1-bob. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va yuqori iqtisodiy o’sish suratlarini ta’minlash yo’llari


S - I = CAB yoki -S + I + CAB = 0



Yüklə 100,49 Kb.
səhifə4/9
tarix20.10.2023
ölçüsü100,49 Kb.
#158095
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi3

S - I = CAB yoki -S + I + CAB = 0
-GNDI + C + I + X - M + Yf + TRf = 0
Davlat boshqaruv idoralari
Jamg‘armalar bilan investitsiyalardagi uzilish
Kamomadni moliyalashtirish (uzilishni)
Sg - Ig = GNDIg - Cg - Ig
Fg = NFBg +DNDCg + NB
(Sg - Ig) + Fg = 0
(Sg - Ig) + NFBg + DNDCg + NB = 0
Xususiy sektor
Jamg‘armalar bilan investitsiyalardagi uzilish
Kamomadni moliyalashtirish (uzilishni)
GNDIp - Cp - Ip = Sp - I p
FDIp + NFBp + DNDCp - DM2 - NB = Fp
(Sp - Ip) + FDIp + NFBp + DNDCp - DM2 - NB = 0
Bank sektori
Jamg‘armalar bilan investitsiyalardagi uzilish
PKSH ayniyati
Kamomadni moliyalashtirish (uzilishni)
Sb - Ib = 0 qoidaga ko’ra
DM2 = DNFA + DNDC + DOINb yoki
DM2 - DNFA - DNDC - DOINb = 0
Tashqi dunyo sektori
Jamg‘armalar bilan investitsiyalardagi uzilish
Kamomadni moliyalashtirish (uzilishni)
TB ayniyati
-CAB = -X + M - Yf - TRf
-Ff = -FDI - NFB + DNFA
CAB + Ff = 0
-CAB - FDI - NFB + DNFA + DOINf = 0
Bu yerda, S - yalpi jamg‘arish; Sg - davlat boshqaruv idoralari jamg‘arishi; I - yalpi investitsiyalar; Ig - davlat boshqaruv idoralari investitsiyalari; (Sg - Ig) - davlat byudjeti kamomadi; CAB - joriy hisoblar balansi; GNDI - mamlakat bo‘yicha egalikdagi yalpi milliy daromad; GNDIg - davlat boshqaruv idoralari ixtiyoridagi yalpi milliy daromad; X - tovar va xizmatlar eksporti; M - tovar va xizmatlar importi; Yf - xorijdan olingan sof birlamchi daromadlar; TRf - xorijdan olingan sof ikkilamchi daromadlar; Fg - davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish
1.2.Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari.
- soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo’lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag’batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish;
- Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
- iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
- Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish
- xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojiga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan prinsipni amalga oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
- investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish.
Hukumat siyosatchilari biznes sikliga qanday munosabatda bo’lishlari lozim? Yuqorida keltirilgan ikkita fikr: birinchisi - Federal zahira tizimining sobiq raisining fikri, ikkinchisi - Federal zahira tizimi siyosatining mashhur tanqidchisining - bu savolga javoblar xilma xilligini namoyon etmoqda
Ba’zi iqtisodchilar, William McChesney Martin kabi, nobarqarorlikni iqtisodiyotga xos bo’lgan xususiyat deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiyot doimo yalpi talab va yalpi taklif sohasida to’satdan shoklarga duch keladi deb ta’kidlaydilar. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yo’naltirilgan pul va byudjet-soliq siyosati o’tkazilmasa, bu shoklar ishlab chiqarish hajmlarida istalmagan va samarasiz tebranishlarga olib kelishi, ishsizlik va inflyatsiya muammolarini kuchaytirishi mumkin. Hammaga tanish bo’lgan fikrga ko’ra, makroiqtisodiy siyosat “shamolga qarshi yurishi”, ya’ni turg`unlik sharoitida iqtisodiyotni rag’batlantirib va “qizib ketganda” uning o’sishini sekinlashtirishi lozim.
Milton Fridmanga o`xshagan boshqa iqtisodchilar iqtisodiyot tabiyatan barqaror deb hisoblashadi. Vaqti - vaqti bilan unda yuzaga keladigan kuchli va xatarli tebranishlar uchun javobgarlikni ular noto’g’ri iqtisodiy siyosat zimmasiga yuklaydilar. Ular iqtisodiyotni maqsadga yo’naltirilgan tadbirlar yordamida “nozik sozlash”ni ta’minlashga harakat qilish kerakmasligini isbotlaydilar. Aksincha, iqtisodiy siyosatchilar imkoniyatlari cheklanganligini hisobga olib, zarar yetkazishmaganidan xursand bo’lish kerakligini uqtiradilar
Federal hukumatning siyosatchilari iqtisodni barqarorlashtirishni o`zlarining asosiy majburiyatlaridan biri deb hisoblashadi. Makroiqtisodiy siyosatni tahlil qilish iqtisodiy maslahat kengashi, Kongriss budjet idorasi, Federal zahira tizimi va boshqa davlat tashkilotlarining xar kunlik majburiyatlariga kiradi. Oldingi boblarda ko`rganimizdek, monetar va fiskal siyosat jami talabga, va shu asnoda, inflyatsiya va ishsizlikka kuchli tasir qilishi mumkin. Qachonki Kengash yoki prezident fiskal siyosatda yoki Federal zahira tizimi monetar siyosatda katta o`zgarishlar amalga oshirishmoqchi bo`lsa, avvalambor, o’zgarishlarni muhokama qilishda ko’zda tutilayotgan chora-tadbirlar inflyatsiya va ishsizlikka qanday ta’sir ko’rsatishi hamda yalpi talabni oshirish yoki qisqartirish zarurligi haqidagi masala diqqat markazida bo’ladi.
Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatlarini ishlab chiqish va o’tkazish hukumatning an’anaviy vazifalari bo’lishiga qaramay, uning barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga majburligi haqidagi fikr yuzaga kelganligiga unchalik ko’p bo’lmadi. Hukumat makroiqtisodiy vaziyat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olganligining birinchi dalili 1946 yilda qabul qilingan bandlik to’g’risidagi Qonun bo’ldi
Masalani aktiv davlat siyosati foydasiga hal etish ko’plab iqtisodchilarga oddiy va tushunarli bo’lib ko’rinadi. Pasayish davrlari uchun ishsizlikning yuqori darajasi, daromadlar va aholi farovonligining past darajasi xosdir. Yalpi talab va yalpi taklif modeli qanday qilib to’satdan bo’ladigan shoklar iqtisodiy pasayishlarni yuzaga kelitirishini ko’rsatadi. U shuningdek, qanday qilib monetar va fiskal siyosat bunday shoklarga tezda ta’sir etib iqtisodiy pasayishlarni oldini olishi mumkinligini ko’rsatadi. Shuning uchun, bu iqtisodchilarning fikrlariga ko’ra iqtisodiyotni barqarorlashtirishning bunday vositalarini qo’llashdan voz kechish aqlsizlik bo’lar edi.
Boshqa iqtisodchilar hukumatni iqtisodiyotni barqarorlashtirishga intilishlariga tanqidiy yondoshadilar. Bu tanqidchilar davlat makroiqtisodiy siyosatdan chetda turishi lozim deb hisoblaydilar. Birinchi qarashda bunday nuqtai nazar g’alati tuyulishi mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning barqaror o‘sishi hamda aholi faravonligi oshishining kafolatidir. Mamlakatda inflyasiya darajasini pasaytirish Markaziy banklarning bosh maqsadiga aylangan. Inflyasiyaning yuqori darajada namoyon bo‘lishi iqtisodiy o‘sishning sekinlashiga va aholi daromadlarining real qiymatining tushib ketishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan keyingi davrida yuqori inflyasiya darajasi kuzatilganligi va faqatgina 2003-2016 yillarda inflyasiya bitta raqam bilan ifodalanishiga erishgan. Ammo 2017 yildan mamlakatimizda inflyasiya darajasining oshishi kuzatilgan. Bunga yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni, hususan keng qamrovli davlat dasturlarining bajarilishi, naqd pul masalasining xal etilishi, milliy valyutamizning erkin konvertirlanishi ta’minlanishi va boshqa shu kabi dolzarb masalalarni sabab sifatida keltirishimiz mumkin.
Ikkinchi Jahon urushidan keyin markaziy banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati kuchayib bordi. Ular yuqorida keltirgan maqsadga erishish yo‘lida bir qancha usullardan foydalanishgan. Jumladan 1970 yillardagi “neft inqirozi” natijasida ko‘plab rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kuzatilgan yuqori darajadagi inflyasiyaga Markaziy banklar asosan pul massasi o‘sishini targetlash orqali kurashgan va bu o‘zining ijobiy natijasini bergan. Ammo 1990 yildan keyin markaziy banklar inflyasiyani bilvosita emas balki bevosita tartibga solish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasiyani targetlashga o‘tishgan. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad qilib ko‘ygan. Bunga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli Qarori asos bo‘lganligini ta’kidlashimiz lozim.
Inflyasion targetlash asosidagi g‘oya shvetsiyalik iqtisodchi, kapital, narx darajasi va ish xaqining umumiy nazariyasini ilmiy tadqiq qilgan olim Viksell Knutga ta’luqlidir. K.Viksell 1896 yilda Shvetsiya iqtisodchilar assotsiatsiyasida Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutani tovar va xizmatlarga nisbatan barqarorligini ta’minlash hisoblanishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan. O‘sha davrda Markaziy banklar milliy valyutaning iste’mol tovarlariga qaraganda oltin narxiga nisbatan barqarorligini saqlashni bosh maqsad sifatida bilishgan. Uning bu qarashlari 1914 yilga qadar, ya’ni oltin standartida inqiroz kuzatilganiga qadar qo‘llab-quvvatlanmagan. 1931 yilda Shvetsiya Riks banki bu olimning milliy valyuta barqarorligini iste’mol tovarlariga nisbatan ta’minlash kerakligini amaliyotga joriy qildi va 1931 yil sentyabr oyida o‘z oldiga bosh maqsad sifatida mamlakatda narx barqarorligini ta’minlash qilib belgiladi. 1938 yilda Shvetsiya Riks banki narx darajasining barqarorligini ta’minlashga erishib, iste’mol tovarlar narxini 1928 yildagi narx darajasiga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Shunday qilib, biz Shvetsiyani inflyasiyani targetlagan davlatlar ichida birinchilardan bo‘lganligini keltirishimiz mumkin. Chunki, inflyasion targetlash xususiyatlari bilan 1931 yilda Shvetsiya Riks bankining narx barqarorligini ta’minlash xususiyatlari bir-biriga juda yaqin hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1990 yilda Yangi Zelandiya birinchilardan bo‘lib inflyasion targetlashga o‘tgan bo‘lsa, 2005 yilga qadar asosan industrial rivojlangan davlatlar Markaziy banklari bu kabi targetlashga o‘tishgan.
2005 yildan hozirgi davrga qadar inflyasion targetlashga o‘tgan davlatlar qatorida rivojlanayotgan davlatlarning ulushi katta qismni tashkil etmoqda.- harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

Yüklə 100,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin