1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

17-modda. Harbiy sudlar sudyalari “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga
muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladi.
18-modda. Harbiy sudlarning apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ular bilan tuzilgan
mehnat shartnomalarini bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksiga
muvofiq
tegishli harbiy sud raisi tomonidan amalga oshiriladi.
19-modda. Harbiy sudlarni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, moliyalashtirish, transport,
aloqa vositalari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini


ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
20-modda. Ushlangan, qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotganlarni harbiy
sudlarga qo‘riqlab olib borish va ularni sud majlisida qo‘riqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning
harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish
muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni ko‘rish joyiga qo‘riqlab olib borish va qo‘riqlash
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining soqchilik qo‘shinlari qismlari,
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
21-modda. Harbiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z
nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi 
Qonuniga
2-ILOVA
Sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risida
NIZOM
1-modda. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga 
muvofiq ushbu Nizom
O‘zbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.
2-modda. Sudyalarga sudya sifatidagi tajribasi va ish stajini inobatga olgan holda quyidagi
malaka darajalari beriladi:
oliy malaka darajasi;
birinchi malaka darajasi;
ikkinchi malaka darajasi;
uchinchi malaka darajasi;
to‘rtinchi malaka darajasi;
beshinchi malaka darajasi.

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin