uchinchi shaxsga rozilik berish;
agar shaxsga doir ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan, noaniq bo‘lsa, qonunga xilof ravishda
olingan bo‘lsa yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur bo‘lmasa, mulkdordan va (yoki)
operatordan o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatib turishni talab
qilish huquqiga ega.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan subyektning shaxsga
doir ma’lumotlarini tasarruf etishni uning qonuniy vakili amalga oshiradi.
O‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasining
konstitutsiyaviy tuzumi
asoslarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma’naviyatini, sog‘lig‘ini,
huquqlari va qonuniy
manfaatlarini
himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini ta’minlash
maqsadlarida taqdim etish subyektning majburiyatidir.
Dostları ilə paylaş: