O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida (yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, u davlatning mutlaq mulkidir va o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
Markaziy bank o‘z vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.
Markaziy bank davlatning majburiyatlari yuzasidan, davlat esa Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, agar ularning o‘zi bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa yoki qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.
Markaziy bank, shuningdek uning tasarrufidagi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhri va blankasiga ega bo‘ladi.