1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari



Yüklə 239 Kb.
səhifə14/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Титульный

34-modda. Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari
Bozorning foiz stavkalari va bank tizimidagi likvidlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda:
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini, shuningdek Markaziy bankning o‘zi chiqargan obligatsiyalar tarzidagi qarz majburiyatlarini;
Markaziy bankning qaroriga ko‘ra boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olishi va sotishi mumkin.
Markaziy bank Davlat budjetini moliyalashtirish uchun ochiq bozordagi operatsiyalardan foydalanishga, O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirilganda ularni sotib olishga haqli emas.
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari limiti Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1829, 18.06.2008-y.).
35-modda. Markaziy bankning obligatsiyalari
Markaziy bank faqat pul-kredit siyosatini amalga oshirish maqsadida obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi.
Obligatsiyalarning emissiyasi, joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi hamda muomaladan chiqarilishi tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
36-modda. Ichki valyuta bozoridagi valyuta intervensiyalari
Markaziy bankning valyuta intervensiyalari pulga bo‘lgan umumiy talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek so‘m kursining ortiqcha o‘zgarishlarini yumshatish uchun ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish-sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
37-modda. Markaziy bankning pul bozoridagi ishtiroki
Pul bozori milliy va chet el valyutalaridagi pul mablag‘larini joylashtirish hamda jalb etish bo‘yicha (birjada va birjadan tashqari) savdolarni tashkil etish hamda amalga oshirish tizimidir.
Markaziy bank pul bozoridagi o‘z operatsiyalarining hajmlarini, turlarini va o‘tkaziladigan joyini belgilaydi.

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin