1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bankning xodimlarini o‘z vazifalarini bajarishi chog‘ida huquqiy jihatdan himoya qilish



Yüklə 239 Kb.
səhifə29/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Титульный

70-modda. Markaziy bankning xodimlarini o‘z vazifalarini bajarishi chog‘ida huquqiy jihatdan himoya qilish
Markaziy bank, uning xodimlari, tashqi ekspertlar va vaqtinchalik boshqaruvchilar, shuningdek nazorat qilishga doir vazifalarni bajaradigan ushbu Qonunda belgilangan boshqa shaxslar, shu jumladan ularning vakolatlari tugatilganidan yoki Markaziy bankda ishlashi tugaganidan keyin faqat o‘z vazifalarini bajarishi chog‘ida insofsizlik bilan amalga oshirgan harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgar bo‘ladi.
Markaziy bank ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning manfaatlarini, mazkur shaxslar ushbu Qonunga muvofiq bajaradigan vazifalar munosabati bilan qo‘zg‘atilgan sud ishini va ma’muriy ishni yuritishda, shu jumladan ularning vakolatlari tugatilgan yoki Markaziy bankda ishlashi tugagan hollarda, ifodalashga doir xarajatlarni to‘laydi.
71-modda. Markaziy bankning qarorlari ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning qarorlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
72-modda. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(72-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2019-y., 03/19/582/4014-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin