1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Lombardning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risida xabardor qilish tartibi



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə12/23
tarix20.05.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#118293
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik

23-modda. Lombardning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risida xabardor qilish tartibi
Lombardning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risidagi xabarnoma lombard davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda, elektron platforma orqali yuborilishi kerak:
lombardning ishtirokchilari (aksiyadorlari) ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar emasligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
lombardning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun uning ishtirokchilari (aksiyadorlari) tomonidan kiritilgan mablag‘larning manbalari haqidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborot;
lombardning rahbar xodimlari ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Lombard norezidentlar tomonidan tashkil etilganda yoki uning ustav fondida (ustav kapitalida) norezidentlar ishtirok etganda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ushbu Qonun 20-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar mazkur moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Lombardning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risidagi xabarnoma lombard nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Lombard Markaziy bankka faoliyatni boshlaganlik haqidagi xabarnomani yuborganda qonunchilik hujjatlarida o‘z faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan talablarga va shartlarga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Lombardning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
24-modda. Nobank kredit tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni reyestrdan chiqarish
Nobank kredit tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinadi:
nobank kredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonunda taqiqlangan va (yoki) nazarda tutilmagan faoliyat amalga oshirilganda;
mikromoliya tashkiloti yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, shuningdek Markaziy bank lombardning faoliyati tugatilganligi haqida xabarnoma olganda;
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga nobank kredit tashkilotining faoliyati tugatilganligi haqida yozuv kiritilganda;
nobank kredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda (kreditorlarning talablarini ularni bajarish muddatlari boshlangan kundan e’tiboran uch oy ichida qanoatlantirishga qodir emasligi va (yoki) majburiyatlarning aktivlardan oshib ketganligi);
Markaziy bankning nazoratga doir vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilinganda;
ayrim operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha cheklovlarning amal qilish davrida nobank kredit tashkiloti tomonidan ushbu operatsiyalar amalga oshirilganda;
ariza beruvchi hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yoki lombardning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risidagi xabarnomada soxta hujjatlardan foydalanganda — sud qaroriga asosan.
Markaziy bank quyidagi hollarda nobank kredit tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli:
ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan talablar bajarilmaganda;
ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan faoliyat ketma-ket olti oydan ortiq vaqt davomida amalga oshirilmaganda;
lombard faoliyatini amalga oshirishi uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi to‘g‘risida yolg‘on yoki ishonchsiz axborot berilganda.
Markaziy bank nobank kredit tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida bu haqda nobank kredit tashkilotini xabardor qiladi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi axborotni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Nobank kredit tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarish to‘g‘risida Markaziy bankning xabarnomasini olgan sanadan e’tiboran yangi xizmatlar ko‘rsatishga haqli emas.
Nobank kredit tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarish to‘g‘risida Markaziy bank tomonidan qaror qabul qilinganidan keyin o‘ttiz kun ichida o‘z firma nomidan “mikromoliya tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish”, “lombard” degan so‘zni yoki so‘z birikmalarini, shuningdek “MMT” degan qisqartirma so‘zni (mavjud bo‘lganda) chiqarib tashlashi yoxud faoliyatni tugatish yoki qayta tashkil etish natijasida tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.

Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin