko'proq susaytiradi. Bozor talabini bilish va xaridorlar xohishlari va ehtiyojlarini qondirish uchun marketing texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, korxonarti rashkil qilishda juda muhim rol o'ynaydi va uni faoliyat yurilish ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatadi.
Xuddi shunday, tadbirkorlikka ko'maklashuvchi muhim omil, bu butun jamiyat uchun, ayniqsa yoshlarimiz uchun zarur bo'lgan, taqlid qilishga namunalar mavjudligidir.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin