3-bob. O’zbekiston Respublikasining 2021-yildadagi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari.
3.1. Pandimiya yillarida O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy korsatkichlari
O‘tgan yili pandemiya davom etayotganiga va jahon iqtisodiyotida yuqori girdobli harakat saqlanib qolganiga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti rekord darajadagi o‘sish sur’atlariga erishdi. Yil yakuniga ko‘ra, mamlakat YaIM oldingi yildagi kamtarona 1,9% o‘sish fonida 7,4%ga ortdi.
2021 yilda butun O‘zbekiston uchun tashqi vaziyat ijobiy kechdi: jahon iqtisodiyoti 2020 yildagi zarbalardan so‘ng tiklanish pallasiga o‘tdi. O‘zbekistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlari hisoblangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotni inqirozdan oldingi holatga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Qirg‘izistonda 2020 yildagi 8,4%ga jiddiy pasayishdan so‘ng iqtisodiyotning tiklanishi bosqichiga o‘tildi. O‘tgan yil yakunlariga asosan, Qirg‘iziston YaIM 3,6%ga oshdi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyotining o‘sishi 4,5%ni tashkil qilishi mumkin (Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida YaIM o‘sishi 4,7%ni tashkil etgan). 2021 yil yakunlari bo‘yicha Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’ati so‘nggi o‘n yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichni – 8,1%ni ko‘rsatdi. Yil davomida YaIM o‘sishi Qozog‘istonda ham kuzatildi (o‘tgan yil yanvar-sentyabr oylarida YaIM o‘sishi sur’ati 3,6%ni tashkil qildi).
O‘zbekistonda inflyasiya yildan yilga sustlashishda davom etmoqda. 2021 yilda iste’mol narxlari indeksi 2020 yil yakunidagi 11,1%ga nisbatan 10% o‘sdi. Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 13% (2020 yilda 15,3%), nooziq-ovqat mahsulotlarining bahosi 7,8% (8,8%) oshdi. O‘tgan yili xizmat ko‘rsatish narxlari 2020 yildagi 7,1%ga nisbatan jadal sur’atda 7,7% o‘sdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar 2020 yildagi pasayishni yengib o‘tib, 4,4%ga oshdi. O‘sish markazlashgan investitsiyalar qismida 7,4%ni, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar va kreditlar hisobiga 18,4% ko‘rsatdi. Shuningdek, investitsiyalarning aholi mablag‘lari hisobiga 4,5% o‘sishi qayd etildi. Bu orada korxonalar tomonidan mablag‘ sarflanishi 3,6%ga kamaydi. Markazlashgan investitsiyalar 3,6% qisqarib, xorijiy investitsiyalarni va hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni jalb qilish 30%dan ziyodga keskin kamaygani kuzatildi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, investitsiyalarning umumiy miqdoridagi bunday investitsiyalar 2020 yilda 11%ga, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha esa 7,1% qisqargan. Shu vaqtning o‘zida, byudjet tomonidan investitsiyalarning ortishi 36%ga o‘sgani kuzatildi. Umuman olganda, 2021 yil yakunlariga ko‘ra, asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan investitsiyalarning ulushini 19,9%dan 18,3%gacha qisqarishi va shunga mos ravishda markazlashmagan investitsiyalar ulushining ortishi tendensiyasi davom ettirildi.
Yil yakunlari bo‘yicha iqtisodiyotning barcha sektorlarida mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatildi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,7% oshdi (2020 yilda o‘sish 0,9%ni tashkil qilgan). O‘sishning eng jadal sur’atlari elektr ta’minoti, gaz va bug‘ uzatish, havoni konditsionerlash sohasida kuzatilib, 13%ni tashkil qildi. Qazib olish sektori 2020 yildagi jiddiy pasayishdan so‘ng tiklanmoqda, ishlab chiqarish hajmi 10,7% oshdi (undan oldingi yilda qisqarish 22%ni tashkil qilgan edi). Ishlov beruvchi sektor yildan yilga barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etib, 2021 yakunlariga ko‘ra, o‘sish 8,2%ni tashkil qildi (2020 yilda 7,9%). 2021 yilda to‘qimachilik mahsulotlari (o‘sish 19,1%), kiyim-kechak (18,7%), mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar (18,9%), ichimliklar (17,7%), metallurgiya (8,1%), kimyoviy mahsulotlar (5,7%) ishlab chiqarish sanoat drayverlariga aylandi. Shu o‘rinda, avtotransport (5,7%), elektr uskunalari (6,6%), koks va neftni qayta ishlash mahsulotlarini (qariyb 30%) ishlab chiqarishda pasayish qayd etildi.
Xizmat ko‘rsatish sektorida jadal o‘sish kuzatildi. Yil yakuni bo‘yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yildagi kamtarona 3% o‘sishga nisbatan 19,2%ga ortdi. O‘sish barcha xizmat ko‘rsatish sohalarida kuzatildi.
Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish (28,4%), aloqa va axborotlashtirish (21,8%), ko‘chmas mulk va mulk (24,2%), ta’lim (28,7%), sog‘liqni saqlash (26%), ijara va prokat (21%) xizmatlarini taqdim etish sohalarida eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Pandemiyaga davri bilan bog‘liq cheklovlar tufayli 2020 yilda pasayish kuzatilganidan so‘ng transport sektori 2021 yilda jadal o‘sish sur’atlarini namoyon etdi, yil yakunlari bo‘yicha transport xizmatlarining hajmi 16% o‘sib, yuk aylanmasi 10%, yo‘lovchilar aylanmasi esa 9,5%ga ortdi. Shuningdek, chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur’ati ham 12%ni tashkil qildi.
Qurilishda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 2020 yildagi 9,5%dan 2021 yakunlari bo‘yicha 6,8%ga biroz sekinlashgani qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligida esa, aksincha, og‘ir iqlim sharoitlariga qaramay, 2021 yilda mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari dinamikda 4%gacha ortdi (2020 yil yakunida 2,9%). O‘simlikshunoslik va chorvachilik sohasida 3,9% o‘sish kuzatildi. Baliqchilik xo‘jaligida ham jadal o‘sish qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 21,4%ni tashkil qildi (2020 yilda 17,9%).
Yil yakunlari bo‘yicha, tashqi savdo dinamikida ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 16%ga o‘sib, 42,1 mlrd. doll. tashkil etdi va 2019 yildagi ko‘rsatkichdan (41,8 mlrd. doll.) o‘zib ketdi. Eksport 10%ga 16,6 mlrd. doll.gacha, import 20%ga 25,5 mlrd. doll.gacha oshdi. Savdo balansining salbiy saldosi 8,9 mlrd. doll.ni tashkil qildi.
Eksportning ortishi, asosan, xorijga yetkazib berish bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechakning 1,5 baravar (2,9 mlrd.doll.), rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlarning 1,6 baravar (1,5 mlrd.doll.), mashina va uskunalarning 1,6 baravar (0,7 mlrd.doll.), kimyoviy mahsulotlarning 1,4 baravar (1,2 mlrd. doll.), xizmat ko‘rsatishning 1,3 baravar (2,5 mlrd.doll.) ortgani bilan bog‘liq. Oltin eksporti 2020 yilga nisbatan qariyb 30%ga qisqarib, uning umumiy eksport hajmidagi ulushi esa 38,4%dan 28,7%ga kamaydi.
Importda yetkazib berish bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining 35% (2,9 mlrd.doll.), kimyoviy mahsulotlarning 24% (4,3 mlrd.doll.), qora metallar va ulardan tayyorlangan buyumlarning 35% (2 mlrd.doll.), energiya tashuvchi va neft mahsulotlarining 39% (1,5 mlrd.doll.), xizmat ko‘rsatishning 42% (1,7 mlrd. doll.) sezilarli o‘sishi qayd etildi.
Shu tariqa, 2021 yil O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘ta ijobiy kechdi. Bu davrda nafaqat 2020 yilda boy berilgan natijalarning o‘rnini to‘ldirish, balki rekord darajadagi o‘sish sur’atlariga ham erishildi. Mamlakatda keng ko‘lamli iqtisodiy tarkibiy islohotlar davom ettirilib, o‘tgan yillardagi o‘zgarishlar samarasi iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Pandemiya bilan bog‘liq saqlanib qolgan xavflarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda barqarorlikni namoyon etdi va jadal rivojlanish yo‘nalishiga qaytdi.
XULOSA
Har bir mamlakat iqtisodiy rivojlanishga erishishi uchun, iqtisodiyot oldida turgan muammolarni bartaraf etishi zarur va bu o’z navbatida iqtisodiy rivojlanish va xalq farovonligiga bevosita turtki bo’ladi. Soliq turlari, tizimlari, soliq siyosati va boshqa qator soliqqa oid muhim mavzularni rivojlangan chet el mamlakatlari tajribasida amalga oshirilgan va ishonchli o’rganilgan, tatqiqot qilingan adabiyotlar bilan chuqur o’rganish, soliq siyosatini yuritishda, ularni joriy qilishda va amalga oshirishda ilg’or chet el mamlakatlaridek siyosat yuritish zamon talabiga aylanmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Soliqlar aynan shu maqsadlarga erishishda eng muhim omil sanaladi va har bir davlat hukumati aynan shu tizimi mukammallashtirsagina, iqtisodiy rivojlanishga va farovonlikka erishadi.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, O’zbekistonda sovet tuzumida amalda bo’lgan soliq tizimi mustaqillikka erishilgach tubdan bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda va bu islohotlarga qonuniy asos – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Soliq Kodeksi hisoblanadi. Hozirgi davrda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda yaratilgan O’zbek Modeli asosida 2017 yil 7 fevralda ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida mamlakatimiz hududida amalda bo’lgan soliq tizimi yanada takomillashtirishga qaratilgan va sof bozor iqtisodiyotiga o’tishda eng muhim vazifalar keltirib o’tilgan,
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarish-larni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va solivda tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, solik ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengay-tirish; ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlar-dan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashti-rish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor me-xanizmlarini boskichma-boskich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash; bank tizimini isloh kilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barkarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istikbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, mo-liyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy
institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Dostları ilə paylaş: |