2.2 Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishga tasir etuvchi omilar tahlili; Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish potensialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zaru bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi taklif va taqsimlash omillari o‘zaro bog‘liq va bir birini taqazo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‘sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratadi. To‘liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash omillari ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Mehnat unumdorligining o‘sishga olib keluvchi omillarni to‘laroq ko‘rib chiqamiz.
Fan – texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarish tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda fan – texnika taraqqiyoti deyilganda pirovard mahsulot chiqarishni ko‘paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg‘unlashtirishni taqazo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyot texnika taraqqiyoti va kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar mustahkam o‘zaro bog‘liq, tehnika taraqqiyoti ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‘yishga olib keladi.
Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta’lim va malaka tayyorgarligi mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqorilanish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko‘rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiyotida band bo‘lganlarning 80 foizga yaqini oliyva o‘rta maxsus ta’limga ega.
Mahsulot o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv yo‘llarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorinning ko‘payishi tufayli erishiladi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifati jihatidan takomillashtirish: yanada progresivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Iqtisodiy o‘sish 2 usul bilan aniqlanadi.
1-usul real YAIM ni (YAMM) o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umuiqtisodiy imkoniyatlari harakatini ifodalash uchun ishlatiladi.
2-usul real YAIM ni (YAMM) o‘tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakat ijtimoiy rivojlanishi darajasini va harakatining sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun foydalanadi. Iqtisodiy o‘sish suratlari va qo‘shimcha o‘sish sur’atlari bir- biridan farqlanadi:
A) bazis o‘sish sur’ati =
B) zanjirli o‘sish sur’ati =
Qo‘shimcha o‘sish sur’atlari qo‘yidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
A) bazis qo‘shimcha o‘sish sur’ati =
B) zanjirli qo‘shimcha o‘sish sur’ati =
Bunda , Y0 – bazis yildagi real YAIM
Yi- shu yildagi real YAIM, Yi-1 - bundan avvalgi yildagi real YAIM
Ko‘pchilik mamlakatlarning tarixiy tajribasida tasdiqlangan qonuniyat borki, unga ko‘ra iqtisodiy o‘sishning ko‘lami va sur’atlari o‘zaro teskari ishtanosiblikda o‘zgaradi, ya’ni o‘sish ko‘lami miqdoran oshgan sari, uning sur’atlari pasayishi ga moyil bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me’yori ham mavjud.
Prognozlashtirish uchun keng qo‘llaniladigan modellardan biri bu omilli modellardir. YA’ni bu modellarda, mahsulot ishlab chiqarish hajmi yoki uni absolyut ishlab chiqarish hajmining o‘sishini bir yoki bir necha omillarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib beradi.
Iqtisodiy o‘sishni omilli modellari mohiyati shundaki, u ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmi va dinimikasi, ishlab chiqarish resurslarining hajmi va dinimikasini o‘zaro bog‘laydi. Agar iqtisodiy jarayon bir omil asosida tahlil qilinib prognozlashtirilsa unda bir omilli modeldan foydlaniladi, agar bujarayon bir necha omillar asosida tahlil qilinib prognozlashtirilsa unda ko‘p omilli modeldan foydalaniladi.
Bir omilli iqtisodiy o‘sish modellari nazariy tahlil va amaliy hisob kitoblar uchun qulay bo‘lib hisoblanib, yalpi ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishini bitta omil orqali ifodalab beradi. SHuning bilan birga omilarning o‘zgarishi va yalpi natijalarning o‘zgarishini faqat bir omilga bog‘lanadi. Bunday bir tomonlama yondashuv va chegaranganlik quyidagicha ifodalanilidi: qisqa muddatli iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish uchun oddiy va ishonchli bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘p ishlatiladigan ikki omilli model bu ishlab chiqarish funksiyasi bo‘lib u quyidagicha ifodalaniladi:
Bu erda:
- ikkita ishlab chiqarish omili, masalan ishlab chiqarish fondlari va ishchi kuchiga qilingan xarajatlar, ma’lum vaqt davomida o‘zgaruvchi.
Α va β parametrlari ishlabchiqarish hajmining o‘zgarishi, va ishlab chiqarish omillari o‘zgarishi bilan o‘zaro aloqadorligi (elastikligi), omilining o‘sishi ning “α” darajaga o‘sishiga olib keladi (bu erda =const.). omilining o‘sishi ning “β” darajaga o‘sishiga olib keladi (bu erda =const.). α>0 va β>0 shartlari bajarilishi kerak.
parametri ikki omilli modelda ikki xil vazifasi bor, birinchidan, u omillarning hajmini mahsulot hajmiga olib keladi, bu parametr ishlab chiqarish jarayonida o‘zgaruvchi omillarni, hisobga olimagan omillarni ifoda etadi.
Α+β munosabatining o‘sishga ta’siri quyidagicha:
α+β>1 bo‘lsa, agar ishlab chiqarish omillari “n” martaga ko‘payishi, ishlab chiqarish hajmi “n” martaga ko‘payadi. Bu intensiv o‘sish bo‘lib,agar α>β bo‘lsa, mehnatni intensivligi (fondni jamg‘aruvchi o‘sish), agar α<β bo‘lsa, bunda fond intensivli (mehnat jamg‘aruvchi) o‘sish bo‘lib hisoblanadi.
α+β<1 bo‘lsa, bunda ishlab chiqarish omillar xarajatiga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulotlarining o‘sishi sekin bo‘ladi. Bu o‘z navbatida deintensivligiga olib keladi.
Α+β=1 bo‘lsa, bunda ishlab chiqarish hajmi, xarajat hajmi bilan o‘zaro proporsional o‘sishga olib keladi. Ularning umumiy iqtisodiy samaradorligi o‘zgarmay qoladi, bu hol ishlab chiqarishni ekstensiv kengayishidir.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilish va prognozlashtirishda bir omilli modeldan fodalanishdan boshlash mumkin masalan: mahsulot hajmi-fondlar, mahsulot hajmi-ishchi kuchi. Bir omilli modelni tuzishda holatning haqiqatga yaqin holati yillar bo‘yicha olinib, funksiyasi tuziladi. Omillar o‘zgarish modeli orqali ilmiy-texnik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini va uni prognozlashtirishimiz mumkin: . Bu erda -ilmiy-tarraqiyot omili; -barcha ishlab chiqarishning yalpi iqtisodiy samaradorligini umumiylashtiruvchi ko‘rsatgich.
Makroiqisodiy ko‘rsatgichlar va ishlab chiqarish omillari o‘sishini prognozlash.
Tahlil qiligan modellardan ko‘rinib turibdiki iqtisodiyotning kelajagini ifodalashimiz mumkin bo‘ladi. Lekin, ba’zida modeldagi mavjud yoki mavjud bo‘lmagan omillarni prognozlashtirishimiz kerak bo‘ladi. Bu jarayonda o‘zgaruvchilar dinamik qatori yordami vaqt funksiyasidan foydalaniladi.
Iqtisodiy o‘sishni saqlab qolgan holda mavjud vaqtli funksiyalar ekstropolyasiya qilinadi va prognozlashtiriladi, so‘ngra ishlabchiqarish yoki alohida omil baholanidi.
Ma’lum bir vaqt funksiyasini baholash uchun statistik baholash usullaridan foydalaniladi, bular: dispersiya , variatson koeffitsent V, nazariy natijalarning amaliy natijalardan farqi , yoki mavjud holat dinamikasini, tuzilgan funksiyadinamikasi bilan taqqoslash yo‘llari bilan tekshiriladi. Bu farqlar 2 xil usulda aniqlanadi:
1) trend, ya’ni vaqt o‘zgarishi bilan dinamik qatorning tezligi;
2) vaqtlararo o‘zgarish orqali, u quyidagi formula orqalti topiladi:
bu erda : .
Iqtisodiy o‘sishni prognozlashtirish uchun quyidagi funksiyalardan keng foydalaniladi:
- chiziqli funksiya;
- darajali funksiya;
- ko‘rsatgichli funksiya;
- eksponenta;
- parabola;
- uchinchi darajali ko‘had funksiya;
Bu erda a,b,c,d- funksiya parametrlari.
Yuqorida aytib o‘tilgan funksiyalarning barchasini, u yoki bu o‘sish chizig‘iga yaqiglashuvchi o‘zining sodda ishlab chiqarish dinamik modellari mavjud.
Hosil qilngan trend asosida ekstropolyasiyalash va kelajakni prognlzlashtirish kutilayotgan natijalar aniqligini yuqoridagi funksiyalar aniqroq tasvirlaydi. Uzoq muddatda ekstropolyasiya foydalanish va ularning natijalari aniqlik darajasi pasayib boradi, chuki ishlab chiqarish sharoiti o‘zgarib boradi. Bu statistik nuqtai nazardan dispersiyaning kattalashuvi, nazariy holatning real holatdan cheklanishiga olib keladi, bu bilan xatoliklari oshib, natijada vaqtli funksiyaning ishlamasligiga olib keladi